Liderlik uslublari
KICHIK GURUHLARDAGI DINAMIK JARAYONLAR
Download 117.5 Kb.
|
LIDERLIK USLUBLARI
KICHIK GURUHLARDAGI DINAMIK JARAYONLARMa`lumki, guruhda to`plangan kishilar o`rtasida doimiy muloqot va munosabatlar mavjud bo`ladiki, ularning mazmuni va yo`nalishiga ko`ra, o`ziga xos sotsial-psixologik muxit shakllanadi. Bu muxit guruhning taraqqiyotini ham, undagi turli jarayonlarni ham belgilaydi. Guruhning dinamik jarayonlari deganda avvalo uning shakllanish jarayoni, liderlik va guruhga turli karorlarni kabo`l qilish jarayoni, guruhning har bir shaxsga ta`siri kabilar tushuniladi. Guruhning shakllanishi uning paydo bo`lishi haqida gapiradigan bo`lsak, avvalo shuni ta`kidlash lozimki, guruh jamiyat extiejlari va ijtimoiy talablar asosida paydo bo`ladi. Masalan, sinf jamoasi doimo bolalarning tugilishi, rivojlanishi va ularning maktablarda ta`lim olishlari kerakligi uchun, talabalar guruhi ham shunga o`xshash oliy ma`lumotlar olishlari kerak bo`lganligi uchun paydo bo`ladi va xoka`zo. Lekin bu masalaning ijtimoiy tomoni. Uning sof psixologik tomoni ham borki, u odamlarning nima uchun jamoalarda ishlashi, odamlar ichida bo`lishi bilan bog`liq. Chunki har bir normal insonda muloqotga bo`lgan extiej hamda turli hayotiy vaziyatlarda o`zini ijtimoiy ximoyada sezish extieji borki, bu narsa turli kichik jamoalarda ularning bo`lishini takozo qiladi. Lekin guruhda a`zo bo`lish bilan birgalikda har bir individ qator guruhiy jarayonlarning guvoxi bo`ladi. Birinchidan, guruh o`z a`zolariga ma`lum tarzda psixologik ta`sir kursatadi. Bu xodisa psixologiyada konformizm deb ataladi (O`zbek tilida "moslashish" ma`nosini bildiradi). Bu xodisaning moxiyati shundan iboratki, u individning guruhda kabo`l qilinadigan normalar, fikrlar, xulq-atvor standartlarini qanchalik kabo`l qilish yoki kabo`l qilmasligi bilan bog`liq. Guruh fikrini qanchalik tez kabo`l qilish uning ta`siriga berilish individ bilan guruhning ziddiyatlarini oldini olish mumkin. Shuning uchun ham individ ana shunday xatti-harakat qilishga intiladi. Lekin ana shunday guruh fikriga, harakatiga qo`shilish turli shakllarda bo`lishi mumkin: tashki konformillik - individ guruh fikriga nomigagina qo`shiladi, aslida ruxan u guruhga karshi turadi; ichki konformillilik - individ guruh fikriga tulaligicha qo`shiladi va ruxan kabo`l qiladi. Ana shunday hollarda individ bilan boshqalar o`rtasida ziddiyat yoki konfliktlar paydo bo`lmaydi. Bu o`rinda yana bir tushuncha ham bor, u ham bo`lsa "negativizm" tushunchasidir, bu individning har qanday sharoitda ham guruh fikriga karshi turishi va o`zicha mustaqil fikr, mavqeini namoyon qilishidir. Bu tabiiy individ uchun noqo`lay lekin, mustaqil fikr, odil harakatlar doimo hurmat qilinadigan jamoalarda negotivizm xodisasi yemon illat sifatida kabo`l qilinmaydi. Guruhlardagi yana bir jarayon - bu guruhning uyushkokligi muammosidir. Guruh a`zolarining bir birlarini Yaxshi bilishlari, bir birlarining dunyo qarashlari, hayotiy prinsiplari, kadriyatlarini Yaxshi tasavvur qilishlari bunday uyushkokligining birinchi omilidir. Ikkinchi va asosiy omil-bu usha guruhni birlashtirib turgan faoliyat maqsadlarini, uning yo`nalishi va mazmunini bilishdagi goyaviy birlikdir. Umuman, eksperimental tadqiqotlarda qayd etilgan guruhga oid fikrlardagi umumiy uyushkoklikga ijobiy zamin hisoblanadi. Guruhlardagi liderlik va umumiy karorlarga kelish ham dinamik jarayonlarga kiradi, lekin bu masalalarni boshqarish psixologiyasi masalalari doirasida keyingi boblarda o`rganamiz Download 117.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling