Lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Ehtiyojlarning yuksalib borish jihatlari


Download 61.02 Kb.
bet4/9
Sana18.06.2023
Hajmi61.02 Kb.
#1579859
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ehtiyojning resurslar chegaranganligi bilan aloqadorligini asoslash

2. Ehtiyojlarning yuksalib borish jihatlari

Ehtiyojlarning uzluksiz ozgarib turishi har qanday jamiyatga xosdir, ya'ni ehtiyojlar cheksizdir. Ehtiyojlarning cheksizligi ularning toxtovsiz yangilanib borishidan iboratdir.. Ehtiyojning yuksalish qonuni borki, u umumiqtisodiy qonunlar jumlasiga kiradi va jamiyatning ichki tuzilishidan qat'i nazar insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida amal qiladi.


Bu qonunga kora jamiyat a'zolarining, butun aholining ehtiyojlari uzluksiz yuksalib boradi, ehtiyoj miqdoran osib, tarkiban yangilanib turadi, eski ehtiyojlar orniga yangisi keladi, ehtiyojlarning rivojlanishi murakkab tarzda yuz beradi.
Ehtiyojlar yuksalishining to`rt jihati bor.
1. Ehtiyoj kengayib miqdoran osib boradi, ya'ni muayyan ehtiyoj saqlangan holda uning ortib borishi. Masalan: gazlamaga ehtiyoj boshqa ehtiyoj bilan orin almashmaydi, ammo uning miqdori oshadi.
2. Mutlaqo yangi ehtiyojlar paydo bolib, eskilarini surib qoyadi, ehtiyojlarning ichki tartib strukturasi ozgaradi. Masalan: televidenie va videoapparatura paydo bolishi bilan uyda xohlagan tomoshani korish ehtiyoji paydo bolib, teatr yoki kinoga borish ehtiyoji qisqaradi.
3. Muayyan ehtiyojlar guruhi doirasida turli ehtiyojlar nisbati ozgaradi. Bunda ehtiyoj umumiy tarzda saqlanadi, lekin uning aniq korinishlari va shakllari ozgaradi. Masalan:
umumiy transport ehtiyoji saqlangan holda, transport aniq turlariga ehtiyoj ozgaradi.
4. Bir ehtiyojning ikkinchisi bilan almashtirilishi. Bunday almashuv orinbosar ehtiyojlarning paydo bolishi bilan yuzaga keladi va bunday ehtiyojlar yuksak rivojlangan iqtisodiyotga xosdir. Masalan: shakar, qand, konfet, tort, navvot shirinlikka ehtiyojni qondiradi, ammo bir-birining ornini bosishi ularning foydaliligi darajasidan kelib chiqadi.
Korinib turibdiki ehtiyojlarning yuksalishi muqarrar ekan, lekin asosiy muammo ehtiyojlarni qondirishdir. Buning birdan-bir vositasi ishlab chiqarishdir. Ehtiyoj yuksalar ekan uni qondirish vositalari ham rivojlanadi. Gap shundaki, ehtiyojlar cheksiz ozgargani holda uni ta'minlash uchun kerak bolgan ishlab chiqarish resurslar cheklangan boladi.Bu resurslar tabiiy resuslar, mehnat resurslari, pul resurslari, texnika va texnologiya resurslaridir. Buni garbda iqtisodchilar resurslarning kamyobligi deb atashadi. Ehtiyoj va resurslarning nomutanosibligi, birining cheksizligi va ikkinchisining kamyobligi ishlab chiqarish imkoniyatlaridan to`la va samarali foydalanishni talab qiladi.
Resurslar deganda faqat pulni tushunmaslik kerak. Resurslar birinchidan, moddiy shaklga ega bolib, yer-suv, yer osti va yer usti boyliklari, asbob-uskuna, mashinamexanizmlar, bino-inshoatlar va boshqalardan, ikkinchidan, inson resurslari yoki mehnat resurslaridan, aniqrogi kishilarni mehnat qilib ishlab chiqara olish qobiliyatidan. Uchinchidan, moliyaviy resurslar: Valyuta birligi va qimmatbaho qogozlardan, tortinchidan tabiiy resurslar ya'ni ishlatilsa ornini toldirish mumkin yoki mumkin bolmagan tabiiy boyliklardan iborat.4
Yer kurrasi va qa'ridagi tabiiy boyliklar ekin maydoni, ormonlar, qazilma boyliklar, umuman osimlik va hayvonot dunyosi miqdoran cheklangan. Masalan Markaziy Osiyodagi sugorma dehqonchilik Amudaryo va Sirdaryoning suv zahirasi bilan cheklangan. Aholining osish sur'atlari pasaygan sharoitda, aholi qariydi, uning tarkibida ishga layoqatli kishilar salmogi qisqaradi.
To`xtovsiz yuksalib boradigan ehtiyojni qondirish uchun kamyob resurslar oqilona ishlatilishi shart. Shu sababli hatto ibtidoiy jamiyatdagi kishilar yerni chirindilar va kul bilan ogitlab, hosildorlikni oshirishga intilganlar. Har doim cheklangan resurslarni tejamli ishlatish cheksiz ehtiyojlarni qondirish vositasi bolib kelgan.
Yuksalayotgan ehtiyojning uni qondirish vositasi bilan aloqasi ikki yoqlama boladi:

Download 61.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling