Levilar (tavrotning uchinchi kitobi) Kirish


Download 413.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/41
Sana04.02.2023
Hajmi413.34 Kb.
#1162013
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41
Bog'liq
03-Levilar-Lev-UzLatin

16–BOB 
Poklanish kuni 
1-2 
Horunning ikki o‘g‘li Egamiz amr etmagan begona olovni olib kelib, nobud 
bo‘lganlaridan so‘ng*, Egamiz Musoga gapirib, shunday dedi: “Akang Horunga ayt, u 
ichki parda orqasidagi Eng muqaddas xonaga xohlagan paytida kirmasin*. U yerdagi 
Ahd sandig‘ining qopqog‘i oldiga bormasin. Aks holda, u nobud bo‘ladi. Zotan, Men o‘sha 
qopqoq ustida bulut orasida zohir bo‘laman.” 

Egamiz Musoga quyidagi qoidalarni berdi: Horun Muqaddas xonaga kirishidan 
oldin bitta buqani gunoh qurbonligi va bitta qo‘chqorni kuydiriladigan qurbonlik qilishi 
lozim. 

Ustiga u zig‘ir matosidan tikilgan muqaddas ko‘ylakni, ichidan zig‘ir ishtonni 
kiyib olsin, beliga zig‘ir belbog‘ bog‘lab, boshiga zig‘ir matosidan salla kiysin. Bu 
muqaddas liboslardir. Shuning uchun u shu liboslarni kiyishdan oldin yuvinsin, shundan 
so‘nggina ularni kiysin. 

So‘ng Isroil jamoasidan gunoh qurbonligi uchun ikkita takani 
va kuydiriladigan qurbonlik uchun bitta qo‘chqorni olsin. 

Horun o‘zini va xonadonini gunohdan poklash uchun buqani gunoh qurbonligi 
sifatida keltirsin. 

So‘ng ikkita takani Uchrashuv chodiri kiraverishiga yetaklab kelib, 
Egamizga taqdim qilsin. 

O‘sha yerda ikkala taka uchun qur’a tashlasin*, qaysi birini 
Egamizga qurbonlik qilishni va qaysi birini qo‘yib yuborishni aniqlasin. 

Horun qur’a 
bo‘yicha Egamizga tegishli takani keltirib, gunoh qurbonligi qilsin. 
10 
Qo‘yib 
yuboriladigan takani esa tiriklayin Egamizning oldiga olib kelsin. Bu taka xalqni 


Levilar 
22 
gunohdan poklash uchun cho‘lga haydab yuboriladi. 
11 
Horun o‘zini va xonadonini gunohdan poklash uchun olib kelgan buqani so‘yib, 
gunoh qurbonligi qilsin. 
12 
So‘ng olovkuragiga Egamiz huzurida turgan qurbongohdagi 
cho‘g‘lardan solsin. Tuyilgan xushbo‘y tutatqidan ikki hovuch olib, ichki parda 
orqasidagi Eng muqaddas xonaga kirsin. 
13 
Bu tutatqilarni Egamizning huzurida yonib 
turgan cho‘g‘lar ustiga tashlasin. Tutatqi tutunidan hosil bo‘lgan bulut Ahd sandig‘ining* 
qopqog‘ini berkitadi. Shunda Horun o‘lmaydi. 
14 
Horun buqaning qonidan olib, barmog‘i 
bilan qopqoqqa bir marta sachratsin, so‘ng qopqoqning oldida yetti marta sachratsin. 
15 
So‘ngra xalqni gunohlaridan poklash uchun takani so‘ysin. Qonidan Eng muqaddas 
xonaga olib kirsin. Buqaning qonini sachratganday, takaning qonini ham qopqoq ustiga 
va uning oldida sachratsin. 
16 
Shu tariqa u Eng muqaddas xonani Isroil xalqining 
nopokliklaridan, itoatsizliklaridan va gunohlaridan poklash uchun marosim o‘tkazsin. 
Butun Uchrashuv chodiri uchun ham, shu singari, poklash marosimini o‘tkazsin. Chunki 
bu Chodir bulg‘angan xalq orasida o‘rnatilgandir. 
17 
Horun Eng muqaddas xonaga kirib, 
o‘zini, xonadonini va Isroil jamoasini gunohdan poklab chiqmaguncha hech kim 
Uchrashuv chodiriga kirmasin. 
18 
So‘ng Horun tashqariga chiqib, Egamiz huzuridagi 
qurbongohni poklash uchun marosim o‘tkazsin. Buqaning va takaning qonidan olib, 
qurbongohning har bir shoxiga* surtib chiqsin. 
19 
Qurbongohga yetti marta barmog‘i 
bilan qonni sachratsin. Shu yo‘l bilan qurbongohni Isroil xalqining nopokliklaridan 
poklab, muqaddas qilsin. 

Download 413.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling