D1
R2 E
D2
0 QE Q, gektar
18.7-rasm. Yer bozorida muvozanat holat
Yerga bo`lgan talab chizig`i D (yer unumdorligining pasayish qonuniga ko`ra) manfiy yotiqlikka ega. Yer taklifi chizig`i S ni talab chizig`i D1 bilan kesishgan nuqtasi E1 yer bozoridagi muvozanat holatini bildiradi. R1 muvozanat renta bo`lib, u har oyda ijarachi tomonidan yer
egasiga to`lanadi. R1E1QE 0 to`rtburchak yuzi barcha yerdan foydalanish uchun to`lanadigan umumiy renta. Agar asosiy mahsulot bug`doy bo`ladigan bo`lsa, bug`doyga bo`lgan talabning ortishi, yerga bo`lgan
talabning ortishiga olib keladi D3 , natijada bir gektar yerga to`lanadigan renta R1 dan R3 ga ko`tariladi. Ushbu holat umumiy (absolyut) renta
0R3E3QE to`rtburchak yuziga teng bo`ladi. Agar bug`doyga bo`lgan talab kamaysa, har oyda to`lanadigan renta ham kamayadi va umumiy renta
qiymati 0R2 EQE to`rtburchak yuzigacha kamayadi.
Ko`rinib turibdiki, taklif absolyut elastik bo`lmaganda yer rentasi asosan unga bo`lgan talabga bog`liq.
Diffyerensial renta. Absolyut rentani qaraganimizda, yerning sifati, joylashuvi bir xil deb faraz qilgan edik. Haqiqatda esa yerlar hosildorligi bo`yicha hamda joylashuviga ko`ra bir-biridan farq qiladi.
326
Faraz qilaylik, tabiiy hosildorligi bo`yicha 3 xil yer bo`lsin, ya′ni, yaxshi, o`rtacha va yomon yerlar. Bu yerlarning hosildorligi har xil bo`lganligi uchun, ularning teng o`lchamdagi uchastkalariga teng miqdorda kapital va mehnat sarflasak, turli xil natija olamiz. Hosildorligi yuqori bo`lgan yerdan, boshqa yerlarga nisbatan ko`proq hosil olamiz va bu ortiqcha olingan hosil yerning faqat tabiiy hosildorligi bilan bog`liqdir. Yaxshi hosildor yerga renta o`rtacha yer rentasiga ko`ra yuqori, o`rtacha yer rentasi esa yomon yer rentasiga ko`ra ko`p bo`ladi, yomon yer egasi esa sof iqtisodiy (absolyut) renta oladi (18.8-rasm).
-
Do'stlaringiz bilan baham: |