Levilar (tavrotning uchinchi kitobi) Kirish


:4 issop o‘ti — bu o‘rindagi ibroniycha so‘z mayda ko‘k gulli, barglari muattar hidli  o‘simlikni bildiradi.  14:10


Download 413.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/41
Sana04.02.2023
Hajmi413.34 Kb.
#1162013
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
03-Levilar-Lev-UzLatin

14:4 issop o‘ti — bu o‘rindagi ibroniycha so‘z mayda ko‘k gulli, barglari muattar hidli 
o‘simlikni bildiradi. 
14:10 o‘n ikki kosa — ibroniycha matnda efaning o‘ndan uch qismi, taxminan 6 litrga 
to‘g‘ri keladi. 
14:10 bir kosa — ibroniycha matnda bir lo‘g, taxminan 300 millilitrga to‘g‘ri keladi. Shu 
bobning 12, 15, 21, 24–oyatlarida ham bor. 
14:14 solinchak — quloqning pastki yumshoq qismi. 
14:21 to‘rt kosa — ibroniycha matnda efaning o‘ndan bir qismi, taxminan 2 litrga to‘g‘ri 
keladi. 
16:1-2 Horunning ikki o‘g‘li…nobud bo‘lganlaridan so‘ng… — 10:1-2 ga qarang. 
16:1-2 …Eng muqaddas xonaga xohlagan paytida kirmasin — oliy ruhoniy Eng 
muqaddas xonaga faqat yilda bir marta kirishi mumkin edi. Shu bobning 29-34–
oyatlariga qarang. 
16:8 …qur’a tashlasin… — qur’a tashlashda yog‘och bo‘laklari yoki toshlar ishlatilgan 
bo‘lib, shu orqali Xudoning xohish–irodasi aniqlangan. Ba’zan odamlar qur’a tashlab, 
Xudodan biror ishni qanday yoki qachon qilish kerakligini so‘rashgan. 
16:13 Ahd sandig‘i — ibroniycha matnda Guvohlik sandig‘i, Ahd sandig‘ining yana bir 
nomi. Ibroniycha matndagi iboraning guvohlik so‘zi o‘nta amr yozilgan ikkita tosh 
lavhaga ishora qiladi. Ikkala tosh lavha Sandiqning ichida saqlanib, Xudo va Uning xalqi 
o‘rtasida tuzilgan ahdning dalili, ya’ni toshga bitilgan guvohlik bo‘lib xizmat qilardi. 
16:18 qurbongohning har bir shoxi — 4:25 izohiga qarang. 
16:29 Yettinchi oy — ibroniy kalendarining Tishri oyi nazarda tutilgan (Tishri oyi 
Itanim oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan sentabrning 
o‘rtasidan boshlanadi. 
16:34 Egamiz nimani amr etgan bo‘lsa, Muso hammasini ado etdi — yoki Musoga Egamiz 
nimani amr etgan bo‘lsa, Horun hammasini ado etdi

Download 413.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling