Ligi farg‘ona davlat universiteti tarix fakulteti


Download 106.29 Kb.
bet1/5
Sana24.12.2022
Hajmi106.29 Kb.
#1058418
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Idoraviy arxiv. Komiljonov Muhammadkarim


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI


JAHON TARIXI KAFEDRASI

5120300 – Tarix (Jahon mamlakatlari boyicha) ta’lim yo‘nalishi
20.86-guruh talabasi Komiljonov Muhammadkarimning
ARXIVSHUNOSLIK
FANIDAN
« Ozbеkistоn Rеspublikаsi idoraviy arxivlari)»
mavzusidagi
MUSTAQIL ISHI
Ilmiy rahbar: R.Qodirova

Fаrg‘оnа shahri – 2022 – 2023 o‘quv yili



REJA:

  1. Kirish

  2. Asosiy qism

1. O’zbekistonda arxiv ishi va idoraviy arxivlar faoliyati (1961-1980 yillar)
2. O’zbekistonda arxiv ishi va idoraviy arxivlar faoliyati (1981-1990 yillar)
3. Mustaqil O’zbekistonda arxiv ishi va idoraviy arxivlar faoliyati.
III. Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH
O'zbek xalqining mustaqillikka erishishi, bozor munosabatlariga o'tishi jamiyatimizning barcha sohalarida, jumladan madaniy merosni tiklash, tarix, arxivshunoslik fanlarini rivojlantirish sohalarida ham tub o'zgarishlar sodir bolishiga olib keldi. Bozor munosabatlariga o'tish, mulkni davlat tasarufidan chiqarish va xususiylashtirish tufayli qator davlat sanoat korxonalari, transport va qurilish, maishiy xizmat va savdo korxonalari xususiylashtirildi. mulkdorlar sinfi shakllantirila boshlandi. Nodavlat sanoat. qurilish korxonalari, fermer xo'jaliklari, kasaba uyushmalari, xayriya va boshqa jamg'armalari. Siyosiy partiyalar va harakatlar. diniy tashkilotlar arxiv fondlari va arxiv hujjatlari nodavlat arxiv fondini tashkil qildi. O'zR Milliy idoraviy arxivlar fondi hujjatlarini davlat ro’yxatidan o‘tkazish va hujjatlar egasiga, tashkilotga maxsus guvohnoma berish joriy etildi. Davlat arxivlarining pulli xizmat ko'rsatishi kengaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkilotlaming shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlari saqlanishini ta'minlash maqsadida respublika shaharlari va tumanlari hokimliklari tomonidan shaxsiy tarkib bo‘yicha idoralararo arxivlar soni kengaytirildi. Bu arxivlar maxsus (byudjetdan tashqari) mablag‘lar hisobiga tashkil qilinadi. Ular fuqarolarni ijtimoiy - huquqiy so'rovlarini bajarishda. shahar va tumanlarda arxiv ishining umumiy axvolini yaxshilashda muhim rol o'ynay boshladilar. Mustaqillik sharoitida «O'zarxiv» agentligi tomonidan arxiv ishining asosiy yo'nalishlarini takomillashtirish va rivojlantirishning kompleks dasturlari ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Bu dasturlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tuzilgan va besh yilga moijallangan: hujjatlarni idoraviy saqlovini ta'minlash, ularning davlat hisobi va ilmiy-ma'lumot apparatini takomillashtirish, arxiv hujjatlaridan foydalanishni jadallashtirish. 1996 yilda «O'zarxiv» agentligi O'zbekiston Respublikasida arxiv ishini 2000 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqdi. Bu konsepsiya davlat arxiv xizmati va idoraviy arxivlar faoliyatining metodologik harakat dasturi edi. U jamiyatni va davlatni axborot bilan ta’minlashdagi imkoniyatlarini kengaytirish. jamiyatning hujjatli yodgorliklarini saqlashdagi rolini ortirishga qaratilgan edi.

Download 106.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling