Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b
Download 4.27 Mb.
|
Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b. T. Sаl-www.hozir.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.6-rasm. Talab chizig`i elastik (a) va noelastik (b) holatda narxni oshirishning sotuvchi daromadiga ta′siri
- 5.7-rasm. Talab chizig`i elastik (a) va noelastik (b) holatda narxni tushirishning sotuvchi daromadiga ta′siri
- Misol
- 5.4. Soliq yukini iste′molchi va ishlab chiqaruvchi o`rtasida taqsimlanishini tovar elastikligiga ko`ra tahlili
5.6-rasm. Talab chizig`i elastik (a) va noelastik (b) holatda narxni oshirishning sotuvchi daromadiga ta′siri Endi yuqoridagi holatga mutlaqo teskari bo`lgan holat, ya′ni talab elastikligiga qarab narxni pasaytirishning sotuvchi daromadiga ta′sirini qaraymiz (5.7-rasm).
5.7-rasm. Talab chizig`i elastik (a) va noelastik (b) holatda narxni tushirishning sotuvchi daromadiga ta′siri 90 Mahsulotga talab elastik bo`lganda (5.7-a-rasm), narxni P1 dan P2 ga tushirish natijasida ko`riladigan A yuzaga teng zararga (–TR) nisbatan, talabning Q1 dan Q2 ga oshishi natijasida olinadigan B yuzaga teng qo`shimcha daromad (+TR) ko`pligidan sotuvchining yalpi daromadi oshadi. Mahsulotga talab noelastik bo`lganda esa (5.7-b-rasm) narxni P1 dan P2 ga tushirish natijasida ko`riladigan A yuzaga teng zarar (–TR), talabning Q1 dan Q2 ga oshishi natijasida olinadigan B yuzaga teng qo`shimcha daromadga (+TR) nisbatan ko`pligidan sotuvchining yalpi daromadi qisqaradi. Masalan, yil yaxshi kelib, fermerlar yuqori hosil olganda, narx pasayib ketishidan ularning daromadi kamayib ketadi. Chunki, qishloq xo`jaligi mahsulotlariga bo`lgan talab elastikligi ancha past. Talab elastikligining bu xususiyatlarini bilish sotuvchilarga narxni o`zgartirish orqali daromadlarni oshirish imkoniyatini beradi. Bunda daromadning o`zgarishi narxning o`zgarishiga teskari bo`lganligidan, sotuvchilar talab elastikligi yuqori bo`lgan mahsulotlarning narxini pasaytirish orqaligina sotuvlar hajmini va daromadini oshirishlari mumkin. Talab noelastik bo`lgan holatda esa, narxni oshirish talab hajmini keskin qisqarishiga olib kelmaydi. Chunki, ko`pincha iste′molchilar uchun birlamchi ehtiyoj sanaladigan ne′matlarga talab noelastik hisoblanadi. Bunday sharoitda sotuvchilar daromadni oshirish uchun narxni ko`tarishlari mumkin. Ko`pchilik mamlakatlarda davlat talab elastikligi past (noelastik) bo`lgan tovar va xizmatlar narxini cheklab turadi. Aks holda elastiklik qonuniyatlaridan unumli foydalanib, sotuvchilar daromadlarini oshirish maqsadida noelastik talabga ega tovarlar narxini oshirib yuborishlari mumkin. Misol. Faraz qilaylik, bug`doyga bo`lgan talab funksiyasi quyidagi ko`rinishda berilgan bo`lsin: QD 250 4000 P , Bu yerda P - bir pud bug`doy narxi; QD - talab hajmi, mln. pud. Sotuvchi daromadini maksimallashtiruvchi bug`doy hajmi (Q) aniqlansin. 91
aniqlaymiz: P 16 Q 2501 .
Daromad funksiyasidan Q bo`yicha hosila olib, natijani nolga tenglashtirib yechamiz: TR 16 2Q 0 . Qe 2000 mln. pud. 4000 : 2 Q 250 Demak, sotuvchi daromadini maksimallashtiruvchi sotiladigan bug`doy hajmi Qe 2000 mln. pudga teng ekan. Bir pud bug`doy narxi: P 16 8 8 pul birligiga teng. Umumiy daromad TR 2000 8 16000 pul birligi. Faraz qilaylik, sotuvchi sotiladigan bug`doy hajmini 250 mln. pudga oshirdi. Uning daromadi qanday bo`lishini hisoblaymiz. Sotiladigan bug`doy hajmi 2250 mln. pud. U holda bir pud bug`doy narxi P 16 2250250 7 pul birligiga teng. Umumiy daromad TR 15750 pul birligiga teng.7 2250 Ko`rinib turibdiki, sotuvchi sotiladigan bug`doy hajmini optimal hajmdan oshirsa, uning daromadi maksimal daromaddan past bo`ladi. Xuddiy shunday, sotuvchi optimal hajmdan kamroq hajmda bug`doy sotsa ham, uning umumiy daromadi kamayadi. 5.4. Soliq yukini iste′molchi va ishlab chiqaruvchi o`rtasida taqsimlanishini tovar elastikligiga ko`ra tahlili Elastiklik nazariyasi firmalar va davlatning iqtisodiy siyosatini belgilashda muhim qurol bo`lib hisoblanadi. Ma′lumki, talab va taklif chiziqlarining yotiqligi, ularning elastiklik koeffitsiyentlari miqdorining qzgarishiga ko`ra o`zgaradi. Talab va taklifning elastik yoki elastik bo`lmasligi soliq yukining iste′molchi va ishlab chiqaruvchilar o`rtasida qanday gaqsimlanishini, ya′ni soliqning qancha qismini iste′molchi va qancha qismini ishlab chiqaruvchi to`lashini aniqlab beradi. 92 Faraz qilaylik, davlat bir birlik tovarga t miqdorda (o`zgarmas) soliq belgilasin. Bu o`z navbatida taklif chizig`ini S holatdan yuqoriga ́ – holatga siljitadi (5.8-rasm) . Umumiy soliq iste′molchi va ishlab chiqaruvchi o`rtasida taqsimlanib, o`z ichiga soliq yuki ortiqchaligini oladi. Ushbu soliq yuki ortiqchaligi ―o`lik yuk‖ bo`lib, jamiyat uchun sof yo`qotish hisoblanadi.
5.8-rasm. Soliq yukini ishlab chiqaruvchi va iste′molchi o`rtasida taqsimlanishi Talab elastikligi qancha yuqori bo`lsa (ED>1), uning chizig`i shuncha yotiq bo`ladi va soliqning katta qismi ishlab chiqaruvchilar zimmasiga tushadi (5.9-rasm).
|
ma'muriyatiga murojaat qiling