Lim vazirligi o‘zbekiston Milliy Universiteti Iqtisodiyot fakulteti (sirtqi) Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi


Download 115.92 Kb.
bet3/5
Sana24.12.2022
Hajmi115.92 Kb.
#1052127
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qurilish ishlab chiqarishi kooperatsiyasi.

Natijalar
Iqtisodiyotning qurilish majmuasida xo‘jalik yuritish kooperatsiyasi va klasterini tashkil qilish va rivojlantirish uchun keng ko‘lamli imkoniyatlar mavjud. Qurilish majmuasining xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bilan kooperatsiyasi va klasteri turli xildagi shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin. Bunda, bizning firimizcha, resurslar yetkazib beruvchi va qayta ishlovchi, shuningdek, mahsulotni sotishga ixtisoslashgan korxonalar bilan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar kooperatsiyasi va klasterini subpudrat asosida, texnologik uskunalar va butlovchi qismlar yetkazib beruvchi korxonalar bilan – lizing asosida, mayda ulgurji tovarlar ishlab chiqaruvchi sub’yektlar bilan esa – franchayzing asosida ta’minlash maqsadga muvofiq.
O‘z navbatida xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining muayyan xususiyatlari xo‘jalik yuritish kooperatsiyasi va klasterining boshqa shakllarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Dastlabki o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatadiki, qurilish majmuida iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining xo‘jalik yurituvchi sub’yektlari kooperatsiyasi va klasteri jarayonlarining rivojlanishi ko‘p jihatdan ushbu korxonalarning qayta tarkiblanishi va ular ichidan mayda ulgurji va past rentabelli korxonalarning ajratilishiga va ularga moliyaviy mustaqillik berish va shu bilan birgalikda hamkorlik maqomining qoldirilishi bilan bog‘liq.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yirik korxonalarni qayta tarkiblash yo‘li bilan qator vazifalarni hal etish mumkin, xususan:
- ishlab chiqarishni uning balansida ushbu ishlab chiqarishga bevosita aloqador bo‘lmagan tuzilmalarni ushlab turishdan halos etish;
- mayda ulgurji, past rentabelli va zarar keltiruvchi ishlab chiqarishlarni kichik biznes korxonalariga topshirish yo‘li bilan tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishining texnologik tizimini ulardan xalos etish;
- davlat mulkini xususiylashtirish imkoniyatlaridan foydalanish va shu asosida kichik tadbirkorlikning yanada rivojlanishini ta’minlash.


Download 115.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling