Li Byon Chxol -samsung Group asoschisi


Samsung Koreya urushidan keyingi davrda


Download 18.13 Kb.
bet2/2
Sana03.06.2024
Hajmi18.13 Kb.
#1841851
1   2
Bog'liq
SAMSUNG11111111111111

Samsung Koreya urushidan keyingi davrda
Janubiy Koreyaning yangi prezidenti general Pak Chon Xi sanoat va iqtisodiy islohotlarini boshlaydi. Iqtisodiyot sanoat sektorini rivojlantirish dasturi ishlab chiqiladi, AQSh bilan yaqin munosabatlar asosida eks-portni rivojlantirishga e’tibor qaratiladi, chet ellardan qarz olish, xom ashyo va zamonaviy texnologiyalarni sotib olish, olingan daromadni esa yana xom ashyo hamda texnika sotib olishga yo’naltirish ko’zda tutiladi. Koreyalik islohotchilar barqaror iqtisodiyot katta konsernlarga tayanishi kerak degan xulosaga keladilar, ammo ularni qisqa muddatlarda yaratish zarur edi, shuning uchun Koreyaning eng mohir tadbirkor ishbilarmonlari uchun hukumat kreditlari va qarzlari taqdim etiladi. Ular davlat buyurtmalari bilan ta’minlanadilar, shu bilan birga, ma’lum huquqiy hamda soliq imtiyozlari kichik korxonalarga katta konglomeratlargacha o’sishlariga imkon berdi. Omadli tadbirkorlar orasida Li Byon Chxol ham bor edi. Shu tariqa, 30ta katta kompaniyalar (cheboli — «puldor oilalar») tashkil etiladi. Ular orasida Samsung kompaniyasidan tashqari, Daewoo, Hyundai, Goldstar (LG) va boshqalar ham bor edi. Har bir «puldor oilaning»: Daewoo-avtomobillar ishlab chiqarish, Goldstar — maishiy texnika, Samsung — elektronika, Hyundai — qurilish va shu kabi o’z yo’nalishi bor edi.
Hozirgi kunda samsung
Bugungi kunda Samsung qurilmalari ishlamaydigan sohani topish mumkin emas. To'liq so'z bilan aytganda, ushbu brend ostida hamma narsa ishlab chiqariladi: raqamli kameralar va stereolardan tortib to mikroto'lqinli pechlar va tosterlar, avtoulovlardan samolyotlar va okean kemalariga. Mamlakat ichida Samsung Group mamlakat umumiy byudjetining 50% dan ortig'ini tashkil qiladi. Korporatsiyaning dunyo bo'ylab 500 mingga yaqin xodimi bor va Samsung Electronics shtab-kvartirasi joylashgan Suvon shahri Samsung City deb nomlanadi. 2020 yilga kelib kompaniya beshta eng yirik global brendlarga kirmoqchi.
Samsung strategiyasi
Ijtimoiy qadriyatni yaratish
Iqtisodiy qadriyatni yaratish
Innovatsion mahsulotlar yaratish va xizmatlar ko'rsatishga intilishimiz — foyda olish va o'sish uchun yangi omillar paydo bo'lishining garovi. Maqsadimiz innovatsiyalar madaniyati korportativ faoliyatimizning barcha jabhalariga kirib borishidir. Shuningdek, biz ishlab chiqilgan innovatsiyalarni amalga oshirish uchun tashqi resurslardan foydalanish hisobiga ko'mak (sinergiya) yaratamiz. Shunday yo'sinda biz zamonaviy bozorning dinamik ehtiyojlarini hisobga oladigan innovatsion mahsulotlar yaratish uchun ekotizim qurish yo'lida bir qadam yaqinlashamiz.
Korporativ ijtimoiy mas`uliyatni his qilgan global kompaniya sifatida, Samsung kompaniyasida biz BMT barqaror rivojlanish sohasidagi maqsadlarini hisobga olgan holda jamiyat manfaatlri uchun ustunliklar yaratamiz. Xususan, biz o'z tijorat faoliyatimizga eng ko'proq mos keladigan maqsadlarni tanladik, va ushbu maqsadlarga erishishga o'z salbiy/ijobiy ta`sirimizni tahlil qilib boramiz. Bundan keyin, biz BMT barqaror rivojlanish sohasidagi maqsadlariga erishishga yordam
beradigan tijorat imkoniyatlarini ochamiz va tadqiq qilamiz.
Barqaror boshqaruv yordamida qadriyat yaratish
Samsung kompaniyasida, biz ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy qadriyatlarni global jamiyatning yaxshilanishiga yordam berish maqsadida barqaror boshqaruv asosida yaratamiz. Bunday ijtimoiy va ekologik qadriyatlarni miqdoriy hisoblash qiyin bo'lganligi sababli, barqarorlikni boshqarish maqsadlarini belgilash va ustuvor qilib qo'yishdagi yondashuvni tanlashda, biz miqdordan sifatni afzal ko'rish ma`qul deb topdik. Biroq, 2016 yildan beri ijtimoiy va ekologik indikatorlarni (ko'rsatkichlarni) aks ettirish uchun o'zimiz yaratayotgan qadriyatlarni vizual tarzda ko'rsatish imkonini beruvchi KPMG Asl (haqiqiy) qadriyatni aniqlash usulini joriy qildik. Tegishli ko'rsatkichlarning ijobiy (+) va salbiy (-) raqamlari ijtimoiy qadriyatlarning 2016 yil 31 dekabrgacha o'tgan bir yil ichida biz yaratgan yoki qisqartirgan jami hajmini aks ettiradi. Bunday yondashuv bizga tijorat faoliyati doirasida yaratiladigan moliyaviy qadriyatlar chegarasidan chiqib ketish imkonini beradi, va Samsung kompaniyasi yaratayotgan Asl qadriyatlarning yaxlit aksini shakllantiradigan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy qadriyatlarni o'z ichiga oladi.
2020 Barqaror boshqaruv qadriyati
Kompaniya ustunliklari
Samsung kompaniyasi dunyo bozorida brend qiymati bo’yicha 5-o’rinni egallagan. Bu raqobatchilaridan (apple mustasno) yuqori darajada ekanligini anglatadi. Samsung brendining qiymati 94.5 mlrd. Dollarga teng. Samsung kompaniyasining dunyo smartfon bozoridagi ulushi 20% ni tashkil etadi. Yillik aylanma puli 208 mlrd. Dollardan yuqori. Bu yil 6.7 mlrd dollar foyda ko’rgan. Xodimlari soni bugunga kelib qariyb 400 ming ishchini tashkil etmoqda.
Samsung kompaniyasi strategiyasini amalga oshirilishiga ta’sir etuvchi omillar bu qashshoqlik, bir qancha global muammolar, kompaniya joylashgan davlatlardagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy vaziyatlar muammolar va qolaversa hozirgi kunda avj olib borayotgan covid-19 kasalligi ta’sirida yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat ham. Hozirgi davrgacha ham bu kompaniyaga turli iqtisodiy-siyosiy muammolar, urushlar ta’sir qilib kelgan. Hozirda ham ushbu kasallik sababli kompaniya ham bir muncha ziyon ko’rgan. Lekin kompaniya ziyon ko’rgan bo’lsa ham o’z faoliyatini to’xtatgani yo’q. insonlar uchun ushbu qiyin vaziyatdan chiqib ketish yo’llarini izlamoqdalar, innovatsialar kiritmoqdalar. Insonlarni sog’lom turmush tarzi kechirishlariga da’vat etmoqdalar. Bu kompaniyaning bunday holatlarga chidamli ekanligining sababi ham aynan ularning strategiyasida, chunki ularning strategiyasi insonlarga qulay sharoit yaratishdan iborat
Kompaniya strategiyasini yanada takomillashtirish yo’llari
Dizayn

Dizayn
Sog’liqni


Sog’liqni
Demografik
Demografik
Xodimlar

Xodimlar


XULOSA

Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, SAMSUNG kompaniyasi dunyo bozorida o’z o’rniga ega bo’lgan qudratli kopaniya. Uning asosiy maqsadi va strategiyasi insonlarning hayot tarzini o’zgartirish va insonlarga qulayliklar yaratishdan iborat. Biz qudratli kompaniya ekanligini turli xil ta’sirlarga bardosh berib, qiyin vaziyatlardan oqilona chiqib ketganidan ko’rishimiz mumkin ekan. Bu kompaniyaning ustunlik taraflari yutuqlari juda ko’pdir va hozirda paydo bo’lgan va rivojlanib borayotgan kompaniyalar SAMSUNG kompaniyasi strategiyasidan foydalansalar juda ko’plab yutuqlarga erishadilar


SAMSUNG – INSONLAR UCHUN YARATILGAN


E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 18.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling