Befarqlik chizig`i (indifference curve) - shaxs uchun bir xil naf beradigan bo`sh vaqt, ish vaqti va ish haqi (daromad) kombinasiyalarini ifodalovchi egri chiziq (bu yerda bo`sh vaqt va ish vaqti 0 dan 24 soatgacha qiymat qabul qiladi va har bir ish vaqti ma`lum daromadni, ish haqini ifodalaydi).
Bozor muvozanati - bozorda taklif miqdorini talab miqdoriga teng bo`lgan hol, taklif chizig`i bilan talab chizig`i kesishgan nuqtaga muvozanat nuqta deyiladi.
Byudjet - iste`molchining ma`lum vaqt oralig`ida oladigan barcha daromadlari yig`indisi.
Byudjet chegarasi (budget constraint) - ―umumiy vaqt – daromad‖ koordinatalariga ega bo`lgan to`g`ri chiziq bo`lib, uning yotiqlik
352
burchagi ish haqini ifodalaydi. (daromad 0 bo`lganda vaqt 24 soatga teng, ya`ni (24,0).
Byudjet chizig`i (budget line) - byudjetni to`liq sarflash sharti bilan iste`molchi sotib oladigan tovarlar kombinasiyalarini ifodalovchi chiziq.
Daromad (revenue, yalpi daromad, TR) - sotilgan tovar miqdorini narxga ko`paytirilganiga teng, mahsulotlarni sotishdan tushgan tushum.
Daromad samarasi (income effect) - iste`mol majmuasiga kiruvchi ne`matlardan birining narxi o`zgarishi natijasida hosil bo`lgan real daromad hisobidan iste`mol tarkibini o`zgarishi.
Diversifikasiya - tavkkalchilikni pasaytirish usuli bo`lib bunda tavakkalchilik (yo`q otishlar) bir qator tovarlarga shunday taqsimlanadiki, tovarlardan bittasini sotib olishdan tavakkalchilikning ortishi boshqa tovarni sotib olishdagi tavakkalchilikning pasayishini bildiradi.
Diskontlash - qiymatlarni (daromadni, xarajatni, kapitalni) boshlang`ich yilga yoki oxirgi yilga keltirish.
Dispersiya - kutiladigan natijadan haqiqiy natijaning o`rtacha kvadratik chetlanishi.
Differensial renta - boshqa resurslarga nisbatan yuqori unumdorlikka ega bo`lgan resurs egasi tomonidan olinadigan renta.
Elastiklik (elasticity) - talab va taklifga ta`sir qiluvchi omillarning o`zgarishi natijasida ularni qanchaga o`zgarishi tushuniladi (narxni, daromadi, istе`molchilar soni va xokazo).
Do'stlaringiz bilan baham: |