Likasi oli


MILODDAN AVVALGI VIII-II ASRLARDA QADIMGI YUNONISTON MADANIYATI


Download 1.32 Mb.
bet7/35
Sana06.05.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1435428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
Bog'liq
JAHON TARIXI MAJMUA (1)

MILODDAN AVVALGI VIII-II ASRLARDA QADIMGI YUNONISTON MADANIYATI


Reja:
  1. Yunonistonda ilmiy bilimlarning rivojlanishi. Yunon falsafasi.


  2. Qadimgi yunonlar adabiyoti. Yunoniston tarixini o'rganishda dostonlar va afsonalarning ahamiyati. Yunon teatri.
  3. Qadimgi Yunonistonda tabiiy fanlarning vujudga kelishi.


  4. Qadimgi Yunoniston me`morchiligi va tasviriy san`ati.
  5. Qadimgi Yunoniston dini.


  1. Qadimgi yunonlar begona davlatlardagi juda katta hududga joylashib olgan bo'lib, o'zlarini yagona xalq deb hisoblaganlar. Ular ellinlar, o'z vatanlari bo'lmish Gresiyani esa Ellada deb atashardi.

Ellinlarni umumiy til, urf-odatlar, qadimgi rivoyatlar, din, yagona yozuv birlashtirib turgan. Qadimgi yunonlar eramizdan avvalgi II ming yillikning oxirlarida unutib yuborilgan qadimiy yozuviga qaytmaganlar.
Qadimgi elladaliklar eramizdan avvalgi IX – VIII asrlarda finiqiyaliklarning yozuvi bilan tanishganlar va uning asosida 24 harfdan iborat o'z alifbosini yaratganlar. Bu yangi alifboda finiqiyaliklarniqidan farqli o'laroq, faqat undosh tovushlarni ifodalovchi belgilar emas, balki unli tovushlar ham bo'lgan. Bu bilan yozuvning rivojiga katta hissa qo'shganlar.
Ioniyalik olimlar tabiat hodisalari haqidagi o'z ko'zatishlarini bayon qilibgina qolmay, balki ularni kengroq bayon qilishga, sababini topishga haraqat qilganlar. Ayrim yunon olimlari tabiatni boshlanish manbai suv deb, ayrimlari havo deb, uchinchi birlari esa olov deb hisoblaganlar. Shu davrning ko'pgina olimlari tabiatdagi hodisa va qonunlarini diniy yo'l bilan tasvirlab berganlar. Turli hodisalarni xudolarning va ma'budlarning ishi deb bilganlar.
Ioniyalik olimlarning ishini Afinada yashagan ulug' mutafakkir Demokrit davom ettirdi.
Demokrit tabiatni chuqur o'rgandi. ko'plab halqlarning ilmiy bilishlari bilan tanishdi. U butun olam mayda zarrachalar – atomlardan tashkil topgan, degan dohiyona fikrni ilgari surdi.

Demokrit odamda hech qanday ruh yo'q, tabiatning dahshatli hodisalari qarshisida odamlarning ojizligi va qo'rqish natijasida xudolarga ishonish vujudga kelgan deb isbotladi. Xudolarga va odam ruhining abadiy yashashga ishonchini chippakka chiqargan Demokrit ta'limoti din homiylari va ruhoniylarini qattiq g'azablantirgan. Ular Demokrit qarashlarini rad qilolmaganlar, biroq uning asarlarini yo'q qilishga, do'stlaridan ayrimlarini qatl etishga, yana birlarini darra bilan urib turmalarga qamashga, uchinchilarini esa fuqarolik huquqlaridan mahrum qilishga da'vat etganlar.
Demokritning zamondoshi shifokor Gippokrat uning g'oyalarini davom ettirdi.
Gippokratning ta'limotiga ko'ra, vrach kasalni odamdan quvish kerak emas, balki kasalni yengishda odam organizmiga yordam berishi lozim, – deb hisoblagan.
Gippokrat ta'limotidagi to'g'ri ovqatlanish, dori-darmon va operasiyalar haqidagi asarlari zamonaviy tibbiyot fanini rivojlantirishga qo'shilgan munosib hissa bo'lib xizmat qildi.
Eramizdan avvalgi IV asrda yashagan qadimgi yunon mutafakkiri Arastu g'oyat keng ko'lamda bilimlarga ega bo'lganligi bilan ajralib turadi. U o'z zamonasida to'plangan barcha ilmiy bilimlarni ayrim sohalarga bo'lib chiqdi va mustaqil fanlarga birlashtirdi. Bu bilan Arastu nafaqat yunonlar fanini rivojiga, balki jahon fanini rivojlanishiga katta hissa qo'shdi. Shu bilan birgalikda Arastu bir qator fanlarga nomlar berdi: yunoncha “o'simlik” so'zidan olingan botaniqa, “tabiat” so'zidan olingan fiziqa, “davlat” so'zidan olingan siyosat shular jumlasidandir.
Eramizdan avvalgi IV asrning boshqa ilgor olimlari qatori Arastu ham, Yer –shar shaklida deb ta'kidlab, u butun olamning markazidir, Quyosh va yulduzlar esa Yerning atrofida aylanadi deb hisoblardi.
“Gresiya – Eron urushlari tarixi” nomli asar yozgan Gerodot ham qadimgi yunon mutafakkiri edi. Gerodot miloddan avvalgi 490 – 480-yillar orasida tug'ilgan. Ellinlarning qudratli Eron shohlari ustidan erishgan g'alabalari to'g'risidagi xotirani kelajak avlodlar uchun saqlab qolishga haraqat qilgan. Gerodot o'z oldiga faqat harbiy harakatlar haqida hiqoya qilibgina qolmay, balki urushda qatnashgan halqlarning tarixini yoritishni ham maqsad qilib qo'ygan edi. U o'z kitobi uchun ma'lumotlar to'plar ekan, tabiiy holda ko'pgina mamlakatlarni sayohat qilgan. Gerodot o'z ko'zi bilan ko'rgan voqea-hodisalarini, o'sha mamlakatlarning odamlardan eshitganlarini, yaqin va o'zoq o'tmishda bo'lgan voqealarni yozib bordi.
Gerodot miloddan avvalgi 455 – 477-yillarda Misr, Bobil, Suriya, Kichik Osiyo va Qora dengiz sohillaridagi mamlakatlarga sayohat qilgan. Uning “Tarix” kitobida Yunoniston, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Bobil, Eron, Turon va boshqa xalqlar haqida ko'plab ma'lumotlar bor. Gerodotning “Tarix” asari Gresiyaning qadimgi tarixi hamda Old Osiyo, Misr va hamdo'stligimiz janubida yashagan halqlar to'g'risida ma'lumot beruvchi eng muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Bu xizmatlari uchun Gerodotga o'sha davrlardan “Tarix otasi” deb nom berganlar.
Yana bir atoqli yunon faylasuf donishmanlardan biri Suqrot bo'lib, u miloddan avvalgi 441-yili Afinada tug'ilgan. Lekin u o'z umri davomida birorta ham kitob yozmagan. Suqrot maktablarda dars ham bermagan, hech qayerda ma'ro'zalar o'qimagan. Balki odamlar ko'p gavjum bo'lgan joylarda o'z shogirdlarni haqiqatni bilishga undagan. Suqrot haqiqatni bilish mumkin emas, deb o'ylovchilarga qarama-qarshi, uni bahs-munozara orqali bilish mumkin, deb hisoblardi. O'z qarashlarida odamlarni tenglashtirishga qarshi chiqib, ularni haqiqatni bilganlar va bilmaganlarga ajratadi. Uning bu fikrlari Afina kuldorlik demokratiyasi namoyondalariga ёqmagan. Shuning uchun u demokratiya to'zumining dushmaniga aylanib sudga berilgan. U miloddan avvalgi 399 yilda zahar ichib o'lgan.
Qadimgi Yunonistonda yaratilgan ilmiy bilimlar asosida qadimgi yunon adabiyoti muhim o'rin tutadi. Qadimgi Yunon olimlari Misr, Bobil va Kichik Osiyo xalqla-rining bilimlaridan ko`p bahramand bo`lganlar.
Qadimgi Sharq fani yunon dunyosi ilm-fanining rivojiga barakali ta`sir ko`rsatdi.
Miloddan avvalgi VII – I asrlarda Yunoniston Gomer, Gesiod, Gerodod, Demokrit, Protagor, Gippokrat, Suqrot, Aflotun va Arastu (Aristotel) kabi ulug` siymolarni yetkazib berdi.
Yunon dunyosining ulug` donishmandlaridan biri, Kichik Osiyo sohiliga yaqin joydagi Kosda tug`ulgan mashhur tabib Gippokratdir. U miloddan avvalgi 460–375-yillar orasida yashab rjod etgan. Uning eng sevgan mashg`uloti tabiblik bo`lib, tabobat ilmining asoslarini otasi Geraklitdan o`rgangan. U tabobatning hamma sohalari bilan shug`ullanib, 70 dan ortiq ilmiy asar yozgan. U hozirgacha saqlanib kelayotgan shifokorlar qasamyodining muallifidir. Gippokrat musulmon dunyosida Buqrot nomi bilan mashhur bo`lib, miloddan avvalgi 375-yili 85 yoshida vafot etgan. Vatandoshimiz Ibn Sino o`zining tibbiy ijodida Gippokrat asarlaridan foydalangan.
Atoqli yunon faylasuf-donishmandlaridan biri Suqrot bo`lib u milodimizning 471-yili Afinada dunyoga kelgan. Rivoyat qilinishicha, u kitob yozmagan, maktablarda dars bermagan. U odam gavjum bo`lgan joylarda o`z shogirdlarini haqiqatni bilishga undagan. Suqrot haqiqatni bilish mumkin emas deb o`ylovchilarga qarama-qarshi, uni bahs-munozara orqali bilish mumkin deb hisoblagan. U odamlarni tenglashtirishga qarshi chiqib, ularni haqiqatni bilganlar va bilmaganlarga ajratgan. U adolatga xilof bo`lgan davlatni boshqarishning hamma shakllarini ya`ni monarxiya, tiraniya, aristokratiya va domokratiyani tanqid qilgan. Uning bu fikrlari Afina quldorlik domokratiyasi namoyandalariga yoqmagan. U domokratiya tuzumining dushmani sifatida sudga berilgan. Sud uni o`lim jazosiga hukm qilgan. Sud hukmiga muvofiq u giyohdan tayyorlangan zahar ichib o`lgan.
Sharq dunyosida “muallimi avval” – “birinchi muallim” nomi bilan mashhur olimlardan biri Aristoteldir. Uni Arastu ham deyishadi. U miloddan avvalgi 384-yilda tug`ulib 322-yilda vafot etgan. U keng bilimli olim bo`lib, mashhur Iskandarning ustozi, juda ko`p asarlar yozgan. Uning “Siyosat”, “Metodika” kabi asarlari mashhur. U o`sha davrdagi ilmiy bilimlarni alohida sohalaiga bo`lib chiqqan va ularning har birini botanika, fizika, tarix, siyosat kabi nomlar bilan atagan. U Yer shar shaklida bo`lib, butun koinotning markazidir, Quyosh va yulduzlar Yer atrofida aylanadi, deb hisoblagan. Aristotel o`zi va hamma davrlarning buyuk allomasi bo`lib qolgan.
Antik falsafa falsafa tarixida muhim o’rin tutadi. U avvalo, falsafa tushunchasining fanga kirib kelishiga sababchi bo’ldi, hozirgi kungacha bo’lgan barcha falsafaga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatdi. Yuz yil davom etgan tayyorgarlik davridan so’ng yunon falsafasining mumtoz davri boshlandi. Uning gullab yashnashi mil. av. VII – VI asrlarga to’g’ri keldi, ta’siri esa ming yil mobaynida sezilib turdi. Vizantiya va islom mamlakatlarida yunon falsafasining hukmron ta’siri keyingi ming yillikda saqlanib qoldi; keyinchalik, Renessans va gumanizm davrlarida, Yevropada yunon falsafasining uyg’onishi yuz berdi, bu esa Renessans davri platonizmi va aristotelizmidan boshlab Yevropa falsafiy tafakkurining butun taraqqiyotigacha bo’lgan davrdagi ijodiy yangilanishlarga olib keldi.
Yunon falsafasi mil. av. VI – V asrlarda butun Yunonistondagi yunon polislari falsafasining davomchisi bo’lgan mumtoz yunon ellinistik falsafasi (mil. av. IV asr) va ellinistik Rim falsafasiga, ya’ni mil. av. III asrdan – mil. VI asrgacha davom etgan Rim imperiyasiga tarqagan ellinistik falsafaga bo’linadi. Ellinistik falsafa Sokratgacha bo’lgan falsafa (mil. av. VI

  • V asrlar) va mumtoz (klassik) falsafaga (Sokrat, Platon, Aristotel’ – mil. av. IV asr) ajraladi. Sokratgacha falsafa, o’z navbatida, kosmologik (gilozoistik) falsafaga (mil. av. VI –V asrlar) va antropologik falsafaga (mil. av. V– IV asrlar) bo’linadi.

Yunon falsafasi ilkkosmologik – Sokratgacha falsafa davri, ruhoniylar bilan birga siyosiy yo’nalishdagi mutafakkirlar va yetti donishmand tomonidan tayyorlangan olimlar davri bilan boshlanadi. Ulardan biri miletlik Fales bo’lib, Aristotel uni birinchi faylasuf deb hisoblagan; u birinchi kosmolog , torroq ma’noda ioniya naturfalsafasi maktabining vakili, bu maktabga Anaksimandr, Anaksimen, Ferekid, Diogen va boshqalar ham mansub edi. Undan so’ng Eleya maktabi vujudga kelib borliq falsafasi bilan shug’ullandi (mil. av. 580 – 430), bu maktabga Ksenofan, Parmenid, Eleyalik Zenon, Meliss mansub edilar; ayni vaqtda bu maktab bilan birga Pifagor maktabi ham mavjud edi. Bu maktab vakillari uyg’unlik, o’lchov, son masalalari bo’yicha tadqiqot olib bordilar. Bu maktabga Fillolay (mil. av. V asr oxiri) krotonlik Alkmeon (tahminan. mil. av. 520), musiqa nazariyotchisi, faylasuf va matematik Arxit Tarentskiy (tahminan. mil. av. 400 – 365) va uning tarafdori haykaltarosh Katta Poliklet (mil. av. V asr
oxiri), Geraklit, keyin Empedokl va Anaksagor mansub edi. Hamma narsani qamrab oluvchi qomusiy tafakkur egasi Demokrit, uning mashhur o’tmishdoshi Levkipp hamda Demokrit maktabi vakillari Sokratgacha kosmologiyaning oxirida turadilar. Shu bilan birga so’nggi davrda antropologik sofistikada rivojlanish yuz berdi (tahminan. mil. av. 475 – 375), uning vakillari, asosan, Protagor, Gorgiy, Gippiy, Prodik bo’lgan. Yunon falsafasining eng mashhur 3 vakili – Sokrat, Platon, Aristotel tufayli Afina tahminan 1000 yil yunon falsafasining markazi bo’ldi.
Tarixda birinchi marta Sokrat tomonidan insonni falsafiy anglash masalasi qo’yildi. Platon falsafani tugallangan dunyoqarash – siyosiy va mantiqiyetnik sistema sifatida yaratdi; Aristotel esa falsafaga haqiqiy mavjudlikni tadqiqiynazariy o’rganuvchi fan sifatida qaradi. Bu 3 mashhur yunon mutafakkirining har biri o’sha vaqtdan buyon o’zicha alohida va turli shakllarda
2 ming yildan buyon jahon falsafasining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatib keladi. Yunon falsafasining ellinistikrim davri bir-biri bilan parallel ravishda mavjud bo’lgan muhim falsafiy maktablarning paydo bo’lishi bilan boshlanadi (mil. av. IV asr); faqat neoplatonizm keyinroq – 500 yildan so’ng vujudga keldi. Sokrat ta’sirida butun bir maktablar guruhi tashkil topadi: sokratchilar (asosiy vakili Ksenofont), megar maktabi (unga Evbulid va imkoniyat tushunchasining birinchi nazariyotchisi Diodor Kronos (mil. av. 307-yil) mansub bo’lgan), siniklar (Antisfen, Diogen), birmuncha keyinroq jamiyatni diniy qayta o’zgartiruvchi pruzalik Dion Xrizost; pirovardida kirena maktabi (Aristipp va Evgemer). Bu maktablar unchalik uzoq yashamadi. Platon tarafdorlari Platon akademiyasi nomi ostidagi falsafiy maktabga birlashdilar (qad. Akademiya – mil. av. 348–270, o’rta Akademiya – mil. av. 315–215, yangi Akademiya – mil. av. 160 – mil. 529; o’rta Akademiyaning vakillari – Arkesilay va Karnead; yangi Akademiyaning vakillari –Sitseron va Mark Terensiy Varron (mil. av. 116 – mil. av. 28); Akademiyadan keyin (“yangi”sidan farq qilgan holda) platonizm vujudga keldi. Unga boshqa faylasuflar bilan birga Plutarx (tahminan 45 – 120) va Frasill (Platon sharhlovchisi) kirgan.
Aristotel tarafdorlarining katta qismi aniq fanlar bilan shugullangan, peripatetik deb nom olgan mashhur olimlar bo’lgan; qadimiy peripatetiklar bilan birga mashhur botanik Teofrast, musiqa nazariyotchisi Aristoksen (tahminan. mil. av. 350), tarixchi va siyosatchi messinalik Dikearx; keyingi peripatetiklar orasida fizik Straton, geograf va astronom samoslik Aristarx (Stratonning shogirdi, tahminan. mil. av. 250) va Klavdiy Ptolemey (tahminan. mil. 150), vrach Galen, Aristotelning sharhlovchisi Rodoslik Andronik (tahminan. mil.av. VII asr) bo’lgan.
Epikur asos solgan maktab keng yoyildi, bu maktabga boshqalar bilan birga Lukretsiy ham mansub edi. Skeptik maktabning vakillari (unga Akademiya vakillaridan ko’plari kirgan edi) Pirron va keyinchalik vrach Sekst Empirik edi. Stoya maktabi juda muhim falsafiydiniy harakatga aylandi, neoplatonizm va xristianlikning paydo bo’lishiga qadar mavjud bo’ldi. Kitionlik Zenon asos solgan bu maktabni qadimiy Stoyada Xrizipp adabiy jihatdan pishitdi; o’rta Stoyada boshqalar bilan birga Panetsiy Rodoslik va Posidoniy bor edi; bu maktabga tarixchi Polibiy ham yaqin turgan. Keyingi Stoya davrida, asosan, 3 Rim faylasufi – Seneka, Epiktet va Mark Avreliy asosiy rol o’ynadi21.
Neoplatonizmda, uning asoschisi Plotin fikricha, Rim, Afina, Aleksandriya, Siros, xristian falsafiy maktablari bir-biridan farq qiladi. Plotin bilan birga Porfiriy, Prokl, ayolfaylasuf Gipatiya, Yamvlix, imperator Yulian Apostat (332–363), ensiklopedist Marsian Kapella (V asrning 1-yarmi), Boetsiy mashhur neoplatonchi bo’lishgan. Ellinizm davrida g’arb va sharq dini hamda falsafasini o’zida birlashtirgan gnostika rivojlandi. Bobil gnostikasidan moniylik va uning yorug’lik hamda zulmat olami haqidagi ta’limoti paydo bo’ldi. Milodning birinchi yuz yilligi falsafasi uchun Filonning Bibliyani majoziy, platonchastoikcha talqini jiddiy ta’sir ko’rsatdi. U Aleksandriya maktabiga asos soldi, uning an’analarini aleksandriyalik Kliment va Origen davom ettirdi, bu esa g’arb falsafasiga ko’proq ta’sir ko’rsatgan xristian falsafasining boshlang’ich holati edi. Yunon falsafasining turli xil ko’rinishlari islom falsafasida mavjud, uning ta’sirini hind falsafasida ham payqash mumkin.

  1. Qadimgi yunon adabiyotining paydo bo'lishi o'zoq o'tmishga borib taqaladi. Yunonlar ajoyib afsona, rivoyat, she'r, doston, tragediya va komediyalar yaratganlar.

21 World and Global History: Research and teaching.
Yunon baxshilari esa qadimgi afsona va rivoyatlarni og'zaki tarzda avloddan-avlodga yetkazganlar. “Prometey”, “Gerakl”, “Dedal va Ikar”, “Argonavtlar”, “Odisseya” va “Illiada” kabi afsona va dostonlar yunon adabiyotining nodir namunalaridir.
Rivoyatlarga ko'ra, bu asarlarning muallifi miloddan avvalgi YIII yashagan ko'r baxshi Gomerdir. Dostonlarda yunonlarning Kichik Osiyodagi Troya shahriga qilgan yurishlari, qahramonlarning kurashlari va boshidan kechirgan sargo'zashtlari va boshqalar haqida hiqoya qilinadi. “Illiada” dostonning davomi “Odisseya” dostoni hisoblanadi. Yunonlar jahon adabiyotiga ulkan hissa qo'shganlar. Yunon dostonlarida rivoyat va afsonalar juda ko'p. Ammo dostonlarda tasvirlangan voqea-hodisalarning hammasi shunchaki afsona emas. “Argonavtlar”, “Dedal va Ikar”, “Gerakl” , “Illiada” va “Odisseya” kabi rivoyat va afsonalarning mazmuniga chuqurroq e'tibor berilsa, ularda qadimgi yunonlarning turmush tarzi, kasb-korlari, qurol- yarog'lari, turar joylari, mehnat qurollari va oilaviy munosabatlari qanday bo'lganligini bilib olish mumkin. Olimlar o'zoq vaqtgacha Gomer dostonlaridagi voqealar o'ylab chiqarilgan afsonalar deb faraz qilganlar. Ular Troya shahri ham bo'lmagan deb o'ylab kelardilar. Ammo arxeolog olimlar Kichik Osiyoning shimoliy-g'arbiy yerlarida qazish ishlarini olib borar ekanlar, u yerdan yonib kul bo'lgan shahar xarobalarni topganlar. Bu yunonlar urush olib borgan Troya shahrining qoldiqlari edi.
Arxeolog olimlar Troya shahri xarobalardan uy-joylar, mudofaa devorlari, sopol buyumlarning parchalari, yashirib qo'yilgan narsalar, buyumlar va odam suyaklarining qoldiqlarini topganlar.
Yunoniston tarixini o'rganishda yunon afsonalari, xususan Gomer dostonlari juda katta ahamiyatga ega. Shu tufayli miloddan avvalgi XI – IX asrlarni Gomer davri deb bekorga aytilmagan. Gomer dostonlari she'riy uslubda yozilgan bo'lib, tilining boyligi va ta'sirchanligi bilan ajralib turadi. Shunday qilib, Gomerning dostonlari buyuk adabiy asargina bo'lib qolmay, balki ajoyib tarixiy kitob namunalaridandir. Yunonlarning, adabiy merosi jahon halqlari adabiyotiga munosib hissa qo'shdi. Qadimgi Yunonistonda fanning turli sohalari bo'yicha mashhur olimlar yetishib chiqqanlar. Yunon olimlari Qadimgi Misr, Bobil va Kichik Osiyo halqlarining bilimlaridan bahramand bo'lganlar.
Gomer asarlarining bosh qahramonlari faqatgina beqiyos pahlavonlar emas, shuningdek ma'budalar ham bo'lganlar. Gomer dostonlarining muhim xususiyatlaridan biri ularning kuyga solib aytilishidir. Bu xildagi asarlar kitob tariqasida o'qish uchun emas, balki tinglash uchun xosdir. Bu asarlarda janglar tasvirida otlarning yurishi va yugurishda, qahramonlarning qurol- yarog'lari ta'rifida, ziyofatlarda to'zilgan dasturxon maqtovida va yana turli-tuman manzarali voqealar tasvirlanadi.
Bu xildagi takrorlar Gomer poemalarida haddan ziyoda (masalan: “Illiada”ning I bobida Axill bilan Agamemnon o'rtalarida bo'lib o'tgan diltanglik haqida shoirning o'zi hikoya qiladi. Keyinchalik Axill o'z opasi Fetidaga Sardorning sitmagarligi haqida shikoyat qilganida, ilgarigi gaplar aynan takrorlanadi). Dostonlarda ba'zi hodisalarni chunonchi, kech kirishi, tong otish paytlarini tasvirlaydigan misralar ko'pki, ular zarracha o'zgartirilmasdan bir taxlitda ishlatilaverib qolip shakliga kirib ketgan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Yunoniston tarixini o'rganishda yunon afsonalari juda katta ahamiyatga ega. Dostonlar she'riy usulda yozilgan bo'lib, tilining boyligi va ta'sirchanligi bilan ajaralib turadi. Shunday qilib, qadimgi Yunoniston asarlari adabiy asargina bo'lib qolmay, ajoyib manba hamdir.
Teatr – yunon dramasi va teatri Dionis sharafiga o’tkaziladigan qishloq xo’jaligi bayramlaridan boshlangan. Uning asosida tabiatning qishki o’lik mavsumi va bahorgi uyg’onish davri bilan bog’liq qadimiy yer egalarining o’yinlari yotadi. Mil. av. IV – III asrlargachaYunon teatri. 1. Getera niqobi. 2. Tropik kahramonniqobi. 3. Andromedaning teatr libosidagi tasviri (vazadagi rasm). 4. Tragik aktyor (fil suyagidan ishlangan haykalcha).
Dramatik chiqishlarda xor asosiy rol o’ynagan. VI asrning 2-yarmida alohida ijrochi – aktyor (dramaturgning o’zi) paydo bo’ldi. Esxil sahnaga 2 aktyorni olib kirdi. Sofokl esa sahna
dekoratsiyasida tasviriy bezaklardan keng foydalandi, fojialarda 3 aktyor paydo bo’ldi. Aktyorlar, asosan, niqob kiyib o’ynaganlar.
Teatr yunonlar hayotida alohida o’rin egalladi. Ayniqsa, quldorlik davri gullagan paytda teatr ahamiyati yanada ortdi. Teatr, asosan, 3 qism: orxestr, tomoshabinlar uchun joy va chodirdan iborat bo’ldi. Bulardan eng qadimiysi orxestryumaloq maydon bo’lib, unda aktyor va xor ijrochilari tomosha ko’rsatganlar. Dastlab barcha tomoshabin orxestr atrofida o’tirganlar, keyinchalik omma uchun alohida joylar ajratilgan. Teatr binolaridan qadimiysi Afinadagi Dionis teatri binosi hisoblanadi. Keyingi eng katta Afina teatri mil.av. IV asrning 2-yarmida qurildi. Teatrda tragediya va komediyadan tashqari mifologik syujetga ega satirik spektakllar ham qo’yilgan. Dastlab ayollar rolini erkaklar niqob kiyib ijro etgan, Esxil, Sofokl, Yevripid, Aristofan kabi buyuk dramaturglarning ijodida Yunoniston quldorlik demokratiyasining ravnaqi va ziddiyatlari aks etdi. Mifologik syujetli pantomimik raqslar keng tarqaldi. Ularda ayol aktyorlar ham qatnashdi. Ellinizm davrida (mil. av. III – I asrlar) teatr Sharqda yunon madaniyatini targ’ib qilishda asosiy vositalardan biriga aylandi. Teatrlar nafaqat yirik savdo markazlarida, balki kichik shaharlarda ham qurila boshladi. Dionis sharafiga o’tkaziladigan bayramlarda tragediya va komediyalar namoyish etildi. Qishloq komediyasi yo’qola bordi. Yangi komediyalar (Menandr, Filemon va boshqalar) o’zaro hayotiy munosabatlarni, inson ichki kechinmalarini aks ettirdi. Mil. av. V asrda Yunonistonda mimlar, maishiy va hajviy harakterdagi kichik sahnalar yuzaga keldi. Ellinizm davrida ilk bor professional aktyorlar ijod qildi. Aktyorlar uyushmasi paydo bo’ldi. Bu davrda aktyorlar katta hurmatga, yuridik huquqga ega bo’lganlar. Tomosha ko’rsatish uchun aktyorlar hatto urush paytlarida ham xohlagan yerlariga borish, o’zlari va narsalariga daxlsizlik huquqi berilgan. Aktyorlarning o’zlari esa har qanday harbiy xizmatdan ozod etilganlar (mil. av. III asr boshlarida bu haqda maxsus qonun qabul qilingan). Yunoniston teatri jahon teatrining rivojlanishida muhim rol o’ynadi.
Musiqa. Yunoniston musiqasini badiiy (mas, “Iliada”, “Odisseya”) va ilmiy (Platon, Aristotel, Pifagor, Aristoksen) meros hamda tasviriy san’at yodgorliklari orqali tasavvur qilish mumkin. Yunoniston da musiqa san’ati ijtimoiy hayotda muhim o’rin olib, uni o’rganish yoshlar tarbiyasi tizimiga kiritilgan, qo’shiqchilik va sozandalik bo’yicha turli musobaqalar o’tkazilgan. Turli xalq qo’shiqlari – georgik (dehqonchilik bilan bog’liq), epitalama (nikoh to’ylarida aytiladigan), trenos (yig’i), embateriy (harbiy) kabi janrlar, Apollon (pean), Dionis va boshqalar xudolarga bag’ishlangan aytimlar keng o’rin olgan. Shoir, xonandalar o’zi yaratgan epik qo’shiqlar va dostonlarni cholg’u (torli tirnama, forminks va boshqalar)larni chalib ijro etgan. Musiqaning odamlarga sehrli ta’siri, mashhur xonanda va sozandalar (Olimp, Marsiy, Orfey va boshqalar) faoliyatiga doir bir necha rivoyat va afsonalar bizgacha yetib kelgan.
Musiqa, ayniqsa, xor qo’shiqchiligi katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lib, vatanparvarlik ramzi darajasiga ko’tarilgan. Harbiy (marshsimon) kuylari bilan birga lirika yo’nalishidagi janrlar rivoj topgan.
Yunoniston tragediya va komediyasida musiqa muhim dramaturgik vazifalarni bajargan. Uning ijodkorlari (Esxil, Frinix, Sofokl, Yevripid va boshqalar) kuylarni ham yaratib, dramatik asarlarga xor va raqslar, yakka xonandalik shakllarini kiritgan. “Antigona” (Sofokl) tragediyasidagi xor Afinaning milliy madhiyasiga aylangan. Ellinizm davrida katta cholg’u ansambllar, organ kabi musiqa cholg’u asboblari paydo bo’lgan.
Yunoniston musiqa madaniyatiga Kichik Osiyo hamda Yaqin Sharq xalqlari musiqa an’analari ta’sir etgan. O’z navbatida, Yunoniston musiqasi hamda musiqa nazariyasi Sharq musiqa ilmi (Yunus al Kotib, Ibn Surayj, Ishoq alMavsiliy, Forobiy, al Kindiy, Abul Faraj, Isfahoniy va boshqalar)da rivoj topgan. IX asrda Bag’dodda Aristotel, Aristoksen, Nikomax, Ptolemey va boshqalarning ko’pgina musiqa risolalari arab tiliga tarjima qilingan. Forobiy Aristotel tizimini, al-Kindiy yangi platoniklar g’oyalarini rivojlantirgan. Yunoniston musiqa nazariyasida qaror topgan tushunchalar (musiqa, melodiya, ritm, gamma, monodiya, garmoniya, diatonika va boshqalar) hozirgi musiqashunoslikda ham joriy etilmoqda.

  1. Eramizdan oldingi V asr yunon jamiyatining ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatidan yuksak taraqqiyot bosqichiga ko'tarilgan davridir. Bu taraqqiyot Eron-Yunon urushlaridan keyin

Afina davlatining kuchayishi va demokratiya tomon rivojlanib borish bilan bog'lik bo'lib, chindan ham yunon elining oltin asri deb atalishiga arziydigan buyuk davrdir. Eng ilg'or madaniyat markazi Kichik Osiyodagi Ionif viloyatidir. Afina o'zining iqtisodiy va madaniy kamolatiga, asosan V asrning 50 – 30-yillarida, ya'ni Perekl davrida erishadi. Perekl o'z zamonasining nixoyatda ishbilarmon davlat arbobi, otashin notiq odamlarda tashabbuskorlik ishtiyokini uyg'otishga moxir, ilmu-fan, san'at va adabiyotga qiziqqan bir shaxs edi. U butun yunon olamidan faylasuflar, olimlar, shoirlar va san'at ahllarini Afinaga to'playdi. O’nga yaqin faylasuflar – Anaksagar, Suqrat, “Tarix fanining otasi” Gerodot, Sofokl, ajoyib haykaltarosh Fidiy va shularga o'xshash umum yunon madaniyatini yuksak pog'onalarga ko'targan yana birmuncha shaxslarni ko'ramiz.
Perakl zamonasida ilmiy-falsafiy ta'limotlar, ayniqsa, juda keng rivoj topdi. Olimlar va mutafakkirlar o'z asarlarida tabiat hodisalarini, ijtimoiy qonunlarni ochishga, ularni izohlashga va shu yo'sinda demokratik to'zumni to'g'ri va ba'mani ekanligini isbotlashga urinadilar. Eski diniy e'tiqodlarning asta-sekin susayib borishi, ilohiy kuchlarni koinot hodisalarida axtarishi, insonni ma'budalarning quli holatidan butun borlikning hukmroni darajasiga ko'tarish, uning idrok va iste'dodiga taxsin o'qish, istiqbolga chuqur umid bilan qarash – bu davr falsafiy oqimlarining asosiy xususiyatidir. Yangi tushunchalar o'z ifodasiga dastavval Anaksagar (er. avv. 500 – 428-yillar) falsafasida topadi. Perekl bilan do'stona munosabatda bo'lgan, uning siyosatini qo'llab-quvvatlagan va hukmronning istagiga ko'ra o'z zamonasining ilmiy-madaniy harakati tepasida turgan bu mutafakkir olim, eski diniy e'tiqodlarni inkor etib, butun koinotni behisob zarralardan tarkib topgan abadiyat ma'nosida tushunadi. Chunonchi, Quyosh bilan Oy, qadimgilar aytganidek, ilohiy kuchlar emas, bir umr lovullab yonib turadigan jismlardir.
Anaksagar inson ongi, qudrati va iste'dodini juda yuksak baholaydi. Uning ta'limoti qadimgi davrda keng yoyilgan va zamondoshlariga kuchli ta'sir o'tkazgan.
Er. avv. V asrning 2-yarmida butun Ellada tuprog'ida ijtimoiy hodisalarni o'rganish ishini o'z oldiga asosiy maqsad qilib qo'ygan yangi ilmiy-falsafiy oqim paydo bo'ldi. Bu oqimning vakillari o'zlarini “sofistlar” deb ataganlar.
Dastlab “sofist” so'zi ostida “donishmand”, “bilimdon”, “olim” degan ma'nolar ifoda etilgan bo'lsa, keyinchalik bu ibora falsafa mualliflariga taqalgan laqablarga aylanib ketdi.
Qadimgi Yunonistonda maktabxonlik ishlari sust bo'lgani uchun “sofistlar” shaharma- shahar kezib, shaxsiy suhbatlarda yoki jamoat oldida ilmu-fan asoslarini tashviq qilardilar.
Sofistlar bu davrning har tomonlama bilimdon kishilari bo'lib, o'z zamondoshlari zehnini boyitish, ularni ilmu-ma'rifat yutuqlaridan bahramand etish bobidan juda katta ishlar qildilar. Ular olamdan yuz o'gurib, o'zlarini xilvatxonalarida kitob titishdan o'zga narsani bilmaganlar va jamoa oldida ilmu-fan jarchilari bo'lishgan.
Sofistlar falsafiy bilimlardan tashqari yana bir muncha ijod sohalarida ham juda ulug' ishlarni qilganlar. Jahon madaniyatining bebaho yodgorliklaridan biri bo'lgan va Gippokrat nomi ostida bizga qadar yetib kelgan muolaja san'ati haqidagi kattakon asar ham sofistlar davrida yaratilgan. Shu xildagi ilmiy tadqiqotlar natijasi o'laroq, inson faoliyatining turli- tuman sohalariga doir asarlar yaratdilar.
Gerodotning “Tarix” asarini keyingi davr olimlari qayta ishlagan. Shulardan Aleksandriya olimlari buni 9 bobga bo'lib, yunon mifologiyasidagi 9 mo'zaning nomi bilan ataganlar. Aleksandriya chinakam tarixshunoslik ilmi bilan ijod qiluvchi yozuvchidir.
Shu sababli uning asari dastlabki yunon tarixchilari – “logoraflar” ijodida uchraydigan qator kamchiliklardan batamom qutulib ulgurgan emas. Gerodot ham o'zining ulug' zamondoshi Sofokl singari ma'budlarning qudratiga, taqdirining kuch-quvvatiga, inson baxtining bepandligiga chippa-chin ishonadi: kosinlarning karomatiga, mo''jizalarning rostligiga, hatto tushlarning muqarrarligiga aslo shubha qilmaydi. Gerodotdan minnatdor bo'lishimizning yana ham muhimroq sabablari bor: adabiyotimizning eng qadimgi yodgorliklaridan biri bo'lgan “To'maris” qissasi faqat shu odam tufayli bizgacha yetib kelgan.
Gerodot asarlarining fazilatlaridan biri-ajoyib san'atkorlik mahorati bilan yozilganligidadir. Yozuvchi biron hodisani bayon etar ekan, uni og'zaki rivoyatlar bilan boyitgan.
Qadimgi Yunonistonda fanning turli sohalari bo'yicha mashhur olimlar yetishib chiqqanlar. Yunon olimlari Qadimgi Misr, Bobil va Kichik Osiyo halqlarining bilimlaridan ko'p bahramand bo'lganlar. Qadimgi Sharq fani yunon dunyosida ilm-fanning yanada rivojlanishiga barakali ta'sir etgan. Miloddan avvalgi VI asrda Kichik Osiyoning g'arbiy sohilidagi Ioniya viloyati va undagi Milet shahri ilm-fan taraqqiyotining markaziga aylangan. Ioniya olimlari Misr va Bobil olimlarining ilmiy bilimlaridan yaxshi xabardor bo'lib, o'sha bilimlarni yanada rivojlantirganlar.
Yunonistonning ulug' olimlaridan biri Aristotel edi. U Makedoniya podsholari saroyida yashagan tabibning o'g'li bo'lib, miloddan avvalgi 384-yilda tug'ilib, 322-yilda vafot etgan. Sharq dunyosida uni “birinchi muallim” deb baholaganlar, chunki u g'oyat keng bilimga ega bo'lgan. U juda ko'p asarlar yozgan. Uning mashhur asarlaridan biri “Siyosatdir”. Aristotel o'sha davrda ma'lum bo'lgan ilmiy bilimlarni alohida sohalarga bo'lib chiqqan va mustaqil fanlarga birlashtirgan. U fanlarni turkumlarga bo'lib, ularning har birini botanika, fizika, siyosat va tarix kabi nomlar bilan atagan.
Aristotel o'z zamonasidagi olimlar bilan birga Yer- shar shaklida bo'lib, u butun koinotning markazidir, Quyosh va yulduzlar Yer atrofida aylanadi deb hisoblagan. U Makedoniya podshosi Iskandarning ustozi ham edi. Aristotel o'z davri va keyingi davrlarning ham eng mashhur olimlaridan biri bo'lib qolgan.
Me’morligi va tasviriy san’ati. Yunon me’morlari va tasviriy san’at namoyandalari ko’p asrlar osha turli xalqlar uchun go’zallik, uyg’unlik, yuksak did namunasini o’tagan san’at yodgorliklarini yaratgan. Asarlar asosan sodda afsonaviy mavzularga asoslangan bo’lsada, borliq va inson muvozanatini his etib, tabiiy muhit, inson tanasining tabiiy go’zalligi va uyg’unligini anglab aks ettirdi. Bu nisbatlar me’morlikda ham aniq ifodasini topgan. Yunon badiiy yodgorliklari Bolqon yarim orol dagina emas, shuningdek, Kichik Osiyo, Janubiy Apennin yarim orol, O’rta Yer dengiz orollari hamda Shimolida Qora dengiz sohillarida ham saqlangan.
Yunoni0ston san’ati Miken madaniyati negizida paydo bo’lgan; mikenlar bilan mil. av. II – I ming yillik san’atining o’zaro bog’liqligi kulollik va me’morlik bo’yama naqshlarida ko’zga aniq tashlanadi. Yunon san’ati taraqqiyoti (mil. av. XI – I asrlar) tarixan gomer, arxaika, klassika, ellin kabi bir necha davrlarga ajratiladi.
Gomer davri (mil. av. XI – VIII asrlar) da bo’yama naqshli kulollik taraqqiy etgan, geometrik uslub mil. av. VII asrgacha hukm surgan, eng taraqqiy etgan davri (VIII asr)da qabr yodgorliklari vazifasini o’tagan ro’zg’orga mo’ljallangan dipilon ko’za va idishlar bezagi, naqsh va inson shaklining aniq ritmi, chiziqlar ifodaliligi bilan ajralib turadi. Geometrik uslubda terrakota haykallar va idishlarga haykaltaroshlik bezaklari (qopqoq, shakldor dastalar) ham yaratildi. Me’morlik haqida ma’lumotlar deyarli yo’q, ba’zi bino qoldiqlari, ibodatxonalarning terrakota modeli va adabiy yozma manbalarda ayrim ma’lumotlar uchraydi.
Arxaika (mil. av. VII –VI asrlar) davrida polislar shakllandi, shaharlar yuzaga keldi, shaharsozlikning asosiy belgilari muqaddas joy (akropol) va jamoat savdo markazlari (agora) bo’lib, ular atrofida turar joy mavzelari joylashtirilgan, shaharlar bunyod etilgan. Yetakchi o’rinni ibodatxonalar (haykallari bo’lgan “xudolar uyi”) egallagan.
Ibodatxonalar bilan bir qatorda turli vazifalarni bajaruvchi jamoat binolari (teatr, stadion, palestr va boshqalar) bunyod etilgan. Inshootlar toshdan qurishga o’tilgach, order turlari shakllandi ibodatxonalar bo’rtma tasvirlar, haykallar bilan bezatildi; dahshatli maxluqlar bilan olishayotgan xudolar va qahramonlar (Gerakl, Tesey, Persey va boshqalar)ning qat’iy tasvirlari yaratildi; ularning hajmdorligi ibodatxonalardagi me’moriy shakllar bilan uyg’un. Ioniy uslubidagi ibodatxonalarning haykaltaroshlik frizlari dinamikasi va murakkab kompozitsiyasi bilan ajralib turadi. Dastlabki o’zaro bog’lanmagan kam shaklli frizlardan o’zaro uyg’un va ko’p shaklli yaxlit kompozitsiyalarga o’tish kuzatiladi, ilk frontonlardagi relyeflar (Kerkira orolidagi Artemida ibodatxonasi) dumaloq haykallar bilan almashadi.
Haykaltaroshlikda kichik bronza haykallar (“Fivalik Apollon”, mil. av. VII asr 1- yarmi)dan yalang’och o’smir (kuros)lar va uzun ko’ylakli qiz (kora)lar shaklini yasashga o’tildi. Harakatsiz shakllar o’rniga harakatlarni shartli ifodalash yuzaga keldi (“Delosli Nike”, mil. av. VI asr o’rtalari). Haykaltaroshlar inson mimikasini ifoda vositasi sifatida kam qo’llasalarda, ayni
vaqtda boy hajm, kiyimlar burmalarining goh qat’iy, goh nafis talqini bilan ifodali obraz qurilishiga erishdilar. Arxaika haykallarida ayrim mahalliy farklar kuzatiladi: ioniy uslubidagi kora va kuroslar lirik va hayotbaxsh obrazlari, shakllarning mayinligi bilan qat’iy qiyofali va keskin shaklli doriy uslubidagi haykallardan ajralib turadi. Bu davrda yunon ko’zalari (amfora va boshqalar) tugal shakllandi, buyumlarga butun yuzasi qoplab gilama usulida mujassamotlar yaratildi, shartli qat’iy chiziqlar va geometrik uslubdagi naqshlar o’rnini syujetli sahnalarning tez-tez qo’llanishi egalladi. Korinf, keyinroq Afina (er. avv. VII – VI asrlar)da qora shaklli uslub qaror topdi (Klitiy, Eksekiy, Amasis va boshqalar), qora shaklli uslubdan qizil shaklli uslubda ko’zalar yasashga o’tish yuzaga keldi (Andokid va boshqalar).
Klassika (mil. av. V asr – IV asr 3-choragi)da shaharlar rivojlandi, muntazam tarhli shahar tipi shakllandi (Milet, Pirey), shaharlarni to’g’ri burchakli ko’chalar to’ri bilan qismlarga bo’lish, turar joylarni majmua tarzida qurish kabi asosiy qoidalar yuzaga keldi. Polislarning o’ziga xos ramzi bo’lgan ibodatxonalarning tipik xususiyatlari individuallik bilan qo’shilib ketgan, bir tipdagi qurilishlarda yagona order tuzilishidagi nisbat va ko’lamlarnigina o’zgartirib takrorlanishi bilan har bir shahar – davlat bosh inshootlarida o’ziga xos me’moriy qiyofalar yaratishga erishildi. Shu jihatdan umumiy tarhli va order elementlari bo’lgan Afina Afayi (tahminan. mil. av. 500 – 480, Egin orolida), Gera II (“Poseydon ibodatxonasi”, mil. av. V asr 2- choragi, Poseydoniyada), Zevs (mil. av. 468 –456, Olimpiyada) ibodatxonalari o’ziga xos sifatlari bilan bir-biridan farqlidir.
Mil. av. VI – V asrlar chegarasida tasviriy san’atda keskin o’zgarishlar ro’y berdi, haykaltarosh va rassomlar inson qiyofasi va uning harakatini mukammal ifoda etdilar, fronton, frizlarda ko’p shaklli lavhalarni dadil bajardilar. Klassika boshida yuzaga kelgan “qat’iy uslub” hususiyatlari ko’zalarga ishlangan tasvirlarda aniq ifodasini topdi (Epiktet, Yevtimid, Yefroniy). Qizil shakllar uslubida ijod qilgan Brig afsonaviy mavzular bilan bir qatorda maishiy lavhalar (bazm, maktabdagi mashg’ulotlar, stadiondagi atletlar)ni ham yaratdi. “Qat’iy uslub” mil. av. V asr 1-yarmidagi haykaltaroshlikda ham ko’zga tashlanadi. Egin orolidagi Afina Afayi ibodatxonasi frontoni, Olimpiyadagi Zevs ibodatxonasi fronton va metoplari kabi san’at durdonalari yaratildi. Klassikaning ilk davrida qahramonlar obrazlari bilan bir qatorda ko’tarinki ruhdagi real obrazlar ham yuzaga keldi (Miron va boshqalar). Inson tanasini mukammal ishlanishi yunon san’atiga umrboqiy g’oyalar (go’zallikning xunuklik ustidan g’alabasi)ni ifodalash imkonini berdi. Mil. av. V asr o’rtalarida klassika san’ati (“yuksak klassika” deb nomlangan) gullab yashnadi. Perikl davrida Afina Elladaning siyosiy va badiiy markaziga aylandi. Vayron bo’lgan Akropolda Fidiy boshchiligida mohir me’morlar va haykaltaroshlar ishladi: tasviriy ansambllar hosil qilindi, yangi ibodatxonalar bunyod etildi, haykallar o’rnatildi, go’zallik va uyg’unlik tarannum etildi (ma’budlarning yuksak mavqei, tantanalarda viqor bilan yurishlari, kentavrlar bilan olishuvlari va boshqalar). Ozod ellin fuqarolik ruhi, g’oyaviy, axloqiy va jismoniy mukammalligi Fidiy asarlarida, Parfenon bezaklarida, Poliklet haykallari, Polignot ko’zalari, freskalar, terrakota haykallari, relyef va tangalarda yorqin ifodalangan.
Mil. av. IV asr boshlarida yunon polislari demokratiyasi inqirozi bilan ayrim shaxslar xohishi polislar xohishini siqib chiqardi. Diniy inshootlar qurish o’rnini insonning kundalik hayoti bilan uzviy bog’liq bo’lgan inshootlar (palestr, teatr va boshqalar) qurish egalladi (jumladan, Epi davrdagi teatr, mil. av. 350 – 330 va boshqalar).
Vazifasiga mos aniq kompozitsiyali yunon teatrlari jahon me’morligidagi tomosha inshootlarining keyingi taraqqiyotiga asos bo’ldi. Memorial ansambllarda inson shaxsini abadiylashtirish an’analari yuzaga keldi (mas, Galikarnas maqbara, tahminan. mil. av. 353). Tasviriy san’atda inson xarakteriga qiziqishning ortishi haykaltaroshlik portretlarini rivojlanishini ta’minladi. Afsonaviy kompozitsiyalarda kurash dramatizmi, insonning ruhiy qudrati va jismoniy shijoatini tasvirlagan Skopas ijodida voqelikdagi qarama-qarshiliklar o’tkir ifodasini topdi, bu jihatdan Praksitel haykallari, Lisipp asarlari diqqatga sazovor.
Ellin davri (mil. av. IV asr oxiri – I asr) yunon madaniyati mintaqalarining kengayishi uning Aleksandr davlati va uning vorislari davlati tarkibiga kirgan xalqlar madaniyati bilan o’zaro qo’shilishi bilan belgilanadi. Afina badiiy hayot markazi mavqeini yo’qotdi. Kichik
Osiyoning yirik shaharlari yangi qarash (nuqtai nazar)larni yaratuvchiga aylandi, qurilish beqiyos darajada o’sdi, ko’plab muntazam tarhli yangi shaharlar yuzaga keldi (Istanbul va boshqalar), yirik inshootlar qurildi (Istanbuldagi Faros mayog’i), mahobatli me’moriy ansambllar bunyod etildi (Pergamdagi Akropol) oddiy uydan bosh saroygacha bo’lgan turar joy tipi shakllandi, an’anaviy ichki hovli tarhli uylar ustunlar bilan o’ralgan peristilga aylantirildi. Ellin haykallaridagi qiyofalar qo’rquv, davrni fojiaviy anglash bilan yo’g’rilgan. Ellin davri san’atiga mintaqaviy maktablar, yo’nalishlarning hamda badiiy obrazli masalalarning rangbarangligi xos: haykal portretlar rivojlandi, klassikaning inson – fuqaro uyg’unligi o’rniga buyuklarni ulug’lash qaror topdi. Ijtimoiy kelib chiqishi har xil bo’lgan odamlarga, ularning yoshidaga xarakterli xususiyatlarga qiziqish ortdi. Yunoniston Rim tomonidan zabt etilishi bilan ellinlar san’ati g’oliblar madaniyatining rivojlanishi bilan qo’shilib, uni o’zining ko’p asrlik an’analari bilan boyitdi, shuningdek, o’zining mustaqilligini ham yo’qotib bordi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, qadimgi Yunonistonda asos solingan ilmiy yo'nalishlar keyingi davrlarda olimlarimiz tomonidan rivojlantirildi. Ilk bora aytilgan adabiy, siyosiy va tabiiy bilimlar falsafiy jihatdan tushuntirilgan bo'lsa, asta-sekinlik bilan isbot talab qiladigan fikrlar olimlarimiz tomonidan isbotlandi. Tabiatda bo'ladigan barcha hodisa va voqealarni ilmiy negizlarini izlashga tushdilar. Aristotel, Demokrit, Perekl, Anaksimen, Yevklid, Pifagor, Ptolemey va boshqa olimlarning ilmiy izlanishlari o'tmish ajdodlarimiz tomonidan har tomonlama ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Ayniqsa, bu narsani “Bayt al-hikma”da faoliyat ko'rsatgan olimlarning tarjimonlik maktabida, Xorazm Ma'mun Akademiyasi va Mirzo Ulug'bek davridagi olimlarning ilmiy izlanishlarida ko'rish mumkin.
5. Yunonlarning tasavvuricha, olam avvalida Xaosdan iborat bo’lgan, Yer-Geya va yer osti olami Tartar ham bo’lgan. Geyadan o’g’li Uran-osmon xudosi kelib chiqqan. Uran bilan Geyadan titan Kronos tug’ilgan va o’z otasi Uranni ag’darib tashlagan.
Bular titanlar- katta xudolar ekan. Kronosdan Aid, Poseydon, Gestiya, Demitra, Gera va Zevs kabi kichik xudolar kelib chiqqan. Zeve boshchiligida kichik xudolar Titanlarni ag’darib tashlab olamni idora qila boshlaganlar. Zeve bosh xudo, xudolar ajdodi, chaqmoqsochar xisoblangan. Uning xotini Gera- osmon ma’budasi va nikox xomiysi bo’lgan. Poseydon- dengiz xudosi, Demitra- xosildorlik ma’mudasi, Gestiya – uy-ro’zg’or ma’budasi, Aid – yer osti olami xudosi xisoblangan.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling