Levilar (tavrotning uchinchi kitobi) Kirish


–BOB  Odamni harom qiladigan narsalar


Download 413.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/41
Sana04.02.2023
Hajmi413.34 Kb.
#1162013
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41
Bog'liq
03-Levilar-Lev-UzLatin

15–BOB 
Odamni harom qiladigan narsalar 

Egamiz Muso va Horun orqali 

Isroil xalqiga quyidagi qoidalarni berdi: kasallik 
tufayli biror erkakning jinsiy a’zosidan ajralmalar oqsa, u odam harom bo‘ladi. 

Ajralma 
oqishi davom etsa ham, yo‘li yopilgandan tana ichida qolsa ham, odam harom 
hisoblanadi. 

Bunday odam to‘shakka yotsa, to‘shak harom bo‘ladi, u o‘tirgan har 
qanday joy ham harom hisoblanadi. 

Uning to‘shagiga tekkan har qanday odam 
kiyimlarini yuvsin, o‘zi ham yuvinsin, u kechgacha harom bo‘ladi. 

Ajralmasi oqqan 
odam o‘tirgan joyga kim o‘tirsa, kiyimlarini yuvsin, o‘zi ham yuvinsin, u kechgacha 
harom bo‘ladi. 

Ajralmasi oqqan odamga tekkan har kim kiyimlarini yuvsin, o‘zi ham 
yuvinsin, u kechgacha harom bo‘ladi. 

Ajralmasi oqqan odam pok odamga tupursa, pok 
odam kiyimlarini yuvsin, o‘zi ham yuvinsin, u kechgacha harom bo‘ladi. 

Ajralmasi 
oqqan odam egarda o‘tirgan bo‘lsa, egar harom hisoblanadi. 
10 
Bunday odamning 
o‘tirgan narsasiga tekkan har kim kechgacha harom bo‘ladi. Kim o‘sha narsani ko‘tarib 
borsa, kiyimlarini yuvsin, o‘zi ham yuvinsin, u kechgacha harom bo‘ladi. 
11 
Ajralmasi 
oqqan odam qo‘lini yuvmasdan kimga tegsa, o‘sha odam kiyimlarini yuvsin, o‘zi ham 
yuvinsin, u kechgacha harom bo‘ladi. 
12 
Ajralmasi oqqan odam tekkan har qanday sopol 
idish sindirib tashlansin, yog‘och idish esa yuvilsin. 
13 
Ajralmasi oqqan odam kasalligidan xalos bo‘lgach, yetti kun kutsin. So‘ng 
kiyimlarini yuvib, buloq suvida yuvinsin va u pok bo‘ladi. 
14 
Sakkizinchi kuni u ikkita 
kaptar yoki ikkita musichani Egamizning huzuriga, Uchrashuv chodiri kiraverishiga olib 
kelib, ruhoniyga bersin. 
15 
Ruhoniy qushlarning bittasini gunoh qurbonligi, ikkinchisini 
esa kuydiriladigan qurbonlik qilsin. Shu tariqa ruhoniy ajralmasi oqqan odamni 
Egamizning huzurida haromligidan poklasin. 
16 
Agar biror erkakdan maniy oqsa, u butun badanini yuvsin. U kechgacha harom 
bo‘ladi. 
17 
Maniy tekkan har qanday kiyim va charm yuvilsin, o‘sha narsalar kechgacha 
harom bo‘ladi. 
18 
Erkak ayol bilan yotgandan keyin, erkakdan maniy oqsa, ikkovi ham 
yuvinishsin. Ular kechgacha harom bo‘ladilar. 
19 
Ayol kishi hayz ko‘rib, badanidan qon oqqanda, u yetti kun davomida harom 


Levilar 
21 
hisoblanadi. Unga tekkan odam ham kechgacha harom bo‘ladi. 
20 
Ayol haromligida 
yotgan va o‘tirgan hamma narsa haromdir. 
21 
Uning to‘shagiga tekkan odam kiyimlarini 
yuvsin, o‘zi ham yuvinsin. U kechgacha harom bo‘ladi. 
22 
Ayol o‘tirgan buyumga tekkan 
odam ham kiyimlarini yuvib, o‘zi ham yuvinsin. U kechgacha harom bo‘ladi. 
23 
Bordi–yu, 
ayolning to‘shagi yoki o‘tirgan buyumi ustida biron narsa bo‘lsa, o‘sha narsaga tekkan 
odam ham kechgacha harom bo‘ladi. 
24 
Agar erkak hayz ko‘rgan ayol bilan yotsa, 
ayolning haromligi erkakka o‘tgan bo‘ladi. Erkak ham yetti kun davomida harom bo‘lib, 
u yotgan har bir to‘shak harom hisoblanadi. 
25 
Agar ayolning hayz ko‘rgan paytdan tashqari qoni kelsa va bu ahvol uzoq vaqt 
davom etsa yoki hayz ko‘rgan davri cho‘zilib ketsa, qon to‘xtaguncha ayol harom 
hisoblanadi. U hayz ko‘rgan kunlariday harom bo‘ladi. 
26 
O‘sha vaqt davomida ayol 
yotgan har qanday to‘shak va o‘tirgan har qanday buyum, hayz ko‘rgan kunlariday, 
harom bo‘ladi. 
27 
O‘sha narsalarga tekkan odam harom hisoblanadi. U kiyimlarini yuvib, 
o‘zi ham yuvinsin, u kechgacha harom bo‘ladi. 
28 
Ayolning qoni to‘xtasa, oradan yetti kun 
o‘tsin. Shundan keyin u pok bo‘ladi. 
29 
Sakkizinchi kuni u ikkita kaptar yoki ikkita 
musichani Uchrashuv chodirining kiraverishiga olib kelib, ruhoniyga bersin. 
30 
Ruhoniy 
qushlardan bittasini gunoh qurbonligi, ikkinchisini kuydiriladigan qurbonlik qilsin. Shu 
yo‘sin ruhoniy hayz ko‘rgan ayolni Egamizning huzurida haromligidan poklasin. 
31 
Xullas, Isroil xalqini haromlikdan saqlanglar. Tag‘in ular haromligi bilan 
oralaridagi Muqaddas chodirimni bulg‘ab qo‘yib, nobud bo‘lmasinlar. 
32 
Bu qoidalar 
jinsiy a’zosidan maniy oqqan erkaklarga, 
33 
hayz ko‘rgan ayollarga, har qanday ajralmasi 
oqqan erkagu ayollarga va ayolning haromligi davrida u bilan yotgan erkaklarga 
taalluqlidir. 

Download 413.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling