Likasi oli
Download 1.32 Mb.
|
JAHON TARIXI MAJMUA (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Katalaun jangi
- Lukresiy Kar
- Pompey shahari
Xristianlik – Iso haqidagi rivoyatlarga ishongan va bu ta'limotni qabul qilgan kishilar o`zlarini xristianlar deb atashgan. Ular o`z dinlari va e'tiqodlarini xristianlik deb ataganlar. Xristian tarqibotchilari bu ta'limotni O`rta yer dengizining sharqidagi mamlakatlar bo`ylab targ`ib qilganlar. Keyinchalik xristian dini Rim saltanati bo`ylab keng tarqala boshlagan. Xristianlar orasida yahudiylar, arablar, yunonlar, misrliklar, Kichik Osiyoliklar, gallar va boshqa xalqlarning vakillari bo`lgan. Xristianlar jamoalarga birlashib ibodat qilganlar, yevangeliyelarni o`qiganlar. Ularning o`z bayramlari bo`lib, o`z vaqtida nishonlangan. Masalan, Isoning tug`ilgan kuni 25 dekabrda nishonlangan. Xristianlar xudo dunyoni 6 kunda yaratgan, degan rivoyatni qabul qilganlar. Ular bir xudolikni tan olib targ`ib qilganlar. Ular imperatorlariga sajda qilishdan bosh tortganlar. Shu boisdan Rim imperatorlari va ma'murlari ularning yig`ilishlarini taqiqlaganlar. Imperatorlardan Konstantinning o`zi xristianlikka kirib, uni hukmron dinga aylantirishga harakat qilgan. U 313-yilda xristianlarning oshkora to`planishiga ijozat bergan.
Katalaun jangi – V asr o`rtalarida Attila boshliq xunnlar boshqa qabilalar bilan birgalikda Yevropaga bostirib irganlar. Sharqiy saltanat hokimi Attilaga ko`p miqdorda oltin berib, xunnlar hujumidan saqlanib qolgan. Shundan keyin xunnlar Galliy tuprog`igacha bostirib kirganlar. Galliyadagi qabilalar rimliklar bilan birlashib, ittifoq tuzib Attila qo`shinlariga qarshi otlanganlar. 451 yili Katalaun degan joyda ittifoqchilar bilan xunllar o`rtasida shiddatli, vahshiyona va qattiq jang bo`lgan. Xunnlar jang maydonini tashlab o`z qarorgohlariga chekinishga majbur bo`lganlar. Galliya qabilalarining ittifoqi tarqalib ketgach, Attila qo`shinlari 452 yili Italiyaga bostirib kirib, uning shimoliy shaharlarini talab, Dunay daryosining orqasiga qaytib ketganlar. 458 yilda Attila o`lgach, unga tobe qabilalar qo`zg`olon ko`targanlar. Shu tariqa xunnlar ittifoqi ham bahram topgan. Xunnlar mahalliy aholiga qo`shilib singib ketganlar. Lukresiy Kar – faylasuf. Lukresiy Karning (miloddan avvalgi 98-54 yillar) asarlari diqqatga sazovordir. Uning ajoyib asarlaridan biri «Buyumlar xislati haqida»gi dostondir. Buyuk olim dunyo, odamlar va narsalarning paydo bo`lishini ilmiy nuqtai nazardan tushuntirishga harakat qilgan Kolizey – Milodning birinchi asrida rimlik ustalar gladiatorlarning janglari uchun Kolizey amfiteatri binosini qurganlar. Bu amfiteatr o`zining ulkanligi bilan kishini hayratga soladi. Amfiteatr arenalariga 11 ming yirtqich chiqarilgan, 10 ming gladiator bir-biri bilan jang qilgan va yirtqich hayvonlar bilan olishgan. I asrda Rimda 50 ming tomoshabin joylashadigan Kolizey amfiteatri qurilgan. Imperator Trayan tomonidan o`tkazilgan bayram tantanasi 123 kun davom etgan. Panteon – Gumbaz yoysimon inshoot bo`lib, to`nkarib qo`yilgan katta qozonni eslatadi. Rimdagi Panteon, ya'ni «Barcha xudolar ibodatxonasi» gumbazli binolar qurilishining ajoyib namunasidir. Bu ibodatxona binosi hozirgacha saqlanib qolgan. Ibodatxonaning yuqorisida doira shaklida katta deraza bo`lib, undan tushadigan yorug`dik Panteon ichkarisini ravshan ko`rsatib turadi. Pompey shahari – er. avv. VI asrda tashkil topgan. Afsonalarga ko’ra, unga Gerakl asos solgan. Unga turli vaqtlrda yunonlar, etrusklar va samnitlar hukmronlik qilgan. Er. avv. 310-yildan Rim tarkibiga kirgan. 79-yil 24-avgustda Vezuviy vulqoni otilishi natijasida kul ostida qolgan. 16 ming odam xalok bo’lgan. Shahar yaxshi saqlangan. Gladiatorlar arenasi, janglari mashur bo’lgan. Ochiq osmon ostidagi muzey. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling