Mavzuning dolzarbligi va axamiyati. Oliy talim muassalarida orta maxsus kasb talimi tizimida musiqa maktablarida jamoa bolib kuylash mashgulotlariga bugungi fan va texnika axborot yetkazish vositalari tez, jadal suratlar bilan osib borayotganligi, shuningdek bilim oluvchi yoshlarimizning bilim olish darajasi, saviyasi keskin tarzda osayotganligini hisobga olib, jamoa bolib kuylash faoliyat turida doimo yangilikka, eng namunaviy professional ijrochilik uslublariga erishish yollari haqida ushbu Kurs ishida qator taklif va tafsiyalar beriladi. Musiqa mashgulotlarida jamoa bolib kuylash malakalarini shakllantirishda ozbek xalq bolalar qoshiqlaridan foydalanishni amaliyotga tadbiq etish.
Kurs ishining maqsadi. Oliy ta`lim muassalarida o`rta maxsus kasb ta`limi tizimida, musiqa maktablarida jamoa bo`lib kuylashga o`rgatishda interaktiv usullardan foydalanish musiqa madaniyati darslarida interfaol uslublar orqali o`quvchilarni faollashtirish. Jamoa bo`lib kuylash uchun tanlangan asarlarning musiqiy va badiiy yetuk bo`lishida kuylovchilarning vokal tayyorgarliklari darajasiga alohida etibor qaratish. Vokal xor malakalarini shakllantirishning zamonaviy sermahsul uslublarini taklif qilish.
Kurs ishning asosiy vazifalari.
1. Xor bilan ishlash jarayonida ovoz sozlash mashqlarini ahamiyatini yanada oshirish.
2. Vokal ijrochiligining kontilena, rechitativ stakatto, falset, filirovka kabi turli rang barang uslublaridan xor qoshiqchilarini kuylashga tayyorlashda foydalanish.
3. Mavzuga oid ilmiy-pedagogik adabiyotlarda keltirilgan jamoa bolib kuylash metodlaridagi bir tomonlama yondashuviga chek qoyish.
4. Jamoa bolib kuylash jarayonida xalq qoshiqlarining oziga xos va talaffuzdagi xususiyatlariga kuylash jarayonida etibor qaratish.
5. Ozbek xalq qoshiqlaridan musiqa madaniyati darslarining jamoa bolib kuylash qismida yanada koproq foydalanish, yangi pedagogic texnologiyalardan unumli foydalanish.
Ishning tarkibiy tuzilishi: Kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |