OLIT TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI ANDIJON FAKULTETI
“Moliya va moliyaviy texnologiyalar” ta’lim yo‘nalishi sirtqi ta’lim shakli
SMMT-96/21-AF guruh talabasi
Dalijonova Gulnoza Nazirjon qizining
“STATISTIKA” fanidan
REFERAT
ANDIJON - 2023
REJA:
I. Kirish.
II. Asosiy qism
1.1. Statistik jamlashning mazmuni va uning masalalari.
1.2. Guruhlash metodi: mohiyati, ahamiyati va turlari
1.3. Guruhlash belgisi va ularning turlari.
1.4. Ikkilamchi guruhlash.
1.5.Statistik tasniflashning mohiyati va ahamiyati
1.6.Taqsimot qatori mohiyati va uni tarkibiy unsurlari.
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Tayanch iboralar: Statistik jamlash, statistik guruhlash, guruhlash turlari, guruhlash belgilari, oddiy guruhlash, ko`p o`lchovli guruhlash, kombinatsion guruhlash, ierarxik guruhlash.
I. Kirish
Statistik jamlash deganda to’plangan ma’lumotlarni ilmiy tekshirishdan ko’zlangan maqsad va vazifalar nuqtai-nazaridan qayta ishlash tushuniladi. Statistik jamlash hisoblash texnologiyasiga qarab oddiy va murakkab, tashkil qilinishiga qarab esa, markazlashgan va markazlashmagan jamlashlarga bo’linadi.
Oddiy jamlash deganda olingan ma’lumotlarni umumiy yakunlarini hisoblash tushuniladi, murakkabda esa to’plam birliklari guruh va guruhchalarga ajratilib, ularning har biri va umumiy bo’yicha jamlar chiqariladi.
Markazlashgan jamlashda barcha ma’lumotlar bir erga to’planib, o’sha erda qayta ishlanadi. Markazlashmagan jamlashda ish pog’onama-pog’ona amalga oshiriladi, masalan, dastlab tumanda, keyin viloyatda va h. k. Statistik jamlash bir qancha bosqichlarda amalga oshiriladi va quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi:
1.To’plangan ma’lumotlarni qayta ishlash rejasi va dasturi tuziladi;
2.To’plam birliklari o’rganilayotgan belgi bo’yicha guruhlarga ajratiladi.
3.Harbir guruh va umumiy to’plam bo’yicha jamlar chiqariladi.
4.Natijalar statistik jadvallarga joylashtiriladi va grafiklarda tasvirlanadi
Statistik guruhlash – bu o’rganilayotgan hodisalarni muhim belgilariga qarab bir xil (turdosh) guruhlar birlashtirishdir. Statistikada guruhlash deb o’rganilayotgan hodisalarni (ob’ektlarni, birliklarni) muhim belgilariga asoslanib turdosh (sifatdosh) guruhlarga (to’plamlarga) birlashtirish yuritiladi. Masalan, aktsioner kompaniyalarni dividend to’lash darajasiga qarab guruhlarga ajratish. Agarda to’plangan ma’lumotlarni jamg’arib umumiy ko’rsatkichlar olish bilan chegaralansak, u holda ular turli statistic to’plamlarga tegishli bo’lishi mumkin, natijada ularning tuzilishi va xususiyatlarini aniqlay olmaymiz. Guruhlashning ahamiyati shundaki, uma’lumotlarni umumlashtirish va tasavvur qilish uchun ixcham, yaqqol shaklda taqdim etishnit a’minlaydi. Bundan tashqari, guruhlash ma’lumotlarga turli jihatdan ishlov berish va tahlil qilish uchun asos yaratadi. Buning uchun guruhlarni bunyod etish belgisi yoki belgilarini tanlash, tuziladigan guruhlar soni va ularning chegaralarini aniqlash ilmiy tartib-qoidalarga tayanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |