Levilar (tavrotning uchinchi kitobi) Kirish


Download 413.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/41
Sana04.02.2023
Hajmi413.34 Kb.
#1162013
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41
Bog'liq
03-Levilar-Lev-UzLatin

24–BOB 
Moychiroqlar 

Egamiz Muso orqali 

Isroil xalqiga quyidagi amrlarni berdi: toza zaytun moyidan 
olib kelinglar. Toki moychiroqlar har doim tun bo‘yi yonib tursin. 

Horun 
moychiroqlarni Uchrashuv chodiriga, Ahd sandig‘ini* to‘sib turgan ichki parda oldiga 
o‘rnatsin. Moychiroqlar Egamizning huzurida oqshomdan ertalabgacha o‘chmay yonib 
tursin. Bu avlodlaringiz osha doimiy qonun–qoida bo‘lsin. 

Horun moychiroqlarni toza 
oltindan yasalgan chiroqpoyaga o‘rnatsin. Moychiroqlar Egamizning huzurida doimo 
tun bo‘yi yonib tursin. 
Xudoga nazr qilinadigan nonlar 

Sifatli undan o‘n ikkita non* yop. Har bir non sakkiz kosa* undan yopilgan bo‘lsin. 

Nonlarni Egamiz huzuridagi toza oltindan yasalgan xontaxta ustiga ikki qator qilib ter. 
Har bir qatorda oltitadan non bo‘lsin. 

Har bir qatorga toza xushbo‘y tutatqidan qo‘y. Bu 
xushbo‘y tutatqi nonning o‘rniga olovda kuydirilib, Egamizga nazr qilinadi. 

Horun 
nonlarni doimiy tarzda, har Shabbat kuni Isroil xalqi nomidan Egamiz oldiga qo‘ysin. Bu 
Isroil xalqining abadiy majburiyatidir. 

Bu nonlar Horun va uning avlodiniki bo‘lsin. 
Ular bu nonlarni muqaddas joyda tanovul qilishsin*. Egamizga atab, olovda 
kuydiriladigan nazrlardan Horunning nasliga berilgan doimiy ulush shudir, u g‘oyat 
muqaddasdir. 
To‘g‘ri va adolatli hukmning misoli 
10-11 
Dan qabilasidan bo‘lgan Dibri qizi Shalumit Misrlik bir kishiga turmushga 
chiqqan edi. Ularning bir o‘g‘li bor edi. Bir kuni o‘sha o‘g‘li Isroil xalqidan bo‘lgan bir 
odam bilan janjallashib qoldi. Janjal paytida Shalumitning o‘g‘li qarg‘anib, Xudoga shak 
keltirdi. Shunda uni Musoning oldiga olib kelishdi. 
12 
Egamizning hukmi ma’lum 
bo‘lgunga qadar uni qamab qo‘yishdi. 
13 
Egamiz Musoga dedi: 
14 
“Shakkokni qarorgohning tashqarisiga olib chiqinglar. 
Shak keltirganini eshitganlarning hammasi qo‘lini uning boshiga qo‘ysin, keyin butun 
jamoa uni toshbo‘ron qilsin. 
15 
Isroil xalqiga shu gapimni aytib qo‘y: «Meni qarg‘agan har 
qanday odam jazoga tortilsin. 
16 
Men, Egangizga shak keltirgan odamning jazosi o‘limdir. 
Butun jamoa uni toshbo‘ron qilsin. O‘sha shakkok kim bo‘lishidan qat’iy nazar, musofir 
bo‘ladimi yoki Isroil xalqidanmi, o‘ldirilsin. 
17 
Odamning joniga qasd qilgan har qanday odam o‘ldirilsin. 
18 
Birovning molini 
o‘ldirib qo‘ygan odam egasiga tovon to‘lasin. Bunday vaziyatda jon evaziga jon degan 
qoida qo‘llanilsin. 
19 
Agar kimdir birovga shikast yetkazsa, unga ham xuddi shunday 
shikast yetkazilsin. 
20 
Siniq evaziga siniq, ko‘z evaziga ko‘z, tish evaziga tish bilan javob 


Levilar 
33 
qaytarilsin. Shikast yetkazganga xuddi shunday shikast yetkazilsin. 
21 
Jonivorni o‘ldirgan 
tovon to‘lasin, odamni o‘ldirgan esa o‘lim jazosini olsin. 
22 
Musofir uchun ham, Isroillik 
uchun ham qonun birdir. Men Egangiz Xudoman.»” 
23 
Muso bu so‘zlarni Isroil xalqiga aytib bo‘lgach, xalq shakkokni qarorgoh 
tashqarisiga olib chiqib, toshbo‘ron qildi. Shunday qilib, Isroil xalqi Egamizning Musoga 
bergan amrini ado etdi. 

Download 413.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling