Levilar (tavrotning uchinchi kitobi) Kirish
Cho‘lga haydaladigan taka
Download 413.34 Kb. Pdf ko'rish
|
03-Levilar-Lev-UzLatin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Poklanish kuniga rioya qilish
Cho‘lga haydaladigan taka
20 Horun Eng muqaddas xona, Uchrashuv chodiri va qurbongohni poklash marosimini o‘tkazib bo‘lgach, tirik takani yetaklab kelsin. 21 U ikkala qo‘lini takaning boshiga qo‘ysin, Isroil xalqining hamma nohaqliklarini, hamma itoatsizliklarini va hamma gunohlarini birma–bir e’tirof etib, takaning boshiga yuklasin. Takani cho‘lga haydab yuborish uchun mas’ul bo‘lgan odam takani olib ketsin. 22 O‘sha odam takani cho‘lga qo‘yib yuborgandan keyin, taka o‘zi bilan xalqning gunohlarini kimsasiz joyga olib ketadi. 23 Shundan keyin Horun Uchrashuv chodiriga kirib, Eng muqaddas xonaga kiyib kirgan zig‘ir matosidan tikilgan liboslarini yechsin–da, ularni o‘sha yerda qoldirsin. 24 U muqaddas joyda butun badanini yuvib, kundalik ruhoniylik kiyimlarini kiyib olsin. So‘ng tashqariga chiqib, o‘zining va xalqning kuydiriladigan qurbonliklarini ado etsin. Shu tariqa o‘zini ham, xalqni ham gunohdan poklasin. 25 Gunoh qurbonligining yog‘ini qurbongoh ustida kuydirsin. 26 Qo‘yib yuboriladigan takani cho‘lga haydab yuborgan odam kiyimlarini va butun badanini yuvsin. Shundan so‘nggina u qarorgohga kira oladi. 27 Gunoh qurbonligi qilingan va qoni Isroil xalqini gunohdan poklash uchun Eng muqaddas xonaga olib kirilgan buqa va takaning tanasi qarorgohning tashqarisiga olib chiqilsin. Bularning terisi, tanasi va ichak–chovoqlari kuydirib yuborilsin. 28 Bularni kuydirgan odam kiyimlarini va butun badanini yuvsin. Shundan so‘nggina u qarorgohga kira oladi. Poklanish kuniga rioya qilish 29 Quyidagilar sizlar uchun doimiy qonun–qoida bo‘lsin: yettinchi oyning* o‘ninchi kunida ro‘za tutinglar, hech qanday ish qilmanglar. Bu qonun–qoida Isroil xalqiga va orangizdagi musofirlarga birday taalluqlidir. 30 Zotan, o‘sha kuni ruhoniy sizlarni Levilar 23 gunohlaringizdan poklaydi. Shunda sizlar Egamiz huzurida barcha gunohlaringizdan forig‘ bo‘lasizlar. 31 O‘sha kuni Shabbat singari to‘liq dam olinglar, ro‘za tutinglar. Bu sizlar uchun doimiy qonun–qoida bo‘lsin. 32 Moy surtilgan ruhoniy bobosi Horun o‘rniga oliy ruhoniylikka bag‘ishlanib, muqaddas zig‘ir liboslarini kiygach, sizlarni gunohlaringizdan poklasin. 33 U Eng muqaddas xonani, Uchrashuv chodirini, qurbongohni, ruhoniylarni va butun Isroil jamoasini poklash uchun marosim o‘tkazsin. 34 Yilda bir marta Isroil xalqi barcha gunohlaridan poklansin. Bu sizlar uchun doimiy qonun–qoida bo‘lsin. Egamiz nimani amr etgan bo‘lsa, Muso hammasini ado etdi*. Download 413.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling