Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b
Download 4.27 Mb.
|
Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b. T. Sаl-www.hozir.org (1)
Pm
P1 AC M Pe A MR Qm Q1 Qe Q 15.1-rasm. Tabiiy monopoliyada narxni muvofiqlashtirish 256 Lekin, bunday narxni tabiiy monopoliyalarga qo`llab bo`lmaydi, chunki bu narxda bir qator ishlab chiqaruvchilar zarar bilan ishlab ishdan chiqadilar. Nima uchun deganda, ishlab chiqaruvchilarning xarajatlari har xil bo`lgani uchun narxlar ham har xil bo`ladi. Rasmdan ko`rinib turibdiki, Pe narx raqobatlashgan bozor narxiga to`g`ri keladi va u chekli xarajat bilan o`rtacha daromad chiziqlari kesishgan nuqta bilan aniqlanadi. Narx davlat tomonidan muvofiqlashtirilmasa, monopolist narxni Pm darajada belgilab, Qm miqdorda mahsulot ishlab chiqaradi. Davlat esa narxni barcha uchun o`rtacha xarajat darajasida (o`rtacha xarajat chizig`i bilan daromad chizig`i kesishgan nuqta) belgilaydi, ya`ni P1 . Bu narxga to`g`ri keladigan ishlab chiqarish hajmi Q1 ga teng. P1 AC bo`lishi tabiiy monopolistlarga (uzoq muddatli raqobatlashgan bozordagi firmalar kabi) normal foyda olish imkonini beradi. P1 narxda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori optimal hajmdan kichik Q1 Qe bo`lsa ham iste′molchilar monopolist narxi
olish imkoniyatiga ega bo`ladi. O`rtacha xarajat darajasida o`rnatiladigan narx P1 ni ―adolatli foyda olishni ta`minlaydigan narx‖ deb ataydilar. AQShda ―adolatli‖ narxni ta`minlanishini juda ko`p federal komissiyalar kuzatib boradi. 15.2. Monopol hokimiyat sharoitida narx belgilashda iste′molchi ortiqchaligini egallash Monopol yoki bozor hokimiyatiga ega bo`lgan firmalar rahbarlari oldida turadigan asosiy masalalardan biri - bu qanday qilib bozor hokimiyatidan samarali foydalanishdir. Ular oldida narxlarni qanday belgilash, qancha ishlab chiqarish omillari olish kerak, uzoq va qisqa muddatli oraliqlarda ishlab chiqarish hajmini qancha qilib belgilash kabi masalalarni echish turadi. 257 Raqobatlashgan bozordagi firmalarni boshqarishga qaraganda bozor hokimiyatiga ega bo`lgan firmalarni boshqarish qiyinroq. Raqobatlashgan bozorda narx berilgani uchun firma rahbarlari o`z e`tiborlarini ko`proq xarajatlarni kamaytirishga va sotish bilan bog`liq masalalarni echishga qaratadi. Ishlab chiqarish hajmini esa narxni chekli xarajatlarga tenglashtiradigan hajmda belgilaydi. Monopol hokimiyatga ega firmalar ishlab chiqarish hajmini va mahsulot narxini aniqlashi uchun hech bo`lmaganda talab elastikligining taqribiy qiymatini bilishlari kerak bo`ladi. Monopol hokimiyatga ega bo`lgan firmalarning narxni belgilash strategiyasining asosini iste′molchi ortiqchaligini egallash orqali qo`shimcha foyda olish usullari tashkil qiladi. Faraz qilaylik, firma barcha ishlab chiqargan mahsulotlarini bir narxda sotsin (15.2-rasm). P
Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling