Limga kirish fanidan 1-Mus
Download 1.35 Mb.
|
Fayoza U Sh ning Taa\'limga kirish fanidan 1 Mustaqil ishi compressed
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI “TT va KT” fakulteti AKT-11-21 Guruh talabasi Fayoza Urolovaning Ta’limga kirish fanidan 1-Mustaqil Topshirdi: Qabul qildi: ish Fayoza.U Ilmurodova.D Reja: 1. Antik davrdagi Yevropa va sharq mamlakatlari ta’lim tizimining qiyosiy tahlili (Ven diagrammasi, T-sxema) grafik organayzerlari asosida. 2. O’zbekiston Respublikasi Uzluksiz ta’lim tizimini tahlili (“Nilufar guli”grafik organayzeri asosida). 3. Ta’lim tizimida innovatsiyalar (Moodle, LMS, SMART ta’lim, E-learning). Antik davr — (lotincha: antiquus — qadimiy) qadimgi yunonlar va rimliklar madaniyatiga xos davr. Uygʻonish davrida yuzaga kelgan atama. Antik davr (lotincha: antiquus — qadimiy) — keng maʼnoda qadimgi davrni anglatuvchi termin; isteʼmolda boʻlgan maʼnoda esa Yunoniston va Qadimgi Rim tarixi va madaniyatining ellinizm davrini anglatadi.[1] Bolqon yarimorali va Oʻrtayer dengizi orollaridagi qadimgi yunon davlatlarining umumiy nomi Qadimgi Yunoniston deb atalgan Gʻarbiy Yevropadayuz bergan alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri. „Renessans“ atamasi dastlab Italiyadagi madaniy-maʼnaviy yuksalish (14—16-asrlar)ga nisbatan qoʻllanilgan, uni oʻrta asrchilik turgʻunligidan yangi davrga oʻtish bosqichi deb baholaganlar. Renessansning asosiy alomatlari: tafakkurda va ilmu ijodda dogmatizm, jaholat va mutaassiblikni yorib oʻtib, insonni ulugʻlash (qarang Gumanizm), uning isteʼdodi, aqliyfikriy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; antik davr (yunonrum) madaniyatiga qaytib, uni tiklash, boyitish; cherkov sxolastikasidan qutulib, adabiyot va sanʼatda dunyoviy goʻzallik, hayot taronalarini qizgʻin kuylash; inson erki, hurfikrlilik uchun kurashish. Buning natijasi oʻlaroq, ijodiy qudrat va tafakkur kuchini namoyish etadigan ulugʻvor badiiy asarlar, salobatli binolar yaratildi, ilmfan rivojlandi. Italiyada shoir Petrarka va Dante, rassom Jotto, adib va mutafakkirlar Bokkachcho, Ariosto, Tasso, Byome Renessans gʻoyalarining jarchilari boʻlib maydonga chiqsilar. Keyinchalik Michelangelo, Rafael, Shakespeare, Miguel de Cervantes Yevropaning turli mamlakatlarida buni davom ettirdilar. Michelangelo di Lodovico Buonarroti Simoni (6-mart, 1475 – 18-fevral, 1564) — italiyalik haykaltarosh, rassom, arxitektor, shoir. Renessans davrining buyuk namoyondalaridan biri. Don Miguel de Cervantes Saavedra(miˈɣel ðe θerˈβantes saaˈβeðra; 29- sentabr, 1547 – 23-aprel, 1616) ispan yozuvchisi, shoiri va dramaturgi boʻlgan. Uning Don Kixot romani Gʻarb adabiyoti klassikasi hisoblanib, 65'dan ortiq tillarga tarjima qilingan. William Shakespeare (talaffuzi: Uilyam Shekspir; 26-aprel 1564-yil – 23-aprel 1616-yil) — ingliz dramaturgi, shoir va aktyor, dunyoning eng mashhur dramaturglaridan biri,. Teatr aktyori va dramaturg sifatidagi faoliyati 1580- yildan boshlangan. Osiyo markazida joylashgan Movarounnaxr, Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir necha asr oldin (9—12- asrlar) ulkan madaniy koʻtarilish yuz bergan, ilm-fan, falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilgʻor insonparvarlik gʻoyalari jamiyat fikrini band etgan, aqliy va ijodiy faollik gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida „Musulmon Renessansi“ (A. Mets) yoki „Sharq Uygʻonishi“ (N. I. Konrad) nomi bilan atalib kelinmoqda. Sharq Uygʻonish davrida Yevropa Uygʻonish davrining asosiy belgilari mujassam: joʻshqin ijodiy faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlarining amalga oshirilgani, aqlni hayratga soluvchi bemisl asarlarning yaratilgani shundan dalolat beradi. Sharq Uygʻonish davri ham ulugʻ allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur mutafakkirlarni yetishtirdi. Aniq fanlar sohasida Muhammad al-Xorazmiy, Abu Bakr Roziy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Fargʻoniy, Umar Xayyom, Mirzo Ulugʻbek jahonshumul kashfiyotlar qildilar. Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Ibn Rushd, Muhammad Gʻazoliy, Nasafiy Aziziddinlarning falsafiy asarlari tafakkur xazinasini boyitdi, olam, odam va jamiyat yaxlitlikda tadqiq etilib, yangi qonuniyatlar ochildi, aqliy bilim ufqlari kengaydi, fozil jamiyat va komil inson nazariyasi chuqur ishlab chiqiddi. Sheʼriyatda Abu Abdullo Rudakiy, Abulalo alMaarriy, Abulqosim Firdavsiy, Jaloliddin Rumiy, Hofiz Sheroziy, Nizomiy Ganjavip, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy kabi daho ijodkorlar yetishib, oʻlmas asarlar yaratdilar, ishqmuhabbat, qahramonlik, ozodlik va ezgulikni kuyladilar. Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy (4-sentabr, 973, Kat, Xorazm, — 13- dekabr, 1048,Gʻazna) — Islom oltin davrining zabardast Xorazmlik qomusiy allomalaridan biri. Al-Beruniy nomi forscha „birun“ (“chet” degan maʼnoni anglatadi) soʻzidan olingan boʻlib, u Afrigʻiy Xorazmshohlar poytaxti Kat shahrining chekka tumanida tugʻilgan. Ahmad al-Fargʻoniy (toʻliq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al- Fargʻoniy) (taxminan— astronomiya, matematika, geografiya va boshqa ilmiy yoʻnalishlarda faoliyat koʻrsatgan oʻzbek qomusiy olimi. Sharqda Al-Fargʻoniy, Yevropada Alfraganus taxalluslari bilan mashhur. Uning hayoti va ilmiy faoliyati toʻgʻrisida juda oz, u ham boʻlsa, uzuq-yuluq maʼlumotlar yetib kelgan. Umar Xayyom (taxallusi; asl ism-sharifi Gʻiyosiddin Abulfath Umar ibn Ibrohim Xayyom Nishopuriy) (1048.18.5, Nishopur - 1131.4.12) — matematik, astronom, faylasuf, hakim va mutafakkir shoir. Afzalliklari Kamchiliklari. Antik davrida Yevropa va Sharq mamalakatlarida ko’plab olimlar ta’lim tizimini rivojlanishiga katta hissa qo’shgan. Antik davrda ta’lim tizimi rivojlanishi uchun bugungi kundagidek shart-sharoitlar bo’lmasligi. Ta’lim – O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuniga muvofiq bu, inson, jamiyat, davlat manfaatlari yo’lidagi aniq maqsadga yo’naltirilgan jarayondir. Ta’lim deganda o’quvni yuzaga keltiradigan tashkiliy va barqaror aloqa jarayoni tushuniladi. Xullas ta’lim avvalo o’quvchilarda bilimlar, uquvlar va malakalar tizimlari shakllanishida ifodalanadigan ta’lim jarayonining nisbiy natijasidir, shuningdek, tarbiya, o’z-o’zini tarbiya, ta’sir jarayoni, ya’ni inson qiyofasini shakllantirish jarayoni: bunda bilimning hajmi emas, balki uni shaxsiy sifatlar, o’z bilimlarini mustaqil tasarruf etish uquvi bilan birlashtirish asos hisoblanadi. Ta’lim tizimi– ta’limning mazmuni, shakli va usullarini belgilovchi qoidalar (tamoyillar) asosiy ketma-ketlik, oddiydan murakkabga qarab borish tizimi hisoblanadi. Uzluksiz ta’lim deganda inson butun hayoti mobaynida olishi mumkin bo’lgan ta’lim hisoblanadi. Uzluksiz ta’lim - bu uning rivojlanishi tugamasligi, tadrijiy bog’liq bo’lgan bir necha bosqichlarga bo’linishi, har bir bosqich yangi, ancha yuqori darajadagi bosqichga o’tish uchun imkon yaratishi tushuniladi. Uzluksiz ta’lim tizimi – yagona ta’lim tizimi, ta’limni shaxs ijodiy imkoniyatlarining muntazam rivojlanishini ta’minlovchi bir umrlik jarayon sifatida talqin etiladi va uning ma’naviy dunyosini har tomonlama boyitadi. Tizim shaxsning rivojlanish jarayonini, “pillapoya” tarzida uning qaror topishining imkonini beradi, “pillapoya”ning har bir pog’anasi insonning o’z ta’lim jarayonida yanada yuqori darajada erishishga tomon tadrijiy harakatini anglatadi. Uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini insonparvarlashtirish keng dunyoqarashli va ma’rifatli, aql-idroki mukammal, ma’naviy- axloqiy jihatdan barkamol, ruhan tetik, o’z mamlakati va uning jahon hamjamiyatida tutgan o’rni va rolida o’zining fuqarolik mas’uliyatini to’g’ri va to’la anglab yetgan iymonli, komil inson shaxsini tarbiyalash maqsadlaridan kelib chiqadi. O'zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha bo'lib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Maktabgacha ta’lim Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish ta’lim. Umumiy o’rta ta’lim Uzluksiz ta’lim O’rta maxsus, kasb hunar ta’limi. Oliy ta’lim INNOVATSIYA (inglizcha innavation)-yangilik kiritish, yangilikdir.Innovotsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to’liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar-bu jamoa bo’lib fikrlash deb yuritiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat MirziyoyevOliy Majlisga Murojaatnomasida 2018-yilga faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab quvvatlash yili deb nom berishni taklif etdi. Davlatimiz rahbari innovatsiyaning ahamiyati tog'risida quyidagilarni ta'kidladi: «Innovatsiya bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo'lsak, uni aynan innovatsion g'oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak». 2018-yilda respublikamizda innovatsiyalarni rivojlantirishning asosiy vazifalari qatorida quyidagilar belgilandi: «Kelgusi yilda ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, buning uchun zarur moliyaviy resurslarni safarbar etish, ushbu jarayonda iqtidorli yoshlar ishtirokini, ijodiy g'oya va ishlanmalarni har tomonlama qo'llab quvvatlash vazifasi e'tiborimiz markazida bo'ladi Innovatsiya Innovatsion faoliyat-pedagogning o’z kasbini takomillashtirishdagi mavjud shakl va vositalarni egallashga ijodiy yondashuvini nazarda tutadi. Ta’limdagi innovatsiyalar va innovatsion faoliyat haqida barqaror, hammaga ma’qul bo’lgan ilmiy tasavvurlar va innovatsion pedagogik faoliyat haqida barqaror va hammaga ma’qul bo’lgan ilmiy tasavvurlar tasniflar shu paytgacha mukammal tarkib topgan emasligini ham e’tirof etish lozim Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayonda o'qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o'zgartirishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda interfaol metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar ta'lim jarayonida qatnashayotgan har bir o'quvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishga asoslanadi. Bu usullardan foydalanganda bilim olish o'quvchi uchun qiziqarli mashg'ulotga aylanadi. Interfaol usullar qo'llanilganda o'quvchilar o'qituvchilar yordami va hamkorligida mustaqil ishlash ko'nikma va malakalariga ega bo'ladilar. O'quvchilar yangi bilimlarni ilmiy izlanish, tadqiqotchilik, tajriba sinovlar o'tkazish asosida o'zlashtiradilar. Ilm orqali bilim olish tamoyiliga amal qilinadi. Ta'lim jarayoni qatnashchilari kichik guruhlarga bo'lingan holda ishlaydilar. O'quv topshiriqlari alohida bir o'quvchiga emas, balki kichik guruhning barcha a'zolariga beriladi. O'qitish jarayonini tashkil etishning asosiy shakli darsdir. Hozirgi paytda darsning xilma xil noan'anaviy shakllari joriy etilmoqda. Bunday darslar o'quvchining ijodiy qobiliyatini o'stirish, aqliy salohiyatini kuchaytirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish va har bir yangilikni tez va to'la qabul qila olish ko'nikma va malakalarining shakllanishiga xizmat qiladi. Xulosa. Xulosa qilib aytganda , innovatsion texnologiyalar-bu ilmiy izlanishlar , izlashmalar yaratish,tajriba-sinov ishlari olib borishyoki boshqa fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda o’quvchilarga yani bilim berishdab iboratdir. Daraslarni tashkil etishda interfaol metodlardan foydalanishga doir darslarni samarali tashkil etish uchun foydalaniladigan metod va o’yinlar haqida ushbu va o’quvchilar toliqqanda o;tkazilishi mumkin bo’lgan dam olish daqaiqalariga doir ushbu taqdimot bilanham tanishib ko’rishingiz mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. // «Xalq so'zi» gazetasi, 2017 yil 23 dekabr 2. Ibragimova G.N. Interfaol o'qitish metodlari va texnologiyalari talabalarning kreativlik qobiliyatlapini rivojlantirish. I Monografiya. - T.: «Fan va texnologiyalar», 2016. -77-b. 3. Mochalova N.M. Maktabning metodik ishini tashkil etishning innovatsion yondashuvlari: O'quv qo'llanma. - Ufa, 2002. - 86 bet Slastenin V.A., Podimova L.S. Pedagogika: innovatsion faoliyat. - M., 1997 E’tiboringiz uchun rahmat! Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling