Liderlik uslublari


PSIXOLOGIYADA BOSHQARISH MUAMMOSI


Download 117.5 Kb.
bet4/8
Sana06.04.2023
Hajmi117.5 Kb.
#1277336
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
LIDERLIK USLUBLARI

PSIXOLOGIYADA BOSHQARISH MUAMMOSI


Oxirgi yillarda inson omiliga e`tiborining ortib borishi munosabati bilan boshqarish psixologiyasi masalalariga ham qiziqish kuchaydi. Shu asosda psixologiyaning maxsus bo`limi boshqarish psixologiyasi paydo bo`ldi. Boshqarish psixologiyasi psixologiyaning shunday tarmogiki, u boshqaruv faoliyati bilan bog`liq bo`lgan muammolarni, shaxs va shaxslar guruhi tomonidan boshqa guruhlar faoliyatini samarali tashqil etish va birgalikdagi faoliyatini amalga oshirishning psixologik mexanizmlarini o`rganadi.
Boshqarish muammolari ham bir qancha fanlar tomonidan o`rganiladi, jumladan, falsafa, tarix, iqtisod, huquqshunoslik va psixologiya uning o`ziga xos tomonlarini ochish bilan shug`ullanadi. Psixologiya boshqarishning ham ob`ekti, ham sub`ektini o`rganadi. Psixologik tadqiqotlarda o`rganiladigan olimlar jamoasi, alohida shaxs, ularning psixologik holatlari, ulardagi ayrim jarayonlar va vazifalari boshqaruv ob`ekti deb aytiladi. Boshqaruvning sub`ekti o`rganilganda esa odatda boshqaruvchi shaxs yoki odamlar guruhi nazarda tutiladi.
Psixologiya ko`prok boshqaruvchi shaxs faoliyatining psixologik asoslarini o`rganadi va shu asosda buysunuvchilar ishlarini samarali tashqil etish, aniq va to`g`ri karorlar chiqarish uchun qanday psixologik holat va jarayonlarni o`zida tarbiyalash lozimligi kabi qator muammolarni yechadi. Masalan, konkret hayotiy sharoitlarda agar boshlik majlis olib borayotgan bo`lsa, har bir so`zga chikuvchilarning fikrlari, ma`ruzalari va xoka`zolar orqali ularning psixologik holatlari aniqlanadi, yangi ish dasturlari ishlab chiqariladi, kabo`l qilingan karorlarga ko`ra boshlikning va buysunuvchilarning har biriga alohida ilmiy ko`rsatmalar va maslaxatlar beriladi.
Boshqaruv psixologiyasi boshlik faoliyatini analiz qilganda asosiy diqqatni boshqarish uning extieji yoki qobiliyatlariga mos yoki mos emasligi, kaysi individual xususiyatlariga ko`ra u boshlik darajasiga ko`tarildi, ishni muvaffakiyatli amalga oshirish uchun u boshqaruvning kay usullaridan foydalanyapti, xodimlarga psixologik ta`sir ko`rsatish maqsadida u ta`sir uslublarini qo`llayapti kabi qator masalalarga qaratadi. Boshlik bo`lish ishiga turli shaxslarning munosabatlari har xil:kimdir unga berilajak huquqlarni afzal ko`radi, kimgadir yo`qsak mas`uliyatlarni bo`yinga olish ma`qo`l keladi. Shaxslarning boshlik funksiyalari haqidagi tasavvurlari qanchalik xilma xil bo`lmasin, boshlikdan real sharoitlarda odamlar guruhini aniq maqsad asosida faoliyatga Yo`llash, ularga bosh bo`lish, turli tadbirlarni amalga oshirish, obruga ega bo`lish, har bir qilingan ish uchun javobgarlikni o`z buyniga olish kabi ko`plab sifatlarning mujassam bo`lishi talab qilinadi.
Ayniqsa, boshlik uchun turli guruhlardagi, ko`p holda bir boshlik uchun bir vaqtning o`zida bir qancha guruhlardagi shaxslararo munosabatlarning harakteriga javobgar bo`lish qiyinchiliklar tugdiradi, chunki usha guruhlarni tashqil yotgan har bir shaxsning o`ziga xos individualligi, boshqaruvchi haqidagi ular tasavvo`rining har xilligi va guruhlarda norasmiy liderlarning borligi boshlikdan odamlar bilan ishlash borasida ham tajribaning, ham psixologik faxm-farosatning va sabr-kanoatning bo`lishini talab qiladi. Shuning uchun ham kundalik xayotimizda, ham ilmiy adabiyotlarda tez-tez yonma-yon ishlatiladigan "lider" va "boshlik" tushunchalarining psixologik mazmunlarini analiz qilib chiqish maqsadga muvofiqdir.

Download 117.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling