Levilar (tavrotning uchinchi kitobi) Kirish
Download 413.34 Kb. Pdf ko'rish
|
03-Levilar-Lev-UzLatin
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7–BOB Ayb qurbonligi
Gunoh qurbonligi
24 Egamiz Muso orqali 25 Horun va uning o‘g‘illariga gunoh qurbonligiga oid quyidagi qoidalarni berdi: gunoh qurbonligi qilinadigan jonivor Egamizning huzurida, kuydiriladigan qurbonlik bo‘g‘izlanadigan joyda bo‘g‘izlansin. Bu g‘oyat muqaddas qurbonlikdir. 26 Gunoh qurbonligini keltirgan ruhoniy qurbonlik go‘shtidan tanovul qilsin. Qurbonlik go‘shti muqaddas joyda, ya’ni Uchrashuv chodirining hovlisida Levilar 8 yeyilishi lozim. 27 Qurbonlik go‘shtiga tekkan har qanday narsa muqaddas bo‘ladi*. Agar qurbonlikning qoni kiyimga sachrasa, kiyim muqaddas joyda yuvilsin. 28 Go‘sht pishirilgan sopol idish sindirilsin*. Bordi–yu, go‘sht bronza qozonda pishirilgan bo‘lsa, qozonni ishqalab yuvish lozim. 29 Ruhoniylar urug‘iga mansub har bir erkak zoti bu qurbonlik go‘shtidan tanovul qilsa bo‘ladi. Bu qurbonlik g‘oyat muqaddasdir. 30 Bordi– yu, gunoh qurbonligining qoni Uchrashuv chodirining ichiga, gunohdan poklash uchun Muqaddas xonaga olib kirilsa, bunday qurbonlik go‘shtini* tanovul qilish mumkin emas. Uni butunlay kuydirish lozim. 7–BOB Ayb qurbonligi 1 Ayb qurbonligi g‘oyat muqaddasdir. Uni keltirganda quyidagi qoidaga rioya qilinsin: 2 ayb qurbonligi uchun keltiriladigan jonivorni kuydiriladigan qurbonlik bo‘g‘izlanadigan joyda so‘yishsin. Uning qonini qurbongohning to‘rtala yon tomoniga sepib chiqishsin. 3 Jonivor yog‘ining hammasi keltirilsin: dumbasi, ichak–chovoqlarini qoplab turgan yog‘lari, 4 ikkala buyragi, buyrak atrofidagi yog‘lari va jigarning a’lo qismi*. Jigarning a’lo qismi buyraklar bilan birga ajratib olinsin. 5 Ruhoniy bularni olovda kuydirib, Egamizga nazr qilsin. Bu ayb qurbonligidir. 6 Ruhoniylar urug‘iga mansub bo‘lgan har bir erkak zoti qurbonlikni tanovul qilsa bo‘ladi. Uni muqaddas joyda tanovul qilishsin*, chunki bu qurbonlik g‘oyat muqaddasdir. 7 Ayb qurbonligi uchun ham, gunoh qurbonligi uchun ham qoida bir: qurbonlikning go‘shti gunohdan poklash marosimini olib borgan ruhoniyga tegishli bo‘lsin. 8 Birovning kuydiriladigan qurbonligini keltirgan ruhoniy o‘ziga qurbonlikning terisini olsin. 9 Tandirda yopilgan, qozonda yoki tovada tayyorlangan har qanday don nazri ham, uni keltirgan ruhoniyga tegishli bo‘lsin. 10 Lekin boshqa turdagi don nazrlari, zaytun moyi aralashtirilgan yoki aralashtirilmaganidan qat’iy nazar, Horunning hamma o‘g‘illariga birday tegishli bo‘lsin. Download 413.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling