Leykoz uchun xarakterli bo’lgan klinik sindromlar


Download 0.77 Mb.
bet2/3
Sana23.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1390806
1   2   3
Bog'liq
sport tibbiyoti

  • Beshinchi shart — ichkilikbozlik, kashandalik, giyohvandlik singari zararli odatlardan tiyilish. Bu illatlarning sog‘liq va turmushga ziyoni bisyorligini alohida taʼkidlab o‘tirishga hojat yo‘q. Zero, bunday kishilarning hayotga befarq, kun o‘tsin uchun yashovchi, o‘z sog‘lig‘i va kelajagini o‘ylamaydigan zaif odamlarga aylanib qolishi hayotda ko‘p kuzatilgan. Bu achinarlidir.
  • Oltinchi shart — ozodalik, orastalikka rioya qilish, atrof-muhitga munosabat masalasi. Kundalik hayoti asnosida inson atrof-muhitga maʼlum darajada taʼsir ko‘rsatadi. Masalan, hayotimiz uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqatlardan chiqindi hosil bo‘lishi o‘ta tabiiy hol.

Mamlakatimiz mustaqil bo‘gach sog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqotlar yanada ko‘paydi. Ular asosida milliy qadriyatlarni qayta tiklash, ma’naviy-ma’rifiy madaniyatimizni davr talablari asosida boyitishga doir qator o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ommabop kitoblar yuzaga kelmoqda.

  • Mamlakatimiz mustaqil bo‘gach sog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqotlar yanada ko‘paydi. Ular asosida milliy qadriyatlarni qayta tiklash, ma’naviy-ma’rifiy madaniyatimizni davr talablari asosida boyitishga doir qator o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ommabop kitoblar yuzaga kelmoqda.
  • Ma’lumki, inson salomatligi ko‘p sohalar bilan bevosita bog‘liq. Bunda tibbiy va gigienik talablar, dam olish, ovqatlanish, uyqu, madaniy hordiq chiqarish kabilar ustuvor turadi. Ularning tarkibida esa, amaliy jihatdan real harakat qilish (suzish, yugurish, sakrash, nafas olish va shu kabi tabiiy harakatlar) eng muhim omil hisoblanadi). Jismoniy madaniyat va sport mazmuni ma’lum maqsadlarga qaratilishi bilan birgalikda, ular aholining, ayniqsa – o‘quvchi yoshlar, talabalarning jismoniy barkamolligini tarbi- yalashga yo‘naltiriladi. Bu esa ma’naviy va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlangan insonni yetishtiradi. Demak, sog‘lom turmush tarzi mazmunida jismoniy tarbiya, sport, sayohat va xalq milliy o‘yinlari o‘ziga xos xususi- yatlarga ega.
  • Shu o‘rinda Respublika Prezidenti I.A.Karimov «O‘zbekis- tonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» risolasida bayon etilgan «O‘zining sa- lomatligi haqida shaxsan g‘amxo‘rlik qilib borish madaniyatini yoshlikdan, oila, maktab, mahalla sog‘liqni saqlash tizimi, jismoniy tarbiya sportning ko‘magida singdirish kerak. Shunisi muhimki, odamlar so‘zda emas, balki amalda o‘z salomat-ligining qadriga etib, uni milliy boylik sifatida avaylab- asrasinlar», - deb ta’kidlaganini eslash zarur.
  • Ma’lumki, jismoniy tarbiya va uning vositalari (umumrivojlantiruvchi mashqlar, o‘yinlar, sport turlari, piyoda yurish, sayohatlar va h.k) o‘ziga xos xususiyatlarga ega, ya’ni faol amaliy harakatlar (jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish) natijasida inson tanasidagi barcha bo‘g‘inlar, mushak- larni harakatga keltiradi. U bilan doimiy shug‘ullanish esa jismonan chini- qishni ta’minlaydi. Bunda nafas olish tezlashadi va chuqurlashadi, qon ayla- nish tizimi gavdani qizdiradi va hujayra, to‘qimalarni yaxshi oziqlantiradi. Shuningdek, jismoniy mashqlar ovqatni hazm qilish va asablarni tinchitish, mustahkamlashga bevosita xizmat qiladi. Shu asosda salomatlikni yaxshi- lash, jismonan chiniqish va sport mahoratini tarbiyalash amalga oshiriladi. Bu harakatlarni amalga oshirishda shug‘ullanuvchilarning yoshi, jinsi, salo- matligini hisobga olish zarur. Demak, jismoniy mashqlar salomatlik, bar- damlik va chiniqish manbadir.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling