Levilar (tavrotning uchinchi kitobi) Kirish


Zararni qoplaydigan qurbonliklar


Download 413.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/41
Sana04.02.2023
Hajmi413.34 Kb.
#1162013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
Bog'liq
03-Levilar-Lev-UzLatin

Zararni qoplaydigan qurbonliklar 
14 
Egamiz Musoga quyidagi qoidalarni berdi: 
15 
agar birortangiz bilmagan holda 
gunoh qilib, ehsonlarga oid ko‘rsatmalarni buzib qo‘ysangiz, ayb qurbonligini keltiring. 
Ayb qurbonligi sifatida Egamizga nuqsonsiz bir qo‘chqorni yoki qo‘chqorning qiymatiga 
yarasha kumushni olib keling*. Bu ayb qurbonligidir. 
16 
Ehsonlarga keltirgan zararni 
qoplashingiz uchun ruhoniyga tovon to‘lang. Buning ustiga ehson qiymatining beshdan 
bir qismini qo‘shib bering. Ruhoniy qo‘chqorni ayb qurbonligi qilib, sizni gunohingizdan 
poklaydi, shunda gunohingiz kechiriladi. 
17 
Agar birortangiz Egamizning amriga ko‘ra, taqiqlangan biror ishni bilmasdan qilib 
qo‘yib, gunoh orttirib olsangiz, qilgan ishingizni anglaganingizdan keyin jazoga loyiq 
hisoblanasiz. 
18 
Bunday holda ruhoniyga ayb qurbonligi sifatida nuqsonsiz bir 
qo‘chqorni yoki qo‘chqorning qiymatiga yarasha kumushni olib keling. Ruhoniy sizni 
gunohingizdan poklaydi, shunda bilmasdan qilib qo‘ygan gunohingiz kechiriladi. 
19 
Bu 
ayb qurbonligidir. Siz haqiqatan ham, Egamizning oldida aybli ish qilib qo‘ygan edingiz. 
6–BOB 

Egamiz Musoga quyidagi qoidalarni berdi: 

agar birortangiz Egamizga xiyonat 
qilsangiz, ya’ni sizga omonatga berilgan yoki garovga qo‘yilgan narsa borasida 
qo‘shningizni aldasangiz, yoki qo‘shningizning biror narsasini o‘g‘irlasangiz, yoki 
tovlamachilik qilsangiz, 

yoki yo‘qolgan narsani topib olib, topmadim, deb aytsangiz, 
yoki qasam ichib turib yolg‘on guvohlik bersangiz, siz gunoh qilgan bo‘lasiz. 

Gunoh 
qilib, aybingizni tan olganingizdan keyin o‘g‘irlagan, tovlamachilik qilib qo‘lga kiritgan, 
omonatga berilgan, topib olgan, 

yolg‘on qasam ichib o‘zingizga olib qolgan har qanday 
narsani egasiga qaytarib bering. Ustiga o‘sha narsaning beshdan bir qismi qiymatini 


Levilar 

ham qo‘shib bering. 

Bundan tashqari, ayb qurbonligi uchun Egamizga nuqsonsiz bir 
qo‘chqorni yoki qo‘chqorning qiymatiga yarasha kumushni olib keling. 

Ruhoniy 
Egamiz huzurida sizni gunohdan poklaydi, shunda qilgan har qanday aybingiz 
kechiriladi. 

Download 413.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling