Levilar (tavrotning uchinchi kitobi) Kirish
Download 413.34 Kb. Pdf ko'rish
|
03-Levilar-Lev-UzLatin
2–BOB
Don nazri 1 Agar birortangiz Egamizga don nazrini keltirmoqchi bo‘lsangiz, sifatli bug‘doy unini nazr qiling. Bug‘doy uniga zaytun moyini qo‘shib, ustiga xushbo‘y tutatqidan qo‘ying. 2 So‘ng o‘sha bug‘doy unini Horunning ruhoniy o‘g‘illariga olib keling. Ruhoniy moy qo‘shilgan sifatli unning bir hovuchini va ustidagi tutatqining hammasini olib, qurbongoh ustida kuydirsin. Bunday qilish nazrning hammasi Xudoga tegishli ekanini bildiradi. Olovda kuydirilgan bu nazrdan Egamizga yoqimli hid boradi. 3 Don nazrining qolgani esa Horun va uning o‘g‘illariniki bo‘lsin. Nazrning ruhoniylarga tegishli bu qismi g‘oyat muqaddasdir, chunki u Egamizga atalgan, olovda kuydiriladigan nazrlardan qolgan qismidir. 4 Agar tandirda yopilgan nonni don nazri sifatida keltirmoqchi bo‘lsangiz, zaytun moyiga qorilgan nonlarni yoki yuziga zaytun moyi surtilgan chalpaklarni nazr qiling. Ularni sifatli undan yopib, xamirturush qo‘shmang. 5 Agar tovada pishirilgan nonni nazr qilmoqchi bo‘lsangiz, noningiz zaytun moyiga qorilgan sifatli undan yopilgan bo‘lsin. Unga xamirturush qo‘shmang. 6 Nonni sindirib, ustiga zaytun moyidan quying. Bu don nazridir. 7 Agar nazringiz qozonda tayyorlangan bo‘lsa, u sifatli undan tayyorlangan bo‘lib, zaytun moyida qovurilgan bo‘lishi kerak. 8 Don nazringizni qaysi usulda tayyorlaganingizdan qat’iy nazar, uni Egamizga olib kelib, ruhoniyga bering. Ruhoniy esa uni qurbongohga olib borsin. 9 Ruhoniy don nazringizning bir qismini olib, qurbongohda kuydirsin. Bunday qilish nazrning hammasi Xudoga tegishli ekanini bildiradi. Olovda kuydirilgan bu nazrdan Egamizga yoqimli hid boradi. 10 Don Levilar 3 nazringizning qolgani esa Horun va uning o‘g‘illariniki bo‘lsin. Nazrning ruhoniylarga tegishli bu qismi g‘oyat muqaddasdir, chunki u Egamizga atalgan, olovda kuydiriladigan nazrlardan qolgan qismidir. 11 Egamizga keltiradigan don nazringizning birortasiga xamirturush qo‘shmang. Na xamirturushni, na qiyomni olovda kuydirib, Egamizga nazr qilmang. 12 Xamirturush va qiyomni ilk hosil nazringizga qo‘shib, Egamizga keltirishingiz mumkin. Lekin Egamizga yoqimli hid borsin deb, bularni qurbongoh ustida kuydirmang. 13 Don nazringizning hammasiga tuz qo‘shing. Zotan, tuz Xudoyingiz sizlar bilan tuzgan ahdni bildiradi*. Shunday ekan, birorta nazringiz tuzsiz bo‘lmasin. 14 Agar Egamizga ilk hosilingizdan don nazri keltirmoqchi bo‘lsangiz, qovurilgan yangi bug‘doy boshoqlarini tuyib, olib keling. 15 Bu don nazri bo‘lgani uchun unga zaytun moyini qo‘shib, ustiga xushbo‘y tutatqidan qo‘ying. 16 Ruhoniy tuyilgan bug‘doyning bir qismini, ustidagi moy va hamma tutatqi bilan birga qurbongoh ustida kuydirsin. Bunday qilish nazrning hammasi Xudoga tegishli ekanini bildiradi. Egamizga atab, olovda kuydirilgan don nazri shudir. Download 413.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling