Levilar (tavrotning uchinchi kitobi) Kirish


–BOB  Qonning tabarrukligi


Download 413.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/41
Sana04.02.2023
Hajmi413.34 Kb.
#1162013
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41
Bog'liq
03-Levilar-Lev-UzLatin

17–BOB 
Qonning tabarrukligi 

Egamiz Muso orqali 

Horunga, uning o‘g‘illariga va jamiki Isroil xalqiga quyidagi 
amrlarni berdi: 

agar Isroil xalqidan birortasi qarorgohda yoki qarorgoh tashqarisida 
buqa, qo‘zi yoki echkini qurbonlik qilsa–yu, 

uni Egamizga taqdim qilish uchun 
Uchrashuv chodiri kiraverishiga olib kelmasa, o‘sha odam qon to‘kkani uchun aybdor 
hisoblansin. Qon to‘kkan bu odam xalq orasidan yo‘q qilinsin. 

Bu qoida Isroil xalqining 
dalalarda qurbonliklar qilishlariga chek qo‘yadi. Ular qurbonliklarini ruhoniyga, 
Uchrashuv chodiri kiraverishiga olib keladigan bo‘lishadi va qurbonliklarini tinchlik 
qurbonligi qilib, Egamizga bag‘ishlashadi. 

Ruhoniy qurbonlikning qonini Uchrashuv 
chodiriga kiraverishda turgan Egamizning qurbongohiga sepsin. So‘ng Egamizga 
yoqimli hid borishi uchun qurbonlikning yog‘ini kuydirsin. 

Bundan buyon Isroil xalqi 
o‘z qurbonliklarini echki jinlarga* keltirmasin, Egamizga bevafolik qilmasin. Bu qoidaga 
ular doimo, avlodlari osha rioya qilishsin. 

Isroil xalqidan yoki ularning oralarida istiqomat qilayotgan musofirlardan birortasi 
kuydiriladigan va boshqa qurbonliklar qilsa–yu, 

o‘shalarni Egamizga nazr qilish uchun 
Uchrashuv chodiri kiraverishiga olib kelmasa, u odam xalq orasidan yo‘q qilinsin. 
10 
Agar Isroil xalqidan yoki ularning oralarida istiqomat qilayotgan musofirlardan 
birortasi qoni chiqarilmagan go‘shtni yesa, Egamiz qon iste’mol qilgan o‘sha odamga 
qarshi chiqib, uni xalq orasidan yo‘q qilib yuboradi. 
11 
Zotan, jonzotning joni uning 
qonidir. Egamiz qonni sizlarga qurbongoh ustida gunohlaringizni yuvish uchun bergan. 
Jon ato etadigan qon sizlarni gunohlaringizdan poklaydi. 
12 
Shuning uchun Egamiz Isroil 
xalqiga: “Qoni chiqarilmagan go‘shtni zinhor iste’mol qilmang, oralaringizda 
yashayotgan musofir ham qonni iste’mol qilmasin”, — deb aytgan. 
13 
Ovlangan halol hayvon yoki qushning qonini chiqaringlar. Qonni tuproq bilan 
ko‘mib qo‘yinglar. Bu qoida Isroil xalqiga va ularning orasida istiqomat qilayotgan 
musofirlarga taalluqlidir. 
14 
Har bir jonzotning joni uning qonidir. Shu bois Egamiz Isroil 
xalqiga aytdi: “Qoni chiqarilmagan go‘shtni yemanglar. Zotan, har bir jonzotning joni 
qondadir. Qon iste’mol qilgan odam xalqi orasidan yo‘q qilinsin.” 
15 
Harom o‘lgan yoki yovvoyi hayvon g‘ajib tashlagan jonivorning go‘shtini yegan har 
bir odam, Isroil xalqidan yoki boshqa xalqdan bo‘lishidan qat’iy nazar, kiyimlarini 
yuvsin, o‘zi ham yuvinsin. U kechgacha harom bo‘lib, so‘ng yana pok bo‘ladi. 
16 
Bordi–yu, 
u kiyimlarini yuvmasa, o‘zi ham yuvinmasa, qilgan gunohi uchun jazolanadi. 


Levilar 
24 

Download 413.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling