Levilar (tavrotning uchinchi kitobi) Kirish


–BOB  Bilmasdan qilingan gunohlar


Download 413.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/41
Sana04.02.2023
Hajmi413.34 Kb.
#1162013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
03-Levilar-Lev-UzLatin

5–BOB 
Bilmasdan qilingan gunohlar 

Quyidagi vaziyatlarda gunoh qurbonligi keltirilishi shart: agar orangizdagi biror 
kishi guvohlik berish uchun mahkamaga chaqirilsa–yu, ko‘rgan yoki bilgan hodisa 
haqida guvohlik berishdan bo‘yin tovlasa, u jazoga tortilsin. 

Birontangiz harom 
narsaga — yovvoyi hayvonning, chorvaning yoki sudralib yuruvchining murdasiga qo‘l 
tekkizsangiz–u, harom bo‘lganingizni bilmasangiz, siz baribir aybdor hisoblanasiz. 

Bordi–yu, insonning biror nopokligiga qo‘l tekkizsangiz–u, harom bo‘lganingizni 
bilmasangiz, qilib qo‘ygan ishingizni anglaganingizdan keyin aybdor hisoblanasiz. 

Agar 
birortangiz bilmay turib, shoshilganingizdan yaxshi yoki yomon niyatda qasam ichib 
qo‘ysangiz, qilib qo‘ygan ishingizni anglaganingizdan keyin aybdor hisoblanasiz. 

Aytilganlarning birortasida o‘zingizni aybdor deb topsangiz, qilgan gunohingizni e’tirof 
eting. 

Qilgan gunohingizning to‘lovi sifatida suruvingizdagi qo‘y yoki echkini Egamizga 


Levilar 

gunoh qurbonligi qilish uchun olib keling. Ruhoniy qurbonlik qilib, sizni gunohdan 
poklasin. 

Bordi–yu, qo‘yni qurbonlik qilishga qurbingiz yetmasa, gunohingiz to‘lovi sifatida 
ikkita kaptar yoki ikkita musichani Egamizga olib keling. Qushning bittasi gunoh 
qurbonligi, ikkinchisi kuydiriladigan qurbonlik qilinsin. 

Qushlarni ruhoniyga olib 
keling. Ruhoniy qushlardan birini gunoh qurbonligi uchun olib, qushning bo‘ynini 
qayirib sindirsin, lekin boshini uzib tashlamasin. 

So‘ng gunoh qurbonligining qonidan 
qurbongohning yon tomoniga sepsin, qonning qolganini esa qurbongohning yoniga 
to‘ksin. Bu gunoh qurbonligidir. 
10 
Qushning ikkinchisini esa qoidaga binoan 
kuydiriladigan qurbonlik qilsin. Shu tariqa ruhoniy sizni gunohingizdan poklaydi, qilgan 
gunohingiz kechiriladi. 
11 
Ikkita kaptar yoki ikkita musichani qurbonlik qilishga qurbingiz yetmasa, qilgan 
gunohingiz uchun to‘rt kosa* sifatli unni gunoh nazri uchun olib keling. Unga zaytun 
moyidan qo‘shmang, ustiga xushbo‘y tutatqidan ham qo‘ymang, zotan, bu gunoh uchun 
keltiriladigan nazrdir. 
12 
Nazringizni ruhoniyga olib keling. Ruhoniy unning bir 
hovuchini olib, Egamizga atab, olovda kuydiriladigan nazrlar bilan birga qurbongoh 
ustida kuydirsin. Bunday qilish, unning hammasi Xudoga tegishli ekanini bildiradi. 
13 
Shu tariqa ruhoniy sizni qilgan har qanday gunohingizdan poklaydi, shunda 
gunohingiz kechiriladi. Gunoh nazrining ortib qolgan qismi don nazri singari, ruhoniyga 
tegishlidir. 

Download 413.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling