Lim vazirligi o‘zbekiston Milliy Universiteti Iqtisodiyot fakulteti (sirtqi) Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi


Download 115.92 Kb.
bet2/5
Sana24.12.2022
Hajmi115.92 Kb.
#1052127
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qurilish ishlab chiqarishi kooperatsiyasi.

Referatning dolzarbligi: Kooperatsiya haqida umumiy ma’lumot va qurilish soxasidagi ahamiyati
Referatning dolzarbligi:

  • Ishlab chiqarish korxonalarining ixtisoslashuvi va kooperatsiyasi.

  • Milliy va xorijiy korxonalar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish orqali O‘zbekistonda qurilish industriyasini revojlantrish

  • Qurilish majmuasida xo‘jalik yuritish kooperatsiyasi va klasterining tavsiyaviy yo‘nalishlari



  1. Ishlab chiqarish korxonalarining ixtisoslashuvi va kooperatsiyasi.

Korxonalarni ixtisoslashuvi deb, bir turdagi ishlab chiqarishni o’zida
mujassamlashtirgan korxonalar yig’indisiga aytiladi. Korxona ixtisoslashuvining uch shakli mavjud: predmet, detal va texnologik. Ishlab chiqarishni tashkil etish va ijtimoiy mehnatning shakli bu ishlab chiqarish korxonasining ixtisoslashuvidir.
Sanoatda ixtisoslashuvning quyidagi shakllari mavjud:
Buyumlar bo’yicha ixtisoslash. Buning mohiyati shundaki ishlab chiqarish korxonasi tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashadi ya’ni ayrim korxonalarni texnologik jihatdan bir-biriga o’xshash bo’lgan va cheklangan miqdordagi mahsulot turlarini ishlab chiqarishga moslashtirishdir;
Qismlar (agregatlar) bo’yicha ixtisoslashish-korxonalarni texnologik
jihatdan bir-biriga o’xshash bo’lgan cheklangan miqdorda qismlarni ishlab chiqarishdir;
Тexnologik ixtisoslashish-korxonaning ayrim texnologik jarayonlarni bajarishdir. Ayrim hollarda ular alohida korxonalar miqyosida uyg’unlashtiriladi. Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot turlarining kengayishi ixtisoslashishning doimo rivojlanishi va mukammallashuvining zarurligini ifodalaydi. Masalan, mashinasozlikda buyumlar bo’yicha ixtisoslashish – ma’lum
ishlab chiqarish tarmoqlari yoki ish turlari (paxta terish, yul qurilishi) uchun mashinalar ishlab chiqarishni mujassamlashuvi yunalishida rivojlanmoqda. Bunday ixtisoslashish konstruktorlarga ayrim tarmoqlarda mashinalarning ishlash
sharoitlarini chuqurroq o’rganish hamda mukammalroq texnika yaratish imkonini kengaytiradi. Bir korxona miqyosida tugallangan holatda mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etilishi unga doimo xizmat qilib, zarur qismlarni yetkazib beruvchi ixtisoslashgan korxonalarni tashkil etilishini taqazo etadi. Chunki barcha xil mahsulot ishlab chiqarishni bir korxonaga to’plash mumkin emas. Shu tufayli qismlar yoki mahsulotning bo’laklarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy
korxonalar tashkil etilgan.
Korxonalarning texnologik ixtisoslashuviga mashinasozlik zavodlari uchun tayyor qismlar ishlab chiqaruvchi, quyuvchi va temirchi-presslovchi zavodlar, to’qimachilik fabrikalari uchun ip-yigiruv fabrikalari misol bo’la oladi. Ixtisoslashgan darajsining asosiy ko’rsatkichlari:
 ixtisoslashgan korxonalarning ishlab chiqargan mahsulotini shu mahsulot turining umumiy hajmidagi salmog’i. Korxonalarning ixtisoslashish darajasining muhim ko’rsatkichlaridan yana biri-bu ishlab chiqaradigan, texnologik jihatdan o’xshash bo’lgan assotimentida buyumlarning gruppalari, turlaridir. Korxona ishlab chiqaradigan mahsulotlarning turlari qancha kam bo’lsa, uning ixtisoslashuv
darajasi shuncha yuqori bo’ladi. Korxona tarkibidagi ixtisoslashuvni ta’riflash uchun quyidagi ko’rsatkichlardan foydalanish mumkin;
 Dastgohlarning ilg’or turlarini maxsus, avtomatik va boshqa ushbu korxona yoki sex dastgohlarining umumiy miqdoridagi salmog’i.
 Potok liniyalarida o’rnatilgan dastgohlarning salmog’i. Masalan, potok usulida ishlab chiqarishda band bo’lgan metall qirquvchi dastgohlarning hamma asbobuskunalarga nisbati(%).
 Korxona ishlab chiqaradigan turli mahsulotlarda yoki bir shaklga keltirilgan detallar va qismlarning salmog’i. Korxonalarni ixtisoslashuvini xarakterlovchi ko’rsatkichlar:
 Ixtisoslash korxonalarning yillik mahsulotdiga ulushi;
 Хodimlarning o’rtacha yillik soni;
 Asosiy fondlarni o’rtacha yillik qiymati;
 Ixtisoslashuv darajasi;
 Ixtisoslashuvning yillik samarasi.
Korxonalarning kooperatsiyalashuvi - bu malum bir mahsulotlarni ishlab chiqarishda bir necha korxonalarning hamkorlikda ishtirok etishi.
Kooperatsiyalashuv tarmoq-territorial tamoyilda amalga oshiriladi.
Kooperativlashtirish korxonalarning qaysi tarmoqqa taaluqliligi nuqtai nazardan tarmoq va tarmoqlararo ishlab chiqarish kooperatsiyasi shakllangan.
Sanoatda ixtisoslashishning shakllangan turlariga muvofiq kooperativlashtirishning quyidagi turlari mavjud:
buyumli (agregatli) kooperativlashish-mashina va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi bosh korxonada turli (elektradvigatellar, nasoslar, generatorlar va boshqa) buyumlarni yetkazib beruvchi korxonalarning faoliyatlarini ifodalaydi.
texnologik kooperativlashish-bir korxona ikkinchisiga ma’lum yarimfabrikatlar yoki alohida jarayonlar yirik qurilmalar, bolg’alovchi qismlarni, to’qimachilik korxonalari uchun ip yetkazib berishni bajarishini ifodalaydi. Kooperativlashning bu turlari ishlab chiqarishni ixtisoslashning iqtisodiy afzalliklaridan foydalanishga imkon beradi. Kooperativlashish darajasi turli ko’rsatkichlarda ifodalanadi.
 texnologik kooperativlashtirish bosh korxonada ishlab chiqarilgach yarim
tayyor mahsulotlar bilan ta’minlab turish demakdir.
Ishlab chiqarish korxonalarini ixtisoslashtirish va kooperativlashtirishning
samardorligini aniqlashda quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi:
 asosiy fondlar birligiga to’g’ri keluvchi mahsulot miqdori;
 mehnat unumdorligining o’sishi;
 mahsulotning tannarxi;
 mahsulot birligiga sarflanadigan kapital mablag’larning kamayishi;
 aylanma mablag’larni ishlab chiqarishdagi aylanish tezligi;
 mahsulotni iste’molchilarga yetkazish bo’yicha xarajatlarning kamayishi;
 mahsulot sifatining yaxshilanishi;
Ixtisoslashtirish va kooperativlashtirishning samaradorligini umumlashtiruvchi ko’rsatkich – sanoat ishlab chiqarishni ixtisoslashtirishgacha hamda kooperativlashtirishgacha qilingan xarajatlar miqdorini ixtisoslashtirilgandan so’ng kamayishidir. Mahsulot tannarxining kamayishini hisoblashda ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperativlashtirishdan oldin hamda keyin materiallarni, yarimfabrikatlarni va tayyor mahsulotlarni tashish, ayniqsa, xarajatlarining o’zgarish miqdoriga e’tibor beriladi.
Korxonalarni kooperatsiyalashuvini xarakterlovchi ko’rsatkichlar:
 Ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxida butlovchi materiallar, yarim fabrikatlar ulushi;
 Ushbu korxona qoshida kooperatsiyalashgan korxonalar soni;
 Тashqariga tayyorlanayotgan mahsulotlar umumiy hajmida yarim fabrikatlar ulushi;
 Kooperatsiyalashuv darajasi



  1. Milliy va xorijiy korxonalar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish orqali O‘zbekistonda qurilish industriyasini revojlantrish

Qurilish sanoati va tegishli tarmoqlarning barqaror ishlashini davom ettirish uchun, mavjud qulay ishbilarmonlik muhiti va mehnat bozori sharoitlarini hisobga olgan holda, 2021 yilda qurilish industriyasini yanada barqaror va samarali ishlashini ta’minlash uchun keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, deydi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari.
Bir qator ekspertlarning fikricha, O‘zbekistonda yaratilgan qulay sarmoyaviy va ishbilarmonlik muhiti ko‘p jihatdan sarmoyadorlarning mamlakatimiz iqtisodiyotiga, jumladan, qurilish industriyasini yanada rivojlantirish va modernizatsiyaga qaratilgan o‘zaro manfaatli investitsiyalarga bo‘lgan qiziqishini davom ettirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbuslari bilan, yurtimizda oxirgi yillarda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar va transformatsiya jarayonlari, modernizatsiya qilish harakatlari ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shu davrda, tub o‘zgarishlar ta’sirida, iqtisodiyotning hamma tarmoqlari, shu jumladan, qurilish industriyasi ham izchil rivoj topmoqda.
Masalan, 2020 yilda sement ishlab chiqarish darajasi 2016 yilga nisbatan 1,44 barobar oshdi. Shu bilan birga, energotejamkor texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan miqdorlar ko‘rsatkichi, 2016 yildagi 63,8 foizdan 81,5%gacha ko‘tarildi.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlariga kerak bo‘lgan oyna shishasini ishlab chiqarish 1,84 barobarga, bezatkich keramik koshinlar esa 2,4 barobarga oshdi. Shunga o‘xshash holat boshqa turdagi mahsulotlarda ham kuzatildi.
Tashqi savdo mexanizmini takomillashtirish, eksportni oshirishni rag‘batlantirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar ijobiy natijalarga olib keldi. 2020 yilda qurilish industriyasi mahsulotlarini eksporti 2016 yilning ko‘rsatkichlariga nisbatan sezilarli darajada oshdi. Masalan, turli maqsadlar uchun ishlatadigan keramik mahsulotlarni eksporti 5,8 barobarga, oyna shishasi va undan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tashqi bozorlarda sotilishi 2,1 barobarga, sement eksporti 1,12 barobarga oshdi.
Respublika rahbariyati tomonidan, COVID-19 koronavirusi pandemiyasining salbiy ta’sirini yumshatish, aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bosqichma-bosqich islohotlar va maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilgani, 2020 yil oxirigacha mamlakat qurilish majmuasida ijobiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish uchun ijobiy sharoit yaratdi.
2020 yilda Toshkent metallurgiya zavodi, Sergeli va Yunusobod metro yo‘nalishlari, yana qator muhim bo‘lgan yirik investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Ayniqsa, koronavirus bilan og‘rigan bemorlarni davolash uchun mo‘ljallangan maxsus shifoxonalar, shu jumladan, "Zangiota-1" va "Zangiota-2"larni tashkil etish uchun binolar, inshootlar va tegishli kommunikatsiyalarni qurish va rekonstruksiya qilish, uskunalarni yetkazib berish va o‘rnatishda quruvchilarning fidokorona ishlari alohida tilga olinishi lozim.
O‘z navbatida, turli tashkiliy-texnik chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, shuningdek, xodimlarning fidokorona mehnati qurilish sanoati korxonalariga koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etish imkonini berdi.
Qurilish industriyasining murakkab sharoitda barqaror ishlashiga va yanada rivojlantirishni ta’minlashga, respublika rahbariyati tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarini va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga, aholi daromadlari keskin pasayishini oldini olishga, investitsiya va tashqi savdo faoliyatini rag‘batlantirishga qaratilgan bir qancha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirilgani qo‘l keldi.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2020 yilda qurilish industriyasi mahsulotlarining umumiy ishlab chiqarilishi qariyb 22,0 trln. so‘mga yetdi va 2019 yilga nisbatan o‘sish sur’ati 109,0% tashkil etdi. [1]
Masalan, o‘tgan yilda sement ishlab chiqarish o‘sish sur’ati 114,1%, turli maqsadlar uchun ishlatadigan oyna shishasi 111,9%, bezatkich keramik plitkalar 139,4%, turli materiallardan zamonaviy uslubda tayyorlangan devor qog‘ozi 229,5% tashkil etdi.
Qurilish industriya mahsulotlari eksport hajmi 2020 yilda 83,6% o‘sdi. Sement eksporti 2019 yilga nisbatan 1,24 barobar oshib, 520 ming tonnaga yetdi. Keramik pardozlash plitalari, turli xildagi oyna shishasi va shisha buyumlar, issiqlik izolyasiyasi va pardozlash materiallari, polimer va kompozitsion materiallardan tayyorlangan buyumlar, ohak va boshqalarni eksporti ham oshirildi.
2020 yilda "Qizilqumsement" AJ (104,9%), "Bekobodsement" AJ (105,5%), "Qoraqalpoq sement" MChJ (157,7%), "Maroqand kabel Invest" MChJ (134,3%), "Bosh kulolchilik" MChJ (124,3%) va boshqa korxonalarning mehnat jamoalari tomonidan yuqori darajada ishlab chiqarish o‘sishiga erishildi.
Bozorlarda xaridorgir mahsulotlar darajasini oshirish maqsadida, birjaviy savdolar orqali o‘tgan yilda 8,8 mln.tonna sement sotildi va bu ko‘rsatkich 2019 yilga nisbatan 109,3%ni tashkil etdi. Shuni ta’kidlash kerakki, bozorlarda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida talab etilayotgan sementning turlar 43 taga yetdi.
Ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali, qurilish materiallari bozorlarida, jumladan, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida taklif etilayotgan xaridorgir va eksportbop zamonaviy turdagi innovatsion qurilish materiallari xilma-xilligini ta’kidlash lozim. Bu esa, o‘z o‘rnida, ushbu turdagi mahsulotlar importini kamaytirish imkonini berdi.
Sementning bir qator turlari ishlab chiqarish hajmining oshishi, ushbu turdagi materiallar importini 23% ga kamaytirish imkonini berdi. Shu bilan birga, keramik plitkalar, oyna shishasi, gipsokarton va boshqa materiallarni import qilish hajmi ham qisqardi.
Sohaning qo‘shimcha ijobiy omili sifatida, 2020 yilda qurilish industriyasi korxonalarini importida texnologik uskunalar va ehtiyot qismlar olib kirilishi umumiy hajmining qariyb 73 foizini tashkil etilganligi e’tiborga sazovordir.
Tarmoq va hududiy mahalliylashtirish dasturlarini amalga oshirish maqsadida, mineral resurslarning mahalliy turlaridan chuqur qayta ishlash va yanada samarali foydalanish asosida, zamonaviy raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni tubdan kengaytirish chora-tadbirlari tizimli amalga oshirilmoqda.
2020 yilda qurilish industriyasida mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish 1,7 barobar oshdi. Shu jumladan, yangi turdagi issiqlik izolyasiya materiallari, maxsus sement turlari, naqshli shisha oynasi, bazalt mahsulotlari va boshqa turdagi bir qator zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqish tashkillashtirildi.
Milliy va xorijiy korxonalar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, koronavirus pandemiyasi sharoitida O‘zbekistonda qurilish industriyasini rivojlantirishda barqarorlikni saqlab qolish uchun qulay omil bo‘ldi.
Innovatsion texnologik jarayonlarni joriy etish bo‘yicha xorijiy bozorlarni o‘rganish va ilg‘or tajribaga asoslangan, xorijiy investorlar va mutaxassislarni jalb etgan holda "Farg‘ona tosh qog‘oz" qo‘shma korxonasi, Farg‘ona viloyatida energiya tejovchi texnologiya yordamida, toshdan tayyorlanadigan muqobil turdagi import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulot - qog‘oz ishlab chiqarishni tashkil etdi.
Shu bilan birga, toshdan qog‘oz ishlab chiqarishda kislotalardan foydalanilmaydiganligi uchun, texnologik jarayon juda ekologik, dunyoda rivojlanish ustuvor yo‘nalishlardan biri- "yashil" iqtisodiyotga mos keladi.
Rossiyaning "Yevrotsement grupp" xoldingining "Ohangaronsement" AJda, joriy yilda energiyani tejovchi texnologiya yordamida, turli xil yuqori sifatli sementni ishlab chiqaradigan yangi quvvatlarni ishga tushirish kutilmoqda.
Bu esa, ushbu korxona asosida foydali qazilmalarni chuqur qayta ishlashga qaratilgan sanoat klasterini tashkil etib, bozorlarda xaridorgir bo‘lgan turli xil mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish imkonini beradi.
Germaniya sarmoyadorlari tomonidan, uzoq muddatli o‘zaro manfaatli hamkorlik doirasida, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida foydalanilmayotgan mahalliy mineral xom-ashyo asosida, innovatsion texnologiyalar yordamida modifikatsiyalangan turdagi quruq qorishmalar va gipsokarton mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalari amalga oshirilmoqda.
Quvasoydagi "Kvars" AJ, yetakchi Xitoy kompaniyasi ishtirokida, yiliga 22 million kvadrat metr oyna shishasini ishlab chiqaradigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi, 2021 yilda iqtisodiyotni rivojlan-tirish orqali xalq farovonligini yanada oshirishga qaratilgan.
Qurilish sanoati va tegishli tarmoqlarning barqaror ishlashini davom ettirish uchun, mavjud qulay ishbilarmonlik muhiti va mehnat bozori sharoitlarini hisobga olgan holda, 2021 yilda qurilish industriyasini yanada barqaror va samarali ishlashini ta’minlash uchun keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda:
soha salohiyatini rivojlantirish, investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish, import o‘rnini bosuvchi va eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni, zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar asosida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish;
yangi ishlab chiqarish quvvatlardan samarali foydalangan holda raqobatbardosh mahsulotlarni, shu jumladan, oyna shishasi va undan tayyorlangan mahsulotlar, gipsokarton mahsulotlari va quruq aralashmalar, toshdan ishlab chiqariladigan qog‘oz, DSP, zamonaviy turdagi sanitariya mahsulotlari, yuqori sifatli va maxsus turdagi sement, xilma-xil issiqlik izolyasiya materiallari, temir-beton mahsulotlari va boshqa mahsulotlar miqdorini ko‘paytirish;
investitsiyalarni, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni yanada keng jalb etish hisobiga yangi ish o‘rinlarini yaratish, yoshlar va ayollarni mehnat faoliyatiga jalb etish;
ishlab chiqarishni ko‘paytirish va yuqori sifatli, raqobatbardosh eksportga yo‘naltirilgan energiya tejaydigan qurilish materiallari turlari ni kengaytirish;
mahalliy xom-ashyoni ishlab chiqarishda, jumladan, har yili qayta tiklanadigan (qamish, g‘o‘zapoya, somon) turlaridan foydalanishni ko‘paytirish.

  1. Qurilish majmuasida xo‘jalik yuritish kooperatsiyasi va klasterining tavsiyaviy yo‘nalishlari


Albatta mazkur yo‘nalish xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning kooperatsion aloqalariga bag‘ishlangan bo‘lib, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida o‘ta dolzarb hisoblanadi.Mazkur yo‘nalish bo‘yicha iqtisod fanlari doktori professor B. B. Berkinovning alohida xizmatlarini ta’kidlab o‘tish joizdir. U kishining rahbarligi ostida “Kichik tadbirkorlik korxonalarining yirik korxonalar bilan ishlab chiqarish kooperatsiyasi” nomli mavzusida M.A. Aynakulov o‘z nomzodlik dissertatsiyasini
muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ilmiy ishlarining natijasi sifatida shu nomda 2004
yilda o‘z monografiyasini chop ettirgan. Shuning birgalikda B.B. Berkinovning
“Kooperatsiyaga asoslangan kasanachilik” nomli ommabop risolasi ham aynan
xo‘jalik yuritish klasterining mohiyatini to‘liq yoritib beradi [3]. Klasterning samaradorligini aniqlash asosan kuzatuv, ekspriment yondashuvidagi qiyosiy tahlil
usuli yordamida amalga oshiriladi.
O‘z mohiyatiga ko‘ra, xo‘jalik yuritish klasteri yagona texnologik zanjirga birlashtirilgan korxonalar majmui bo‘lib, u ilm-fan, ta’lim hamda xo‘jalik yuritish kooperatsiyasini chuqurlashtirish, yangi texnologiyalarni amaliyotga jadal joriy etishni imkoniyatini o‘zida nomoyon etadi. Xo‘jalik yuritish klasterining asosiy negizini xo‘jalik yuritish kooperatsiyasi tashkil etadi. Xo‘jalik yuritish klasteri kooperatsiyasi umumiy maqsadlarga erishish (tovarlar ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish) uchun jismoniy va yuridik shaxslarnng ixtiyoriy birlashuvini yoki o‘zaro hamkorlik qilishini o‘zida aks ettiradi. O‘z navbatida, kooperatsion aloqalar hamkorlik bosqichi bo‘yicha texnologik to‘plam, texnologik bog‘lamiga aylanib xo‘jalik yuritish klasterini vujudga keltiradi. Klasterning pirovardida xom ashyo qayta ishlashning barcha bosqichidan o‘tib, eksportbop tayyor mahsulotga aylanadi. Klasterni yaratish esa olim va iqtisodchilar, qurilish montaj tashkiloti hamda qurilish industriyasi sanoati, shuningdek, infratuzilmaviy tashkilotlar hodimlari salohiyati, ularning ilg‘or tajribasini yagona maqsad yo‘lida birlashtirishni taqozo qiladi. Xo‘jalik yuritish samaradorligini oshirish uchun
ob’yektiv zaruriyat sifatida xo‘jalik yuritish sub’yektlarining o‘zaro hamkorligi va ishlab chiqarish kooperatsiyasi muayyan tovarlarni ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari oldida turgan vazifalarni hal etishga qaratilgan. Bizning fikrmizcha, korxonalar o‘rtasida ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, ushbu tarmoqlarga qarashli korxonalar iqtisodiyotining asosiy negizini tashkil etib, uning o‘sishiga hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Download 115.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling