Lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Download 111.24 Kb.
bet9/9
Sana13.11.2023
Hajmi111.24 Kb.
#1770271
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bexruz referat

Foiz stavkalari dinamikasi. 2020-yilda respublikadagi barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlari hamda Markaziy bank tomonidan qat’iy monetar siyosatining yuritilishi, o’z navbatida, mamlakatimizning pul va moliya bozorlaridagi foiz stavkalari dinamikasida, jumladan, tijorat banklarining kreditlari va depozitlari bo’yicha hamda banklararo kreditlar bo’yicha foiz stavkalarida o’z aksini topdi.
Xususan, 2020-yil davomida aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar daromadining oshishi hisobiga respublikamizdagi moliya institutlari resurs bazasining kengayishi banklararo pul bozoridagi resurslar taklifining ko’payishiga va o’z navbatida, moliyaviy resurslar narxining arzonlashishiga sabab bo’ldi.
Jumladan, 2019-yil davomida banklararo pul bozoridagi operatsiyalar bo’yicha o’rtacha tortilgan foiz stavkasi yillik hisobda 10,9 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2013 yilda ushbu ko’rsatkich 9,9 foizga teng bo’ldi.
Mamlakat yalpi ichki mahsulotining va unga mos ravishda aholi daromadlarining yildan-yilga yuqori sur’atlar bilan o’sishi, bank tizimiga bo’lgan ishonchning ortib borishi hamda iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalarning pasayib borishi kabi omillar ta’sirida 2021-yilda bank depozitlari bo’yicha foiz stavkalarining pasayishi kuzatildi.
Xususan, jismoniy shaxslarning tijorat banklaridagi jami depozitlari bo’yicha o’rtacha tortilgan foiz stavkasi 2021-yildagi o’rtacha yillik 7,7 foizdan 2021-yilda 7,1 foizgacha pasaydi.
Yuridik shaxslarning jamg’arma va muddatli depozitlari bo’yicha o’rtacha tortilgan foiz stavkalari 2019-yildagi o’rtacha yillik 6,2 foizdan 2020-yilda 6,0 foizgacha pasaydi.
Shuningdek, banklararo pul bozoridagi operatsiyalar hamda depozitlarni jalb qilish bo’yicha foiz stavkalarining pasayishi natijasida tijorat banklarining aktiv operatsiyalari bo’yicha, jumladan, iqtisodiyotning real sektori korxonalarini kreditlash bo’yicha foiz stavkalarining ham pasayishi kuzatildi.
umladan, tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektori sub’ektlariga ajratilayotgan kreditlar bo’yicha o’rtacha tortilgan foiz stavkasi 2020-yil dekabr oyida 13,6 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2020-yilda 13,0 foizgacha pasaydi





Xulosa.
Milliy iqtisodiyot xususiyatlarini inobatga olgan holda, pul-kredit siyosati rejimlarining o‘ziga xos jihatlari va ta’sirchanligi tahlili o‘rta muddatli istiqbolda Markaziy bankning ustuvor maqsadi sifatida narxlar barqarorligiga erishish vazifasiga inflyatsion targetlash rejimi juda mos kelishini ko‘rsatmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, pul-kredit siyosatini amalga oshirishning tamoyil va usullarining inflyatsion targetlashga bosqichma-bosqich yo‘naltirish uchun zaruriy huquqiy asoslar va tayanch iqtisodiy sharoitlar yaratildi.
Xususan, valyuta siyosatining liberallashtirilishi va bozor sharoitlarida almashuv kursining shakllanishini ta’minlash bo‘yicha choralar, Markaziy bankning ustuvor maqsadlari va amaliy mustaqilligini aniq belgilanishi, pul-kredit siyosatini amalga oshirishning faol bosqichiga o‘tilishi, inflyatsiyani hisoblash va baholash usullarini takomillashtirilishi, shuningdek shaffoflikning oshirilishi va kommunikatsion siyosatning kuchaytirilishi kabi amaliy choralar inflyatsion targetlashga o‘tish uchun asosiy sharoitlarni yaratadi.Shu bilan birga, mavjud xatarlar va to‘siqlar inflyatsion targetlash rejimini joriy etish vazifasining bajarilishini qiyinlashtiradi.
O‘z navbatida, Markaziy bank asosiy e’tiborni prognozlash va tahliliy bazani mustahkamlashga, pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirish va ularning ta’sir kanallarini kuchaytirishga, komunikatsion siyosatni rivojlantirish va aholining ishonchini oshirish kabi vazifalarga qaratadi. Markaziy bank ushbu rejimga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda tegishli vazirlik va idoralar bilan sa’y-harakatlarni birlashtiradi va hamkorlikda faoliyat yuritadiUmuman olganda, inflyatsion targetlashga o‘tish pul-kredit siyosati sohasining barcha jihatlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirishni talab etadi.
Bu esa, o‘z navbatida, uzoq muddatli istiqbolda barqaror iqtisodiy o‘sishning asosi bo‘lgan makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda sifat jihatdan yangi bosqichga o‘tilishini anglatadi.
Ushbu Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan.O‘zbekiston sharoit mustaqil pul-kredit siyosatini yuritish imkoniyati 1994 yilda milliy valyutaning muomalaga kiritilganidan so‘ng paydo bo‘ldi.

Fоydalanilgan adabiyotlar:


1. Abdullaeva Sh.Z., «Bank ishi». O’quv qo’llanma. –T.: Moliya.2003
2. Abdullaeva Sh.Z., «Pul kredit va banklar» O’zbekistоn Respublikasi Bank-mоliya
akademiyasi, «Mоliya» nashriyoti,2000 y.
3. Lexus.uz
4. O’zbekiston Respublikasi Prezdenti qaror va farmonlari.
5. Abdullaev O. Mintaqalar va mamlakatlar iqtisodiyoti. – T.: “Yangi avlod
asri”, 2009.
6. Soibnazarov A. O’rgimchak to’ri. //“XXI asr” gazetasi, 2009 yil 23 aprel, №
17 (283)-son.
7. O’zbekiston Respublikasi yillik statistik to’plami. – T.: Davlat statistika
qo’mitasi rasmiy nashri.
8. Shodmonov SH., G’afurov U. « Iqtisodiyot nazariyasi». Toshkent 2019.
9. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yildagi PF-218 sonli farmoni « Foydalanilmayotgan ob’yektlar to’g’risidagi »


Foydalanilgan internet saytlari ro’yhati
. http://www.lex.uz – O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy bazasi.
2. http://www.bank.uz – O`zbekiston Respublikasi banklari bazasi.
3. http://www.xs.uz – Xalq so’zi.
4. http://www.stat.uz – O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi.
Download 111.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling