Lim vazirligi o‘zbekiston Milliy Universiteti Iqtisodiyot fakulteti (sirtqi) Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi


Download 115.92 Kb.
bet1/5
Sana24.12.2022
Hajmi115.92 Kb.
#1052127
TuriReferat
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Qurilish ishlab chiqarishi kooperatsiyasi.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI

O‘zbekiston Milliy Universiteti
Iqtisodiyot fakulteti (sirtqi)
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi
4-kurs (o‘zbek) talabasining
Industrial Iqtisodiyet fanidan

Referat


Mavzu : Qurilish ishlab chiqarishi kooperatsiyasi.


Bajardi : _____________________
Qabul qildi :___________________

TOSHKENT 2022

Mavzu : Qurilish ishlab chiqarishi kooperatsiyasi.


Mundarija:


KIRISH 3
1.Ishlab chiqarish korxonalarining ixtisoslashuvi va kooperatsiyasi. 6
2.Milliy va xorijiy korxonalar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish orqali O‘zbekistonda qurilish industriyasini revojlantrish 10
3.Qurilish majmuasida xo‘jalik yuritish kooperatsiyasi va klasterining tavsiyaviy yo‘nalishlari 15
XULOSA. 18
Adabiyotlar 19


KIRISH


Referatning dolzarbligi: Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, havfsizlik va huquq tartibotni, davlatimiz chegaralari dahlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshrilgani va pul kredit tizimi puxta o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sifatlar bilan o‘sishini, inflyatsiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi va kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tayotgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori konyunktyurasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish bo‘yicha mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini leberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonga muvofiq O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Mazkur yo‘nalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo‘limlardan iborat. Harakatlar strategiyasini besh bosqichdagi besh yilga mo‘ljallangan strategik harakatlarni amalga oshirish doirasida taktik harakatlar belgilanib, bunda yillarga beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi tasdiqlanadi.
Harakatlar strategiyasining “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish” deb nomlangan 3-yo‘nalishining ustuvor yo‘nalishlarida yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot islab chiqarishni jadal rivolantirishga qaratilgan sifat jihatdan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va deversifikatsiya qilish yo‘nalishlari belgilangan.
Iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish, shuningdek, prinsipial jihatdan yangi mahsulot turlarini o‘zlashtirish, shu asosida ichki va tashqi bozorda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash nazarda tutilgan. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importuning o‘rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish kabi rivojlanish omillari sanalgan dolzarb yo‘nalishlarga alohida e’tibor berilgan. Ushbu
yo‘nalishlarga qadam iqtisodiy islohotlarning ilk davrlaridayoq kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bilan birgalikda ob’yeklarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish ko‘p tarmoqli iqtisodiyotni shakllantirishdagi asosiy omil hisoblanadi .
Ammo, bugungi kun talabi bo‘yicha yuqorida zikr etilgan ustuvor yo‘nalishlarni izchil, samarali, tizimli va jadal ravishda amalga oshirish uchun zaruriy usul va vositalar kerak bo‘ladi. Ana shunday usul va vositalardan biri – xo‘jalik yuritish klasteridi

Download 115.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling