Levilar (tavrotning uchinchi kitobi) Kirish
Download 413.34 Kb. Pdf ko'rish
|
03-Levilar-Lev-UzLatin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoga nazr qilinadigan nonlar
- To‘g‘ri va adolatli hukmning misoli
24–BOB
Moychiroqlar 1 Egamiz Muso orqali 2 Isroil xalqiga quyidagi amrlarni berdi: toza zaytun moyidan olib kelinglar. Toki moychiroqlar har doim tun bo‘yi yonib tursin. 3 Horun moychiroqlarni Uchrashuv chodiriga, Ahd sandig‘ini* to‘sib turgan ichki parda oldiga o‘rnatsin. Moychiroqlar Egamizning huzurida oqshomdan ertalabgacha o‘chmay yonib tursin. Bu avlodlaringiz osha doimiy qonun–qoida bo‘lsin. 4 Horun moychiroqlarni toza oltindan yasalgan chiroqpoyaga o‘rnatsin. Moychiroqlar Egamizning huzurida doimo tun bo‘yi yonib tursin. Xudoga nazr qilinadigan nonlar 5 Sifatli undan o‘n ikkita non* yop. Har bir non sakkiz kosa* undan yopilgan bo‘lsin. 6 Nonlarni Egamiz huzuridagi toza oltindan yasalgan xontaxta ustiga ikki qator qilib ter. Har bir qatorda oltitadan non bo‘lsin. 7 Har bir qatorga toza xushbo‘y tutatqidan qo‘y. Bu xushbo‘y tutatqi nonning o‘rniga olovda kuydirilib, Egamizga nazr qilinadi. 8 Horun nonlarni doimiy tarzda, har Shabbat kuni Isroil xalqi nomidan Egamiz oldiga qo‘ysin. Bu Isroil xalqining abadiy majburiyatidir. 9 Bu nonlar Horun va uning avlodiniki bo‘lsin. Ular bu nonlarni muqaddas joyda tanovul qilishsin*. Egamizga atab, olovda kuydiriladigan nazrlardan Horunning nasliga berilgan doimiy ulush shudir, u g‘oyat muqaddasdir. To‘g‘ri va adolatli hukmning misoli 10-11 Dan qabilasidan bo‘lgan Dibri qizi Shalumit Misrlik bir kishiga turmushga chiqqan edi. Ularning bir o‘g‘li bor edi. Bir kuni o‘sha o‘g‘li Isroil xalqidan bo‘lgan bir odam bilan janjallashib qoldi. Janjal paytida Shalumitning o‘g‘li qarg‘anib, Xudoga shak keltirdi. Shunda uni Musoning oldiga olib kelishdi. 12 Egamizning hukmi ma’lum bo‘lgunga qadar uni qamab qo‘yishdi. 13 Egamiz Musoga dedi: 14 “Shakkokni qarorgohning tashqarisiga olib chiqinglar. Shak keltirganini eshitganlarning hammasi qo‘lini uning boshiga qo‘ysin, keyin butun jamoa uni toshbo‘ron qilsin. 15 Isroil xalqiga shu gapimni aytib qo‘y: «Meni qarg‘agan har qanday odam jazoga tortilsin. 16 Men, Egangizga shak keltirgan odamning jazosi o‘limdir. Butun jamoa uni toshbo‘ron qilsin. O‘sha shakkok kim bo‘lishidan qat’iy nazar, musofir bo‘ladimi yoki Isroil xalqidanmi, o‘ldirilsin. 17 Odamning joniga qasd qilgan har qanday odam o‘ldirilsin. 18 Birovning molini o‘ldirib qo‘ygan odam egasiga tovon to‘lasin. Bunday vaziyatda jon evaziga jon degan qoida qo‘llanilsin. 19 Agar kimdir birovga shikast yetkazsa, unga ham xuddi shunday shikast yetkazilsin. 20 Siniq evaziga siniq, ko‘z evaziga ko‘z, tish evaziga tish bilan javob Levilar 33 qaytarilsin. Shikast yetkazganga xuddi shunday shikast yetkazilsin. 21 Jonivorni o‘ldirgan tovon to‘lasin, odamni o‘ldirgan esa o‘lim jazosini olsin. 22 Musofir uchun ham, Isroillik uchun ham qonun birdir. Men Egangiz Xudoman.»” 23 Muso bu so‘zlarni Isroil xalqiga aytib bo‘lgach, xalq shakkokni qarorgoh tashqarisiga olib chiqib, toshbo‘ron qildi. Shunday qilib, Isroil xalqi Egamizning Musoga bergan amrini ado etdi. Download 413.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling