Lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Download 61.02 Kb.
bet3/9
Sana18.06.2023
Hajmi61.02 Kb.
#1579859
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ehtiyojning resurslar chegaranganligi bilan aloqadorligini asoslash

Ehtiyojlarorganizm, inson shaxsi, ijtimoiy guruh, umuman jamiyatning hayot faoliyatini saqlab turish uchun zarur boʻlgan narsalarga talab, muhtojlik. Nazariy va amaliy iqtisodiyotning fundamental kategoriyalaridan biri. Ehtiyoj subʼyekt bilan uning faoliyati oʻrtasidagi bogʻlanishlarni ifoda etadi va maqsadlar, mayllar, intilishlarda va pirovardida hattiharakatlar, feʼlatvorda yuzaga chiqadi. Faoliyat sohasiga qarab mehnatga, bilimga, muloqotlarga; obʼyektiga qarab moddiy, maʼnaviy; subʼyektiga koʻra yakka (shaxsiy), guruhiy, jamoaviy, ijtimoiy ehtiyoj boʻlishi mumkin. Ehtiyojning umumiy qonuniyati — ularning umuman bevosita inson faoliyatiga, xususan, ijtimoiy ishlab chiqarish ga bogʻliq boʻlishidir. Ayni payda faollikka undovchi kuch boʻlgan ehtiyoj, oʻz navbatida, hayot sharoitlariga tanlama taʼsir koʻrsatadi, ularning oʻziga xos tomonlarini belgilaydi, u yoki bu faoliyat usullarini va ehtiyojni qondiradigan predmetlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantiradi. Mas, bir vaqtlar kishilarda avtomobilga paydo boʻlgan ehtiyoj ularni yaratish yoʻlida izlanishlarning boshlanishiga sabab boʻldi, butun bir sanoat tarmogʻining paydo boʻlishiga olib keldi.2
Tarixan ehtiyoj oʻsib boradi, ular xilmaxil, oʻzgaruvchan, tuzilmaviy oʻzgarishlarga uchrab turadi. Ehtiyoj tizimida iqtisodiy ehtiyojlar asosiy oʻrinda turadi. Ularga birinchi navbatda, moddiy ashyoviy ehtiyoj (moddiy va maʼnaviy) — oziq-ovqat mahsulotlariga, kiyimkechak, axborot vositalari (gazeta, kitob va boshqalar)ga ehtiyoj, shuningdek, iqtisodiy ehtiyoj tuzilmasida oliy oʻrinda turadigan mehnat qilish, taʼlim olish, sogʻliqni saqlash ehtiyoji kiradi.
Iqtisodiy ehtiyojni ham ularni roʻyobga chiqaradigan subʼyektlariga qarab tasniflash mumkin (shaxsiy — yakka, jamoa va ijtimoiy — umumiy ehtiyoj).
Bozor munosabatlari sharoitlarida iqtisodiy ehtiyoj pul bilan vositalanadi va talab sifatida yuzaga chiqadi. Ishlab chiqarish va ehtiyoj oʻrtasidagi teran ichki bogʻlanishlar ehtiyojlarning oʻsib borishi qonunida oʻz ifodasini topadi. Iqtisodiyotning butun tarixini eng oddiy ehtiyojdan tobora har tomonlama rivojlangan inson ehtiyojining shakllanishiga oʻtish tarixi tarzida qarash mumkin.

Hayotiy ehtiyojlarning turlari kop. Ular iqtisodiy, sotsial, madaniy, siyosiy, ma'naviy va hatto sof fiziologik ehtiyojlardan iboratdir. Bularning orasida eng ustuvor ahamiyatga ega bolgani sotsial-iqtisodiy ehtiyojdir.
Sotsial - iqtisodiy ehtiyojlar-kishilarning yashashi, mehnat qilishi va ma'lum iqtisodiy mavqega ega bolishi uchun iste'mol etilishi zarur bolgan mahsulotlar va xizmatlar majmuidir. Bu faqat tirikchilik ehtiyoji emas, balki insonning shaxs sifatida kamol topish zarurati hamdir. Uning jismoniy ehtiyojlardan farqi shuki, mehnat vositasida va tabiat ishtirokida qondiriladi, ya'ni u ishlab chiqarish faoliyatini talab qiladi. Ehtiyoj avvalam bor yakka tartibda boladi, chunki har bir odamning xususiyatiga qarab ehtiyoj farqlanadi.
Shunday ehtiyojlar borki, ular yakka bolsada, birgalikda qondirilishi mumkin. Bunday vaqtda guruhiy ehtiyojlar paydo boladi. Bu esa ma'lum guruhga birlashgan kishilarning umumiy ehtiyojidir. Bunga misol qilib oilaviy ehtiyoj, mehnat jamoasi, va siyosiy uyushmalarning ehtiyojlarini keltirishimiz mumkin.3

Umumjamiyat ehtiyoji ham borki, u birinchidan, barcha turdagi yakka va guruhiy ehtiyojlarning majmuidan iborat bolsa, ikkinchidan, jamiyatni yaxlit organizm sifatida yashab turishi uchun zarur ehtiyojdir. Masalan, tabiiy resurslarni avaylash, mudofaa qilish, iqtisodiy zahiralar hosil qilish, jamiyatni boshqarib turish va boshqalar.


Jamiyatdagi ehtiyojlar ozining turidan qat'i nazar, ularning mavjud bolishi, qondirilishi va osishi bir kancha omillarga bogliq boladi, ya'ni :

  • jamiyat iqtisodiy taraqqiyotida erishilgan darajaga;

  • jamiyatning sotsial- iqtisodiy tuzumiga ;

  • hayot kechirishning tabiiy-jugrofiy sharoitiga ;

  • tarixiy - milliy an'analar va odatlar bilan boglanib ketishiga.

Agar iqtisodiyot qoloq bolsa ehtiyojlar doirasi tor boladi, aksincha, iqtisod yuksak bolsa, ehtiyoj keng va xilma xil boladi.
Jamiyatning ehtiyoji turli ijtimoiy toifa va guruhlarga mansub kishilar ehtiyojining yaxlitligidir. Shu sababdan, u jamiyatning ichki tuzumiga bogliq. Agar jamiyat mulkdor va mulksizlarga, boy va kambagallarga ajralgan bolsa yoki jamiyatda ijtimoiy tenglik bolib, u chuqur tabaqalashmasa, uning asosini ortacha mulkdorlar sinfi tashkil etsa, shunga qarab ehtiyojlar har xil boladi. Demak, inson ehtiyoji abadiy. Inson bor ekan, uning ehtiyoji mavjud. Ehtiyojlar xilma-xilligi boisi insonning ehtiyojlari boshqa bir insonning ehtiyojlariga oxshamaydi.
Ammo ehtiyojda bir qator yirik belgilar borki, ularga qarab ehtiyojlarni guruhlarga bolish mumkin. Bunga ehtiyojning xarakteri, uning nimaga qaratilishi asos qilib olinadi. Shu jihatdan qaralganda sotsial-iqtisodiy ehtiyojlar uch qismga bolinadi.

  • moddiy ehtiyojlar;

  • sotsial-ma'naviy ehtiyojlar ;

  • mehnat ehtiyoji.

Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bolishi bilan yuzaga kelgan. Ular tabiiy ehtiyojlardir. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy bolib, oziq - ovqat, kiyim - kechak, turar - joy, transport, aloqa, gigiena ehtiyojlaridan iboratdir. Ularning qondirilishi yashashning birlamchi shartidir.
Sotsial-ma'naviy ehtiyojlar asosan xizmatlardan masalan, oqituvchi, vrach, san'at arbobi xizmatlaridan iborat bolib, ular ma'lum faoliyat shakliga ega, ularning yaqqol moddiy korinishi yoq.
Mehnat ehtiyojining mavjudligi faqat mehnatsiz nozu-ne'matlar yaratib bolmasligida emas, balki mehnatsiz inson shaxsi kamol topa olmasligidadir. Mehnat ehtiyoji insonni ozida mujassamlashgan moddiy shaklda bolmaydi, u ishlashga bolgan ishtiyokda ifoda etiladi.


Download 61.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling