Lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti andijon fakulteti


-jadval Oraliqlar nisbatiga asoslanib, ikkilamchi guruhlash tartibi


Download 104.05 Kb.
bet8/11
Sana31.01.2024
Hajmi104.05 Kb.
#1827903
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
G.Dalijonova Statistika referat

3-jadval
Oraliqlar nisbatiga asoslanib, ikkilamchi guruhlash tartibi



IV chorakda tijorat do`konlarining tovar oborot hajmi bo`yicha guruhlari (ming so`m)

Do`konlar soni

IV chorakda tovar oborot hajmi
(ming so`m)


1 ta do`konga to`g’ri kelgan o`rtacha tovar oborot (ming so`m)

1

2

3

4

5 – 4:3

1

40 ming so`mgacha

15+8+13
+3+4,5
= 43,5

93+112+200
+68+75,6

= 548,6


12,7

2

40-80

4,5(9-4,5)+7 +3+2,67
= 17,2

302,4(378-75,6) +385+180+200 = 1067,4

62,8

3

80-120

5,33(8-2,67) +4,4 = 9,7

400(600-200) +480
= 880,0

88,0

4

120-160

22-4,4=17,6

2400-480=1920

106,7

5

160 va undan yuqori

12

3744

312,4




Jami

100

8160

81,6

Natijada birinchi guruhda do`konlar sonini hisoblash quyidagi umumiy ko`rinishni oladi:


15 + 8 + 13 + 3 + 4,5 = 43,5
Tovar oborot hajmi ham shu nisbat asosida aniqlanadi:
93 + 112 + 200 + 68 + 75,6 = 548,6


1.5.Statistik tasniflashning mohiyati va ahamiyati
Tasniflash va guruhlash statistik to`plamlar tuzish va ularni chegaralash bilan uzviy bog`langan bo`lib, ommaviy hodisa va jarayonlarni o`rganish hamda statistik axborotlarni yaratishning muhim qurolidir. Bu usul statistik kuzatish natijasida olingan besanoq, tarqoq, tasodifiyot girdobida o`ralashib qolgan hom boshlang`ich materiallar asosida ixcham bir-biri bilan uzviy bog`langan, ma`lum tartib qoidalarga, qonuniyatlarga bo`ysungan, tuzilmaviy shakllarga ega to`plamlar barpo etish imkonini beradi.
Statistikada tasniflash deganda o`rganilayotgan narsalar va hodisalarni
tartiblash maqsadida ularning tabiati, o`xshashlik va farqlovchi xususiyatlariga qarab ma`lum qismlarga, guruhlarga, sinflarga, turkumlarga, turlarga taqsimlash
tushuniladi. Taqsimlash asosi qilib olingan belgi yoki belgilar to`dasi tasniflash belgisi, ularning har bir sohibi tasniflash birligi deb ataladi.
Statistikada tasniflagich deb ma`lum tasniflashga muvofiq kodlar bilan nishonlangan obyektlarning (iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlari, korxonalar, faoliyat turlari, tovar va xizmatlar, budjet daromadlari va xarajatlari, kasb-hunarlar, asosiy fondlar va h. k.) tartiblashtirilgan ro`yxati (sanoqnomasi) yuritiladi. Kod - bu tasniflash guruhlari va obyektlarini belgilash uchun qabul qilingan shartli nishon yoki alomatlar to`plami. U obyekt nomi o`rnini bosadi va uni identifikatsiyalash (tasniflashdagi o`rnini, qaysi tavsif guruhiga mansubligini aniqlash) vositasi bo`lib xizmat qiladi.
Tasniflash odatda atributiv belgilar asosida tuziladi va barqarorlik
xislatiga ega bo`lib, uzoq muddat davomida xizmat qiladi. U faset yoki
ieriarxik (pog`onama-pog`ona) usuli yoki ikkala usul birikmasi yordamida barpo etiladi. Shu jihatdan tasniflagichlarni faset yoki ieriarxik tuuilma turlariga ajratish mumkin.
Iqtisodiy tasniflashlar tizimi statistik axborotlarni tartiblash, tahlil qilish, saqlash va samarali izlashning muhim vositasidir. Qo`llanish uchun majburiy hisoblanadigan asosiy tasniflashlar standart kuchiga ega. Ular odatda statistika tashkilotlari tomonidan axborot iste`molchilari bilan kelishgan holda yaratiladi va xalqaro darajada garmonizatsiyalash (uyg`unlashtirish) predmeti hisoblanadi.
O`zbekiston davlat statistikasida quyidagi asosiy iqtisodiy tasniflagichlar qo`llanadi: tovar va xizmatlar, iqtisodiy faoliyat turlari, korxona va tashkilotlar, xalq xo`jaligi tarmoqlari, boshqaruv hujjatlari, davlat boshqaruv tashkilotlarining belgilari, budjet daromadlari va xarajatlari, mulk shakllari, tashkiliy-huquqiy shakllar, ma`muriy-hududiy bo`linmalar obyektlari, mahsulotlarni (xizmatlar, ishlar) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlari, asosiy aktivlar (fondlar) va boshqa narsalarning tasniflagichlari.



Download 104.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling