Levilar (tavrotning uchinchi kitobi) Kirish


Cho‘lga haydaladigan taka


Download 413.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/41
Sana04.02.2023
Hajmi413.34 Kb.
#1162013
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41
Bog'liq
03-Levilar-Lev-UzLatin

Cho‘lga haydaladigan taka 
20 
Horun Eng muqaddas xona, Uchrashuv chodiri va qurbongohni poklash 
marosimini o‘tkazib bo‘lgach, tirik takani yetaklab kelsin. 
21 
U ikkala qo‘lini takaning 
boshiga qo‘ysin, Isroil xalqining hamma nohaqliklarini, hamma itoatsizliklarini va 
hamma gunohlarini birma–bir e’tirof etib, takaning boshiga yuklasin. Takani cho‘lga 
haydab yuborish uchun mas’ul bo‘lgan odam takani olib ketsin. 
22 
O‘sha odam takani 
cho‘lga qo‘yib yuborgandan keyin, taka o‘zi bilan xalqning gunohlarini kimsasiz joyga 
olib ketadi. 
23 
Shundan keyin Horun Uchrashuv chodiriga kirib, Eng muqaddas xonaga kiyib 
kirgan zig‘ir matosidan tikilgan liboslarini yechsin–da, ularni o‘sha yerda qoldirsin. 
24 

muqaddas joyda butun badanini yuvib, kundalik ruhoniylik kiyimlarini kiyib olsin. So‘ng 
tashqariga chiqib, o‘zining va xalqning kuydiriladigan qurbonliklarini ado etsin. Shu 
tariqa o‘zini ham, xalqni ham gunohdan poklasin. 
25 
Gunoh qurbonligining yog‘ini 
qurbongoh ustida kuydirsin. 
26 
Qo‘yib yuboriladigan takani cho‘lga haydab yuborgan 
odam kiyimlarini va butun badanini yuvsin. Shundan so‘nggina u qarorgohga kira oladi. 
27 
Gunoh qurbonligi qilingan va qoni Isroil xalqini gunohdan poklash uchun Eng 
muqaddas xonaga olib kirilgan buqa va takaning tanasi qarorgohning tashqarisiga olib 
chiqilsin. Bularning terisi, tanasi va ichak–chovoqlari kuydirib yuborilsin. 
28 
Bularni 
kuydirgan odam kiyimlarini va butun badanini yuvsin. Shundan so‘nggina u qarorgohga 
kira oladi. 
Poklanish kuniga rioya qilish 
29 
Quyidagilar sizlar uchun doimiy qonun–qoida bo‘lsin: yettinchi oyning* o‘ninchi 
kunida ro‘za tutinglar, hech qanday ish qilmanglar. Bu qonun–qoida Isroil xalqiga va 
orangizdagi musofirlarga birday taalluqlidir. 
30 
Zotan, o‘sha kuni ruhoniy sizlarni 


Levilar 
23 
gunohlaringizdan poklaydi. Shunda sizlar Egamiz huzurida barcha gunohlaringizdan 
forig‘ bo‘lasizlar. 
31 
O‘sha kuni Shabbat singari to‘liq dam olinglar, ro‘za tutinglar. Bu 
sizlar uchun doimiy qonun–qoida bo‘lsin. 
32 
Moy surtilgan ruhoniy bobosi Horun o‘rniga 
oliy ruhoniylikka bag‘ishlanib, muqaddas zig‘ir liboslarini kiygach, sizlarni 
gunohlaringizdan poklasin. 
33 
U Eng muqaddas xonani, Uchrashuv chodirini, 
qurbongohni, ruhoniylarni va butun Isroil jamoasini poklash uchun marosim o‘tkazsin. 
34 
Yilda bir marta Isroil xalqi barcha gunohlaridan poklansin. Bu sizlar uchun doimiy 
qonun–qoida bo‘lsin. 
Egamiz nimani amr etgan bo‘lsa, Muso hammasini ado etdi*. 

Download 413.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling