Levilar (tavrotning uchinchi kitobi) Kirish
Download 413.34 Kb. Pdf ko'rish
|
03-Levilar-Lev-UzLatin
Uylardagi mog‘or
33 Egamiz Muso va Horunga 34 mog‘or bosgan uylarga oid quyidagi qonunlarni berdi: Egamiz sizlarga mulk qilib beradigan Kan’on yurtiga borganingizdan keyin sizlarga qarashli yurtdagi uyni mog‘or bostirishi mumkin. 35 Shunda xonadon sohibi ruhoniyning oldiga borib: “Uyimni mog‘or bosganga o‘xshaydi”, — deb aytsin. 36 Uydagi narsalar harom deb e’lon qilinmasligi uchun, ruhoniy mog‘orni ko‘rishga kirishdan oldin, uydagi hamma narsalarni chiqartirishni buyursin. Shundan so‘ng uyni ko‘zdan kechirish uchun ichkariga kirib, 37 mog‘or bosgan devorlarni ko‘rsin. Agar mog‘orning ko‘kimtir yoki qizg‘ish dog‘lari bo‘lib, devorga chuqur botib kirgan bo‘lsa, 38 ruhoniy tashqariga chiqib, uyni yetti kunga berkitib qo‘ysin. 39 Yettinchi kuni ruhoniy qaytib kelib, uyni yana ko‘rsin. Agar mog‘or devorga yoyilib ketgan bo‘lsa, 40 ruhoniy mog‘or yoyilgan devordagi toshlarni ko‘chirtirib, shahar tashqarisidagi harom joyga olib borib tashlashni buyursin. 41 So‘ng uy ichkarisidagi devorlarning suvog‘ini ko‘chirtirib, shahar tashqarisidagi harom joyga chiqartirib tashlatsin. 42 Ko‘chirib olingan toshlar o‘rniga boshqa toshlar qo‘ydirib, uyning ichini yangidan suvoq qildirsin. 43 Agar shundan keyin ham uyni mog‘or bossa, 44 ruhoniy kelib uyni ko‘rsin. Mog‘or devorlarga yoyilgan bo‘lsa, bu yoyiladigan zamburug‘dir. Uy harom hisoblanadi. 45 Uy buzib tashlansin, uning tosh, yog‘och va suvog‘ini shahar tashqarisidagi harom joyga olib chiqib tashlashsin. 46 Uy yopiq paytida u yerga kirgan har qanday odam kechgacha harom hisoblanadi. 47 O‘sha uyda uxlagan yoki u yerda ovqatlangan har qanday odam kiyimlarini yuvsin. Levilar 20 48 Bordi–yu, uy yangidan suvoq qilingandan keyin ruhoniy kelib, uyni ko‘rganda devorlarni mog‘or bosmagan bo‘lsa, ruhoniy uyni pok deb e’lon qilsin. Mog‘or yo‘q bo‘lgan bo‘ladi. 49 Uyni poklash uchun ruhoniy ikkita qushni, sadr yog‘ochini, qirmizi ipni va bir tutam issop o‘tini olsin. 50 Qushning birini sopol idishdagi yangi buloq suvi ustida so‘ysin. 51 So‘ng sadr yog‘ochini, issop tutamini, qirmizi ipni va tirik qushni olib, ularni buloq suvi ustida bo‘g‘izlangan qushning qoniga botirsin–da, uyga yetti marta sepsin. 52 Shu yo‘l bilan uyni poklagandan keyin, 53 tirik qushni shahar chekkasiga olib chiqib, dalaga qo‘yib yuborsin. Shu tariqa ruhoniy uy uchun poklash marosimini o‘tkazsin, shunda uy pok bo‘ladi. 54 Teri kasalligiga va yoyiladigan zamburug‘larga oid qoidalar shulardir. Bu qoidalar teridagi qichitmaning, 55 uy va kiyimlardagi mog‘orlarning, teridagi shish, toshma yoki dog‘larning 56 halol yoki harom ekanligini bilish uchun xizmat qiladi. Xullas, teri kasalligi va yoyiladigan zamburug‘larga oid qoidalar shulardan iborat. Download 413.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling