Levilar (tavrotning uchinchi kitobi) Kirish
–BOB Man qilingan jinsiy aloqalar
Download 413.34 Kb. Pdf ko'rish
|
03-Levilar-Lev-UzLatin
18–BOB
Man qilingan jinsiy aloqalar 1 Egamiz Muso orqali 2 Isroil xalqiga shunday dedi: “Men Egangiz Xudoman. 3 Sizlar yashab yurgan Misr xalqining odatlariga va Men sizlarni olib borayotgan Kan’on yurtidagi xalqlarning odatlariga taqlid qilmanglar. Ularning udumlariga ergashmanglar. 4 Faqat Mening qonunlarimga itoat etinglar, qoidalarimni bitta qoldirmay bajaringlar. Zotan, Men Egangiz Xudoman. 5 Qonun–qoidalarimga amal qilinglar. Ularga rioya qilgan odam hayotdan bahramand bo‘ladi. Men Egangizman. 6 Tug‘ishgan yaqin qarindoshingiz bilan yotmang. Men Egangizman. 7 Onangiz bilan yotib, otangizning sha’niga dog‘ tushirmang. Onangiz bo‘lgani uchun u bilan yotmang. 8 Otangizning xotini bilan yotmang, bunday qilib otangizning sha’niga dog‘ tushirmang. 9 Tug‘ishgan yoki o‘gay opa–singlingiz bilan yotmang. U otangizning qizi yoki onangizning qizi bo‘lishidan qat’iy nazar, siz bilan bir uyda katta bo‘lgan yoki boshqa joyda o‘sganidan qat’iy nazar, u bilan yotmang. 10 O‘z nevarangiz — o‘g‘lingizning qizi yoki qizingizning qizi bilan yotmang. Bunday qilib o‘z sha’ningizga dog‘ tushirmang. 11 Otangizdan tug‘ilgan, o‘gay onangizning qizi bilan yotmang, chunki u sizning o‘gay singlingizdir. 12 Ammangiz bilan yotmang, chunki u otangizning jigaridir. 13 Xolangiz bilan yotmang, chunki u onangizning jigaridir. 14 Amakingizning sha’niga dog‘ tushirib, uning xotini bilan yotmang. Axir, u sizning kelin oyingizdir. 15 Keliningiz bilan yotmang. U o‘g‘lingizning xotinidir. 16 Aka–ukangizning xotini bilan yotmang. Bunday qilib akangizning sha’niga dog‘ tushirmang. 17 Siz biror ayol bilan yotgan bo‘lsangiz, o‘sha ayolning qizi yoki qiz nevarasi bilan yotmang. U o‘g‘lining qizi bo‘lsa ham yoki qizining qizi bo‘lsa ham u bilan yotmang, ular qondoshdir. Bunday qilish buzuqlikdir. 18 Xotiningizning singlisini xotiningizga kundosh qilmang. Xotiningiz tirik ekan, uning singlisi bilan yotmang. 19 Hayz ko‘rib harom bo‘lgan ayol bilan yotmang. 20 Qo‘shningizning xotini bilan jinsiy aloqa qilib, o‘zingizni bulg‘amang. 21 Bolalaringizning birortasini Mo‘laxga qurbonlik qilmang*, axir, Men Egangizman. Bunday qilmish bilan Men, Xudoyingizni badnom qilmang. 22 Ayol bilan yotganday, erkak kishi bilan yotmang. Bu jirkanchdir. 23 Hayvon bilan jinsiy aloqa qilib, o‘zingizni bulg‘amang. Ayol kishi ham o‘zini hayvonga qo‘yib berib, u bilan jinsiy aloqa qilmasin. Bu o‘taketgan razillikdir. 24 Bunday ishlar qilib o‘zingizni bulg‘amang. Men oldingizdan haydayotgan xalqlar mana shunday ishlari tufayli bulg‘angan edilar. 25 Natijada butun yurt harom bo‘lib ketdi. Men yurtni jazoladim, yurt esa u yerning xalqlarini qusib yubordi. 26 Sizlar Mening qonun–qoidalarimga rioya qilinglar. Isroil xalqidan bo‘lganlar va orangizda yashayotgan musofirlar bunday jirkanch ishlarni qilmasin. 27 Zotan, sizlardan oldin mana shu yurtda yashagan xalqlar bu jirkanch ishlarning hammasini qilib, yurtni bulg‘agan edilar. 28 Agar sizlar ham yurtni bulg‘asangiz, bu yurt oldingi xalqlarni qusib yuborganday sizlarni ham qusib yuboradi. 29 Bunday jirkanch ishni qilgan har qanday odam xalq orasidan yo‘q qilinsin. 30 Xullas, talablarimni bajaringlar. Sizlardan oldin bu yurtda qilingan jirkanch ishlarni qilib, o‘zingizni bulg‘amanglar. Zotan, Men Egangiz Xudoman.” |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling