Liderlik uslublari
GURUHLARDA RAHBARLIK VA LIDERLIK
Download 117.5 Kb.
|
LIDERLIK USLUBLARI
GURUHLARDA RAHBARLIK VA LIDERLIKGuruhlardagi o`zaro munosabatlar yo`qoridan pastga yoki aksincha, bo`lib guruh a`zolarining konkret mavqelari, boshlik bilan buysunuvchilar o`rtasidagi munosabatlarini o`z ichiga oladi. Bu borada "lider" va "boshlik" tushunchalari o`rtasidagi farklar haqida gapirish lozim. B. D. Parigin bu ikki tushunchani farklab shunday yozadi: 1) lider asosan guruhdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarsa, rahbar-shu guruhdagi rasmiy munosabatlarni boshqaradi; 2) liderlik kichik guruhlargagina xos bo`lgan xodisa bo`lsa, rahbarlikning xak-huquqlari katta guruhlar doirasida ham sodir bo`lishi, amalga oshirilishi mumkin; 3) agar liderlik stixiyali, betartib jarayon bo`lsa, rahbarlik maqsadga qaratilgan, jamiyatda ishlab chiqilgan normalar, tartiblar asosida saylovlar okibatida sodir bo`ladigan xodisadir; 4) liderlik rahbarlikka nisbatan vaqtinchalik xodisa bo`lib, guruh a`zolarining kutishlari, ularning kayfiyatlari, faoliyat yo`nalishiga qarab, uzoqrok muddatda yoki qisqa muddatda ro`y beradi; 5) rahbarning liderdan farki yana shundaki, u liderda yo`q bo`lgan ja`zolash va ragbatlantirish tizimiga ega bo`lib, shu asosda o`z xodimlariga ta`sirini o`tkazishi mumkin; 6) lider guruhda u yoki bu karorlar, ko`rsatmalar, tashabbuslarni o`z ixtiericha bevosita chiqarishi mumkin, rahbarda esa bu yo`nalishda ko`plab rasmiy ko`rsatmalar, rejalar, normalar, buyruklar mavjudki, ular doirasidan chiqib ketishi qiyin; 7) liderning faoliyati faqat kichik guruhlar dorasida amalga oshirilsa, rahbar shu guruhdagi, kengrok ijtimoiy doiradagi, jamiyatdagi vaqili bo`lganligi uchun, uning vaqolatlari ham keng, faoliyat imkoniyatlari ham ortikdir. Lider xech kachon yelgiz bo`lmaydi, u doimo guruh a`zolari guruhida qaraladi, u shu guruh a`zolarini u yoki bu harakatlarga chorlaydi. Chunki lider guruh a`zolarining psixologiyasi, ularning kayfiyatlari, intilishlari, qiziqishlar va xoka`zolarni hammadan ham Yaxshi biladi, ular ichida eng tashabbuskoridir. Agar sinf doirasida olib qaraladigan bo`lsa, turli xil lider borligini aniqlash mumkin. Masalan, guruh a`zolari ichida eng bilagoni, aql urgatuvchi, topkir intellektual lider, bolalar ichida eng xazilkash, dilgir, xushchakchak, kungil surovchi, o`zgalarni tushuna oladigan- emotsional lider, guruhni ish faoliyatiga chorlay oladigan, dadil, kat`iyatli, irodali liderlar bo`lishi mumkin. Ular ayni vaziyatlarda vaziyat talabiga ko`ra paydo bo`ladilar hamda bolalar ongida o`z sifatlariga ko`ra obru kozonadilar. Lider sifatlari ichida Yaxshi va yemonlari ham bo`lishi mumkin. Shuning uchun ham, sinf rahbari o`z sinfidagi rasmiy liderlar bilan ishlash bilan cheklanmaydi, balki norasmiy liderlarni ham aniqlay bilishi, ular bilan xamkorlikda ishlashi zarur. To`g`ri, ba`zi hollarda rasmiy va norasmiy lider bilan shaxs bo`lishi ham mumkin. Bu juda qo`lay, lekin liderlik vaziyatga bog`liq bo`lgani uchun ham ularning o`zgarib turishini hisobga oladigan bo`lsak, ukituvchining boshqarish maxorati yoki san`ati uning norasmiy liderlar bilan samarali ishlash usulidir. Shunday qilib, har qanday lider obruga ega. Obrulilik shaxsning shunday xususiyatiki, u boshqa shaxslarga ham hissiy emotsional, ham irodaviy ta`sir kursata olish qobiliyatiga egadir. Norasmiy obrulilik, ya`ni shaxslararo munosabatlar maxsuli sifatida orttirilgan obru juda samaralidir. Odamlar kungliga Yo`l topish, ularni turli vaziyatlarda tushuna olish, ishonch va shunga o`xshashlar obru orttirish mezonlaridandir. Liderlik xodisasi to`g`risida gap ketar ekan, liderlik nazariyalari haqida ham qisqacha tuxtalib utish o`rinlidir. Hozirgi kunga kadar liderlik to`g`risida asosan uchta nazariya mavjud. Birinchisi"liderlik sifatlari nazariyasi"dir yoki harizmatik nazariya. Uning moxiyati shuki, hamma ham lider bo`la olmaydi, ayrim shaxslarda shunday sifatlar yigindisi tugma mavjud bo`lib, ular uning guruhda lider bo`lishini ta`minlaydi. Masalan, 1940 yilda Amerikalik K. Berd 79 sifatdan iborat bo`lgan liderlik kirralari ro`yxatini tuzdi. Bu ro`yxatda jumladan: tashabbuskorlik, muloqotga kirisha olish, yumor hissi, o`ziga ishonch, tez va aniq karorlar kabo`l qila olish, tashqilotchilik kabi sifatlar bor edi. Lekin bu nazariyaning xatoligi shunda ediki, birinchidan, u yo`qoridagi sifatlar qanday qilib namoyon bo`ladi-yu, qanday shakllanishini tushuntirib bera olmadi, ikkinchidan, So`roqlar mobaynida birorta sifat ham mutlok ko`p marta qayd etilmadi. Ikkinchi nazariya liderlikning vaziyatga bog`liqligi nazariyasidir. Bu yerdagi asosiy goya- lider vaziyatning maxsuli degan goyadir. Har bir odamda liderlik sifatlari bor, lekin ayrim vaziyatlar ayrim shaxslarning uzlarining ko`rsatishlari, lider bo`lish uchun qo`lay hisoblanadi. Yo`qoridagi ikki nazariya tankid qilish natijasida paydo bo`lish, uchinchi nazariya liderlikning sintetik nazariyasidir. Bu nazariya liderni guruhiy munosabatlarning bevosita maxsuli deb qaraydi, liderning ruebga chiqishida guruhning birlamchi rolini ilgari so`radi. Bizning olimlarimiz rus psixologi A. N. Leontevning faoliyat konsepsiyasiga tayangan holda, liderlikni faoliyat maxsuli, guruhning ushbu faoliyatga munosati va guruhga kabo`l qilingan normalar va ijtimoiy kutishlarga kim ko`prok javob berishiga qarab liderni aniqlash mumkin deb hisoblashmoqda. Ijtimoiy kutishlar nazariyasi hozirda ko`pchilik tomonidan ma`qo`l yendoshishlardan biri deb kabo`l qilinmoqda. Download 117.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling