Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 111 library.ziyonet.uz/ – Endi buni isbot qilib boʻlmaydi. – Siz oʻz aybingizni tan olasizmi? – Yoʻq. – Nima, siz oʻzingizni hammadan koʻra aqlliroq deb hisoblaysizmi? – Yoʻq, aksincha, hammadan koʻra aqlsizroq. – Ruxsat bering, men gapiray. – Koʻkragiga komsomol znachogi taqqan yosh yigit oʻrnidan turdi. U oʻtirganlar ichida hammadan yosh boʻlib, nimjongina, choʻziq yuzli, koʻrinishda yosh bolaga oʻxshar edi. Tanaboy uni endi payqagan edi. «Fosh qilaver, bola, ayama, – dedi u oʻzicha. – Men ham qachonlardir shunaqa edim, hech ayamasdim...» – Gapiring, Karimbekov, – bosh irgʻadi unga Qashqatoyev. – Men oʻrtoq Bakasovning qilmishlarini ma’qullamayman. U qilmishiga yarasha partiya jazosini olishi kerak. Shuningdek, oʻrtoq Segizboyevga ham qoʻshila olmayman. – Karimbekov hayajondan ovozi titrab, oʻzini bosib oldi. – Men oʻrtoq Segizboyevning oʻzini ham muhokama qilish kerak deb hisoblayman. – Ana xolos! – uning soʻzini boʻldi kimdir. – Nima, sizda – komsomolda tartib shunaqami? – Tartib hammada ham bir xil, – javob berdi Karimbekov yana ham hayajonlangan holda qizarib. Uning tili tutilib qoldi va tang ahvoldan qutulishga urinib soʻz qidira boshladi va birdan jon-jahdi bilan keskin va gʻazab bilan shartta dedi: – Kolxozchi, choʻpon, keksa kommunistni haqorat qilishga sizning nima haqqingiz bor edi? Mana meni xalq dushmani deb koʻring-chi... Siz buni kolxozda chorvachilikning ahvoli yomonligi uchun xafa boʻlganingiz, qaygʻurganingiz bilan isbot qilmoqchi boʻlasiz. Lekin siz, choʻpon sizdan ham koʻp qaygʻurganini koʻz oldingizga keltirolmaysizmi? Qoʻzilar nega oʻlyapti? Siz uning oldiga borganingizda uning turmush sharoiti bilan, ishlari qanday borayotgani bilan qiziqdingizmi? Yoʻq, sizning axborotingizga qaraganda, siz toʻgʻridan-toʻgʻri uni haqorat qilishdan boshlagansiz. Hozir kolxozlarda qoʻzilatish kampaniyasi ogʻir ahvolda ekani hech kimga sir emas. Men joylarda boʻlib turaman. Biz ulardan talab qilamiz, lekin amalda hech qanaqa yordam bermaymiz. Men komsomol choʻponlar oldida juda noqulay ahvolda qolaman, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling