Levilar (tavrotning uchinchi kitobi) Kirish
–BOB Qonning tabarrukligi
Download 413.34 Kb. Pdf ko'rish
|
03-Levilar-Lev-UzLatin
17–BOB
Qonning tabarrukligi 1 Egamiz Muso orqali 2 Horunga, uning o‘g‘illariga va jamiki Isroil xalqiga quyidagi amrlarni berdi: 3 agar Isroil xalqidan birortasi qarorgohda yoki qarorgoh tashqarisida buqa, qo‘zi yoki echkini qurbonlik qilsa–yu, 4 uni Egamizga taqdim qilish uchun Uchrashuv chodiri kiraverishiga olib kelmasa, o‘sha odam qon to‘kkani uchun aybdor hisoblansin. Qon to‘kkan bu odam xalq orasidan yo‘q qilinsin. 5 Bu qoida Isroil xalqining dalalarda qurbonliklar qilishlariga chek qo‘yadi. Ular qurbonliklarini ruhoniyga, Uchrashuv chodiri kiraverishiga olib keladigan bo‘lishadi va qurbonliklarini tinchlik qurbonligi qilib, Egamizga bag‘ishlashadi. 6 Ruhoniy qurbonlikning qonini Uchrashuv chodiriga kiraverishda turgan Egamizning qurbongohiga sepsin. So‘ng Egamizga yoqimli hid borishi uchun qurbonlikning yog‘ini kuydirsin. 7 Bundan buyon Isroil xalqi o‘z qurbonliklarini echki jinlarga* keltirmasin, Egamizga bevafolik qilmasin. Bu qoidaga ular doimo, avlodlari osha rioya qilishsin. 8 Isroil xalqidan yoki ularning oralarida istiqomat qilayotgan musofirlardan birortasi kuydiriladigan va boshqa qurbonliklar qilsa–yu, 9 o‘shalarni Egamizga nazr qilish uchun Uchrashuv chodiri kiraverishiga olib kelmasa, u odam xalq orasidan yo‘q qilinsin. 10 Agar Isroil xalqidan yoki ularning oralarida istiqomat qilayotgan musofirlardan birortasi qoni chiqarilmagan go‘shtni yesa, Egamiz qon iste’mol qilgan o‘sha odamga qarshi chiqib, uni xalq orasidan yo‘q qilib yuboradi. 11 Zotan, jonzotning joni uning qonidir. Egamiz qonni sizlarga qurbongoh ustida gunohlaringizni yuvish uchun bergan. Jon ato etadigan qon sizlarni gunohlaringizdan poklaydi. 12 Shuning uchun Egamiz Isroil xalqiga: “Qoni chiqarilmagan go‘shtni zinhor iste’mol qilmang, oralaringizda yashayotgan musofir ham qonni iste’mol qilmasin”, — deb aytgan. 13 Ovlangan halol hayvon yoki qushning qonini chiqaringlar. Qonni tuproq bilan ko‘mib qo‘yinglar. Bu qoida Isroil xalqiga va ularning orasida istiqomat qilayotgan musofirlarga taalluqlidir. 14 Har bir jonzotning joni uning qonidir. Shu bois Egamiz Isroil xalqiga aytdi: “Qoni chiqarilmagan go‘shtni yemanglar. Zotan, har bir jonzotning joni qondadir. Qon iste’mol qilgan odam xalqi orasidan yo‘q qilinsin.” 15 Harom o‘lgan yoki yovvoyi hayvon g‘ajib tashlagan jonivorning go‘shtini yegan har bir odam, Isroil xalqidan yoki boshqa xalqdan bo‘lishidan qat’iy nazar, kiyimlarini yuvsin, o‘zi ham yuvinsin. U kechgacha harom bo‘lib, so‘ng yana pok bo‘ladi. 16 Bordi–yu, u kiyimlarini yuvmasa, o‘zi ham yuvinmasa, qilgan gunohi uchun jazolanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling