Likasi oli


Download 1.32 Mb.
bet29/35
Sana06.05.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1435428
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35
Bog'liq
JAHON TARIXI MAJMUA (1)

1-Afina dengiz ittifoqi – Miloddan avvalgi 478 yilda Afina eronliklar ustidan uzil- kesil g`alaba qilish uchun eronliklarga qarshi kurashda ishtirok etgan barcha polislar, Kichik Osiyodagi yunon shaharlari va Egey dengizi orollari bilan harbiy ittifoq tuzgan. Bu Delos yoki 1-

Afina dengiz ittifoqi deb nom olgan. Bu ittifoqda Afina rahbarlik qilgan. Uning Delos ittifoqi deb atalishining sababi shunda ediki, ittifoq xazinasi yunonlar muqaddas deb bilgan Delos orolida saqlangan. Ittifoqchilar qo`shinni harbiy kemalar, askarlar va pul mablag`i bilan ta'minlab turishlari kerak edi.

    1. Peloponnes urushlari – Yunoniston shahar-davlatlari o`rtasida miloddan avvalgi 431- 404 yillarda bo`lib, o`tgan urushlarni Peloponnes urushlari deyilib, uni Fukidid "Tarix"idan, Ksenofontning "Gresiya tarixi", Diodorning "Tarixiy kutubxona asarlari", Plutarx va Aristofan ma'lumotlari orqali bilib olamiz. Yunonistonda 1-Afina dengiz ittifoqi bilan bir qatorda Peloponnes ittifoqi bilan bir qatorda ham bor edi. U miloddan avvalgi VI asrning ikkinchi yarmida tuzilgan bo`lib, unga Megara, Korinf, Agros, Tirinf kabi shahar-davlatlar a'zo edilar. Bu ittifoqqa Sparta boshchilik qilgan. Urushda Afina dengiz ittifoqi mag’lubiyatga uchragan.

    2. Gippokrat – U Kichik Osiyoning janubi-g`arbiy sohiliga yaqin kelgan. Olim Misr, Kichik Osiyo, Liviya va qadimgi skiflar mamlakatiga safar qilgan. Gippokrat o`sha yerdagi odamlarning turmush tarzi va urf-odatlari bilan tanishgan. Gippokrat tibbiyot bilimi asoslarini otasi Geraklitdan o`rgangan. U mashhur tabib bo`lib, tibbiyotning barcha masalalari bilan shug`ullangan. Gippokrat mashhur tabib bo`lishi bilan birga zamonasining ulug` faylasufi - donishmand ham bo`lgan. U odamlarga mehribon, kamtar odam edi. U o`z shogirdlari bilan birga "Gippokrat to`plami" nomli tibbiy asar yozib qoldirgan. U 72 ta kitob va maqolalardan iboratdir. Gippokrat miloddan avvalgi 375 yili 85 yoshida vafot etgan.

    3. Suqrot – Atoqli yunon faylasuf donishmandlaridan biri. U miloddan avvalgi 441 yili Afinada tug`ilgan. U o`z umri davomida birorta ham kitob yozmagan. Suqrot maktablarda dars bermagan, ma'ruzalar o`qimagan, balki odam gavjum bo`lgan joylarda o`z shogirdlarini haqiqatni bilishga undagan. Suqrot haqiqatni bilish mumkin emas deb o`ylovchilarga qarama- qarshi, uni bahs-munozara orqali bilinadi deb hisoblardi. O`z qarashlarida odamlarni tenglashtirishga qarshi chiqib, ularni haqiqatni bilganlar va bilmaganlarga ajratadi. Uning bu fikrlari Afina quldorlik demokratiya tuzumining dushmani sifatida ayblanib, miloddan avvalgi

399 yilda sudga berilgan. Sud uni o`lim jazosiga hukm qilgan. Sud hukmiga muvofiq, u giyohdan tayyorlangan bir piyola zaharni ichib o`lgan.

    1. Aristotel – Yunonistonning ulug` olimlaridan biri. U Makedoniya podsholari saroyida yashagan tabibning o`g`li bo`lib, miloddan avvalgi 384 yilda tug`ilib, 322 yilda vafot etgan. Sharq dunyosida uni "birinchi muallim" deb baholaganlar, chunki u g`oyat keng bilimga ega bo`lgan ilmiy bilimlarni alohida sohalarga bo`lib chiqqan va mustaqil fanlarga birlashtirgan. U fanlarni turkumlarga bo`lib, ularning har birini botanika, fizika, siyosat va tarix kabi nomlar bilan atagan. Aristotel o`z zamonasidagi olimlar bilan birga Yer shar shaklida bo`lib, u butun koinotning markazidir, Quyosh va yulduzlar Yer atrofida aylanadi deb hisoblagan. U Makedoniya podshosi Iskandarning ustozi ham edi. Aristotel o`z davri va keyingi davrlarning ham eng mashhur olimlaridan biri bo`lib qolgan.


    2. Download 1.32 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling