Likasi oli
Download 1.32 Mb.
|
JAHON TARIXI MAJMUA (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yirik janglar.
YUNON- FORS URUSHLARIReja: 1.Yunon-fors urushlari xaqida manbalar. Urush sabablari.Urushning boshlanishi: Marafon jangi. Yirik janglar.Urush yakuni. Yunon-fors urushlariga oid asosiy manba bu – Geradotning “Tarix” asari hisoblanib, bu asar urush boshlngan davrdan boshlab, er. avv. 478-yilgacha bo’lgan davrini o’z ichiga oladi. “Tragediya otasi” Esxilning “Forslar” tragediyasida esa er. avv. 480-yilda bo’lib o’tgan Salamin jangi voqealari tasvirlangan. E’tiborli tomoni Esxil ham bu jangni tirik guvohi bo’lgan. Keyinroq, Diodor, Plutarx, Strabon, Aristotel, Lukian, Feopomp kabi yunon va rim tarixchilari ham bu urush xaqida qimmatli ma’lumotlarni o’z asarlarida keltirganlar. Er. avv. VI asr oxirlarida Doro I (er. avv. 522-486) boshchiligida Eron qudratli davlatga aylangan. Er. avv. VI asr oxiridayoq forslar Egey dengizi sohilidagi yunon viloyatlarini, orollarini va Kichik Osiyodagi ayrim yunon kaloniyalarini bosib olganlar. Doro I yunonlar ustidan hukmronlik qilish uchun er. avv. 513-yilda Frakiya orqali shimoliy Qora dengiz bo’ylariga yurish qilgan. Bu yurishda bir qancha talofatlarga uchragan bo’lsada, Doro I qo’shinlari Bolqon yarim orolini sharqiy hududlarini egallagan. Makedoniya tobe qilingan. Eronliklar Egey va Qora dengizni bog’lovchi bo’g’ozlarni egallganlar. Natijada, Misr va Qora dengiz o’rtasidagi aloqalar buzilgan. Misrdan g’alla kelmay qo’ygan. Eronliklar yunonlarning dengizdagi raqibi finikiyaliklarni qo’llab quvvatlaganlar. Yunon shahrlari Eronga qarshi birlasha olmagan. Er. avv. 500-yilda Kichik Osiyodagi Ioniyada forslarga qarshi qo’zg’olon ko’tarilgan. Qo’zg’olonchilarga Afina va ba’zi yunon shaharlari yordam bergan. Qo’zg’olon qiyinchilik bilan er. avv. 494-yilda bostirilgan. Doro I buni bahona qilib, er. avv. 492-yilda kuyovi Mardoniy boshchiligida quruqlikda va dengizda Yunonistonga yursih boshlaydi. Biroq, dengizda to’fonga uchrab ortga qaytishga majbur bo’lingan. Shundan so’ng Doro I yunon davlatlariga elchi jo’natib, ularga taslim bo’lishni, Eron hukmronligini tan olishni maslahat bergan. Ko’plab yunon davlatlari Eronga taslim bo’lgan. Afina va Sparta bunga qarshi chiqqan. Afinada Eron elchilarini qoyadan uloqlashtirishgan. Spartada esa suvni ham yerni ham shu yerdan olasan deb quduqqa tashlashgan. Er. avv. 490-yil sentyabr oyida Eronning Yunonistonga qarshi 2-bora yurushi boshlangan. Bu yurish asosan Eritriya va Afinaga qarshi qaratilgan. Eron flotiga tajribali sarkarda Datis va shohning jiyani Artaferi boshchilik qilgan. Dastlab Eritriya tor-mor etilgan. So’ngra, Afinaga yurush boshlangan. Eron qo’shinlari Attikaning shimoliy-sharqiy qirg’og’iga, Marafon qishlog’iga, Afinadan 42 km masofaga tushgan. Marafon jangi xaqida asosiy manba Geradotning “Tarix” asari bo’lib, asarning 6 kitobida ma’lumotlar berilgan. Fors qo’shinlari 600 ta kemada, 26 ming atrofida bo’lgan. Yunonlar 11 ming atrofida edi – 10 ming afinalik, 1000 ta plateyalik. 10 ta strateg va 1 ta arxont qo’shinni boshqargan. Plateyadan boshqa yunon davlatlari yordam bermagan. Jang er. avv. 490-yil 12-sentyabrda bo’lgan. Yunon qo’shinlari orqasida ularning oilalari va mol-mulki turgan. An’anaga ko’ra, strateglar navbatma-navbat qo’shinga qo’mondonlik qilgan. Strateglardan biri Miltiad rahbarligi kelgan paytda qo’shin xujumga o’tgan. Eron qo’shinlari markazida forslar va saklar, ikki yonida mustamlaka xalq vakillari turgan. Forslarning markazi ancha kuchli edi. Miltiad forslarni taktikasini bilib, ochiqchasiga jang qilishni ma’qul ko’rgan. Marafon maydoni tor bo’lib, yunon qo’shinlarini o’ng va so’l qanotlarni tog’ va qoyatoshlar mudofaa qilib turgan. Bu fors otliqlari xarakatini cheklagan. Miltiad yunon qo’shinlarining o’ng tamoniga Kallimax boshliq asakrlarnini, chap tomoniga plateyaliklarni joylashtirgan. Markazga esa Femistokl va Aristid boshchiligida qo’shin joylashtirilgan. Yunonlarda nisbatan markaz kuchsizroq edi. Geradotning yozishicha yunonlar bir-biridan masofani saqlagan xolda, forslar bilan orasidagi 1,5 km masofani yugurib bosib otgan. Miltiad – er. avv. 554-489-yillarda yashab o’tgan yunon siyosiy arbobi va sarkardasi. U er. avv. 523-493-yillarda Frakiyadagi (Kichik Osiyo) Xersones shahri hokimi bo’lgan. Er. avv. 513-yildan Eron shohi Doro I Frakiyani bosib olgach, unga bo’ysunishga majbur bo’lgan va forslarni bir qator yurishlarida ishtirok etgan, fors qo’shinlarini yaxshi bilgan. Ioniya qo’zg’olonidan so’ng Miltiad Afinaga qochgan va er. avv. 490-yilda strateg etib saylangan. Miltiad Marafon jangida sarkardalik mahoratini ko’rsatgan va yunonlar ga’labasini ta’minlagan. Miltiadning Afinda obro’si ko’tarilib ketgan. U 489-yilda Kiklada orollariga harbiy yurish qilgan. Uni rahbarligidagi Afina qoshinlari Paros orolini qamal qilganlar. Qamal omadsiz tugagan. Miltiad yarador xolatda Afinaga qaytgan va omadsizlikda ayblanib, 50 talant jarimaga tortilgan. Tez orada orttirgan yarasidan vafot etgan. Miltiad er. avv. 489-yilda o’lgan va vasiyatiga ko’ra, Marafon vodiysiga dafn etilgan. Jangda Afinaliklar g’alaba qozongan. Ularning yetti kemasi qo’lga olingan. Marafon jangida yunon sarkardasi – Kallimax, Esxilning akasi Kiniger va fors sarkardasi Datis xalok bo’lgan. Geradotning yozishicha, forslar – 6400 kishi, yunonlar – 192 kishi yo’qotgan. Fiddipid ismli chopar ga’laba xabarini 42 km 195 metrni chopib o’tib yetkazgan va vafot etgan. Natijada, Olimpiyada o’yinlariga Marafoncha yugurish ham kirgan. Eron qo’shinlari Attika yarim orolini aylanib o’tib, Afinaga xujum qilmoqchi bo’lgan. Biroq, Afinaliklar tez xarakat qilib, ularni yo’lini to’sgan, Sparta yordamga yetib kelgan. Eronliklar orqaga qaytishga majbur bo’lgan. Er. avv. 486-yilda Doro I vafot etgan Uning vorisi Kserks (er. avv. 486-465) Yunonlarga qarshi urushga tayyorgarlik ko’radi. Kichik Osiyodagi Beotiya va Fessaliya Eronni tan oladi. Argos betarafligini e’lon qiladi. Afinada esa ikki guruh – quruqlikda jang qilish tarafdorlari Aristid boshchiligida, dengizda jang qilish tarafdorlari Femistokl boshchiligida kurash olib boradi. Er. avv. 483-482-yillarda Aristid ostrakizm yordamida Afinadan quviladi. Afina dengizda jang qilishga tayyorgarlik ko’ra boshlayydi. Er. avv. 480-yilda Afinada kuchli flot shakllanadi. Flotda 180 triyer (“3”, “eshmoq” - tezyurar harbiy kema) bor edi. Ular soatiga 18 km.gacha suza olgan. Eronga qarshi er. avv. 481-yilda Afina va Sparta ittifoq tuzadi. Bu tarixga Korinf kelishuvi nomi bilan kiradi. Bu ittifoqqa ko’plab yunon davlatlari ham qo’shiladi. Er. avv. 480-yil baxorida Eron Yunonistonga 3-yurishini boshlagan. Bu yurishga Kserksni o’zi boshchilik qilgan. Makedoniya va Fessaliya Eronga bo’ysungan. Yunonlar Fessaliya bilan O’rta Yunoniston o’tasidagi Fermopil degan joyga joylashgan. Fermopil jangi xaqida - Geradotning “Tarix” asarining VII kitobida, Diodor, Plutarx, Yustin asarlarida ma’lumotlar berilgan. Yunon qo’shinlariga Sparta podshosi Leonid boshchilik qilgan. Unga 300 spartalik, 1000 periek va yunon shaharlaridan kelgan jami 7200 askar bo’ysingan. Bu vaqtda Spartada Kanei bayrami (Doriylarning asosiy bayrami, Appalon sharafiga yozgi quyosh tutulishidan so’ng o’tkazilgan. 9 kun davom etgan) bo’layotgan bo’lib, shuning uchun 300 spartalik jo’natilgan, qolgan qo’shin keyin borishi kerak edi. Fermopilda forslar soni 20 mingdan ortiq edi. Qo’shin ikki kun forslarga qarshi jang qilgan. Forslarni o’tkazmagan. Nihoyat, xoin orqa yo’ldan forslarni boshlab kelgan. Leonid boshqa askarlarni jo’natib, 300 spartalik bilan qolgan va qahramonlarcha xalok bo’lishgan. Fermopil jangida 20 000 atrofida fors xalok bo’lgan. Yunonlar 2-4 ming atrofida talofat ko’rgan. Ma’lumotlarga qaraganda, Kserks LEONIDni kallasini olgan va boshini qoziqqa o’tkazgan. Tanasini o’zining shahsiy kemasi bortiga jo’natgan. Leonid va 300 spartalik sharafiga qadimda, o’rta asrlardayoq ko’plab suratlar chizilgan, asarlar yozilgan. 1962, 2006-yillarda 300 spartalik xaqida kinofil’mlar olingan. 2011-yilda jang bo’lgan joyda ularga atab monument o’rnatilgan. Eron qo’shinlari Afinani ishg’ol qilib, qattiq talagan. Yunon ittofoqchilari qo’shinlari Salamin bo’gozi yonida to’plangan. Salamin jangi xaqida – Geredotning “Tarix” asarini VIII kitobida, Esxilning “Forslar” tragediyaisda ma’lumotlar mavjud. Salamin jangi – er. avv. 480-yil 28-sentyabrda bo’lib o’tgan. Jangda forslarning 500-800 (1200) tagacha sekin yuradigan qo’pol, katta kemalari ishtirok etgan. Geradotning yozishicha yunonlarni 380 ta, Esxilning yozishicha 311 ta tezyurar kemalari bo’lgan. Yunon flotiga afinalik Femistokl va spartalik Yevripid boshchilik qilgan. Tor, sayoz bog’ozda qo’pol fors kemalari tiqilib qolgan. Ixcham, tez yurar kemalar - triyerlarga ega yunonlar g’alaba qozongan. Biroq, er. avv. 479-yilda Mardoniy boshchiligidagi fors qo’shini Afinani ishg’ol qilgan. Biroq chekinishga majbur bo’lgan. Er. avv. 479-yilda Beotiyadagi Plateya degan joyda Sparta, Korinf, Afina va boshqa yunon davlatlarining birlashgan qo’shinlari va forslarning Mardoniy boshchiligidagi qo’shini yordamida jang bo’lgan. Yunon qo’shiniga Sparta podshosi Pavsaniy va Afinalik strateg Aristid boshchilik qilgan. Plateya jangi – er. avv. 479-yil 9-sentyabrda bo’lib o’tgan. Geradotning yozishicha, forslarning 300-350 ming, yunonlarning 110 ming qo’shini bo’lgan. Geradotning yozishicha, forslarning 300-350 ming qo’shinidan 43 ming kishi omon qolgan, yunonlardan 159 kishi xalok bo’lgan. Plutarxning yozishicha esa – 1360 ta, Efor va Diodorning yozishicha esa – 10 ming yunon xalok bo’lgan. Eronliklar yengilgan va Mardoniy xalok bo’lgan. Keyinchalik ilotlar qo’zg’olonlari natijasida Sparta urushdan chiqqan. Afina yunon ittifoqchilariga boshchilik qilgan. Er. avv. 478-yilda Eronga qarshi yunon davlatlari ittifoq tuzgan va u DELOS (Delos – muqaddas orol, xazina shuyerda turgan) yoki 1-AFINA DENGIZ ITTIFOQI deb atalgan. Plateya jangi (er. avv. 479-y) dan so’ng, er. avv. 478-yilda Afina flotiga qo’monlik qilgan Aristid bir necha marta forslarga zarba bergan. Miltiadning o’gli Kimon boshchiligidagi Afina floti er. avv. 469/466-yilda bo’lib o’tgan Evrimedonte jangi (Kichik Osiyodagi daryo nomidan, xoz. Turkiya) da fors flotini mag’lubiyatga uchratgan. Plutarxning ma’lumotlariga qaraganda, Evrimedonte jangida yunonlarning 250 ta, Diodorning ma’lumotlariga qaraganda, 350 ta kemasi ishtirok etgan. Forslarning Tifravst va Ferendat boshchiligida 200-350 atrofida kemasi bo’lgan. Fors floti tor-mor etilgan. Er. avv. 459-yilda Misrda Eronga qarshi qo’zg’olon ko’tarilgan. Afina Misrdagi qo’zg’onchilarni qo’llay boshladi va er. avv. 459-yildan boshlab bir necha marta Misrga ekspedesiya jo’natdi. Biroq ularning aksariyati samarasiz tugadi. Xususan, er. avv. 454-yilda Misrga yordamga jo’natilgan Afina floti mag’lub bo’lgan. Quruqlikda jo’natilgan qo’shin ham tor-mor etilgan. Natijada, er. avv. 455-yilda strateg bo’lgan Perikl tashabbusi bilan ostrakonizm natijasida Afindan quvilgan Kimon muddat tugamasdan orqaga qaytarilgan. Er. avv. 450-yilda Kimon boshchilida 200 ta kemadan iborat flot Kiprga jo’natilgan. Ulardan 60 ta kema Misrdagi qo’zg’olonchilarga yordamga jo’natilgan. Afina qo’shini Salamin shahri (Yunonistondan Kiprga Salamin orolidan kelgan odam asos solgan va shunday atagan) yaqinida 2 ta jangda, biri quruqlikda, ikkinchisi dengizda forslar ustidan g’alaba qozongan. Eron mag’lub bo’lgan. Er. avv. 449-yilda Eronning Suza shahrida sulx tuzilgan. Sulh Eron shohi Artakserks I va Afina vakili Kalliy o’rtasida imzolangan va Afina vakili nomi bilan Kalliy sulhi deb atalgan. Unga ko’ra – Eron Kichik Osiyodagi yunon shaharlari (Gellespont, Bosfor) mustaqilligini tan olgan. Egey dengizida Eron kemalari suzishi taqiqlangan. Afina boshchiligidagi yunon shaharlari Misrga bo’lgan da’vosidan voz kechgan. Urush yakunida Afina yirik dengiz davlatiga aylangan. Kichik Osiyodagi yunon shaharlari endi Afinaga qaram bo’lib qolgan. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling