Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b
Talab va taklif funksiyalari
Download 4.27 Mb.
|
Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b. T. Sаl-www.hozir.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`quvchining daftarga bo`lgan yakka talabi
- 2.8-rasm. Daftarga bo`lgan chiziqli talab grafigi
3.3. Talab va taklif funksiyalari
Talab va taklifni funksiya orqali ham ifodalash mumkin. Agar talabga bitta o`zgaruvchi omil (masalan tovarning narxi) ta′sir ko`rsatsa ular o`rtasidagi bog`liqlikni bir omilli talab funksiyasi orqali ifodalash 48 mumkin. Bir omilli (o`zgaruvchili) funksiyaga misol sifatida narxga
miqdorda mahsulot sotib olishi mumkinligini ko`rsatadi. Masalan, daftar narxi va daftarga bo`lgan oylik talab quyidagicha bolsin (3.3-jadval).
Manba: shartli raqamlar Bu jadvaldagi talab (Qd) bilan narx (P) o`rtasida teskari bog`liqlik mavjud. Negaki, narx (argument) oshishi bilan talab miqdori (funksiya qiymati) kamayib bormoqda. Jadvaldagi talab bilan narx o`rtasidagi bog`liqlik analitik, ya′ni funksiya shaklida berilganda quyidagicha yoziladi: Qd 0,2 2000 P Ushbu funksiyadagi talab (Qd) va narxdan (P) biriga, uning jadval qiymatlarini qo`ysak, mos holda ikkinchisining qiymatini aniqlaymiz. Chiziqli talab funksiyasining grafigi quyidagicha aniqlanadi. Narx
Olingan qiymatlar asosida talab chizig`ini chizamiz (3.8-rasm). P A
0 aB Q 3.8-rasm. Chiziqli talab grafigi 49 a Talab funksiyasi chiziqli bo`lgani uchun narx (P) noldan b gacha o`zgarganda, talabning Qd qiymati AB to`g`ri chizig`i ustida yotadi. Endi 3.3-jadvalda keltirilgan talab funksiyasi grafigini chizamiz (3.9-rasm). P 10000 A 3000 Qd 2000 0,2P
2.8-rasm. Daftarga bo`lgan chiziqli talab grafigi P 0 bo`lganda, maksimal talab miqdori Qd 2000 ga teng (grafikda u B nuqta bilan belgilangan). Daftar narxi P 10000 so`mga teng bo`lganda, talab miqdori Qd 0 ga teng bo`ladi (grafikda bu A nuqta). A nuqta bilan B nuqtani tutashtiruvchi to`g`ri chiziq berilgan funksiya uchun talab chizig`ini hosil qiladi. Ko`p omilli (o`zgaruvchili) talab funksiyasi talab miqdorini unga ta`sir qiluvchi bir necha omillar bo`yicha aniqlaydi. Misol tariqasida non bozori modelini qanday aniqlanishini qaraymiz. Faraz qilaylik nonga bo`lgan talab nonning narxi (Pn) va iste′molchining daromadiga (R) bog`liq bo`lsin. Bu bog`liqlik quyidagicha ifodalanadi: Qd f Pn , R (1). Bu holda ko`p o`zgaruvchili talab funksiyasi ikki o`zgaruvchiga, non narxi (Pn) va iste′molchi daromadiga (R) bog`liq. Misol. Nonga bo`lgan ikki omilli talab funksiyasi berilgan: Qd 800 20Pn 2R Bu funksiya orqali berilgan non narxi va iste′molchi daromadida nonga talab qancha ekanligini aniqlash mumkin. Agar non narxi (Pn) 1500 so`m, daromad 15500 so`m bo`lsa, nonga talab 200 taga teng bo`ladi. Qd 800 20 1500 2 15500 200 Agar iste′molchi daromadi o`zgarmas bo`lib, R=15500 so`mga teng bo`lsa, u holda bir omilli nonga talab funksiyasini olamiz: 50 Qd 30200 20 Pn yoki non narxi (Pn) 1500 so`m bo`lib, o`zgarmas bo`lsa, biz daromadga bog`liq nonga talab funksiyasini quyidagicha yozamiz. Qd 31200 2 R . Talabga narxdan tashqari ta′sir qiluvchi barcha omillarni hisobga oladigan bo`lsak, ko`p omilli (o`zgaruvchili) talab funksiyasi quyidagicha yoziladi: Qd f P, R,T ,W , PS , PC , N ,O Bu yerda: Qd - talab; R - iste′molchilar daromadi; T - iste′molchilar didi; W- kelgusidagi o`zgarishlarni kutishlar; PS - o`rinbosar tovarlar narxi; PC - bir-birini to`ldiruvchi tovarlar narxi; N- xaridorlar soni; O - boshqa omillar. Shunday qilib, ko`p omilli talab funksiyasi yordamida, talab miqdorining unga ta′sir qiluvchi omillar (yoki bir qator omillar ta′siri o`zgarmas bo`lganda qolgan omillar) ta′siri bo`yicha o`zgarish qonuniyatlarini tahlil qilish mumkin. Xuddi talabdagi singari taklif va unga ta′sir ko`rsatuvchi omillar o`rtasidagi bog`liqlikni funksiya orqali ifodalash mumkin. Taklif funksiyasi bir birlik tovar narxi P bo`lganda sotuvchilar maksimal darajada qancha miqdorda tovar taklif qilishi mumkinligini ko`rsatadi. Taklifga faqat bitta omil, masalan tovarning narxi ta′sir ko`rsatganda bir o`zgaruvchili taklif funksiyasi quyidagi ko`rinishda yoziladi: Qs f P bu yerda Qs - tovar taklifi miqdori; P- bir birlik tovar narxi. Bir o`zgaruvchili taklif funksiyasini chiziqli tenglama ko`rinishida ham yozish mumkin: QS a bP Bu yerda: Qs 0 va P 0 , a va b parametrlar statistik ma`lumotlar asosida hisoblanadi. Chiziqli taklif funksiyasi narx P bo`lganda, sotuvchi maksimal miqdorda qancha mahsulot sotishi mumkinligini ko`rsatadi. Masalan, qalam narxi va sotuvchining shu narxlarda qalam taklifi quyidagicha bolsin (3.4-jadval).
Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling