Limondagi foydali
Limonning 10 foydasi xususida
Download 21.7 Kb.
|
Limondagi foydali
Limonning 10 foydasi xususida1. Bronxit 5 dona piyozni mayda to‘g‘rab yoki qirg‘ichdan o‘tkazib, 7 osh qoshiq asal soling. 1 dona limonni ham go‘shtqiymalagichdan o‘tkazib, hamma masalliqlarni aralashtiring. Kuniga 2-3 choy qoshiqdan 3-4 mahal, 10-14 kun davomida qabul qiling. 2. Angina 1 kg. limonni po‘stidan tozalab, sharbatini chiqaring. Limon sharbati o‘z holicha juda quyuq bo‘lgani uchun, uni ma’danli suv bilan 1:1 yoki 1:2 nisbatda suyultiring. So‘ng suv o‘rnida anginani davolash yoki oldini olish uchun ichib turasiz. 3. Gripp 1 kg. olma va 1 kg. sabzini mayda qirg‘ichdan o‘tkazing. 0,5 kg. turshakni ham yuvib, maydalang. So‘ng go‘shtqiymalagichdan o‘tkazilgan 2 dona limon va 5 osh qoshiq asal solib yaxshilab aralashtiring. Gripp epidemiyasi tarqalganda 1-2 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal tanovul qiling. 4. Ortiqcha vazn 1 stakan limon va 1 stakan o‘rik sharbatini aralashtirib, shisha idishga solib qo‘ying. Kuniga 3 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin 1 stakandan ichsangiz, asta-sekinlik bilan ortiqcha santimetrlaringizdan xalos bo‘la boshlaysiz. 5. Gastrit 1 stakan maydalangan arpa yormasiga 1,5 stakan qaynagan suv quyib, 5 daqiqa qaynating. Keyin 2 stakan sut qo‘shib yana 5 daqiqa qaynatasiz. So‘ng bo‘tqani biroz sovutib, yarimta limon sharbatini qo‘shing. Yaxshilab aralashtirib, nonushta o‘rnida 10-14 kun qabul qiling. 6. Artrit Limonni teng ikki qismga bo‘lib, sharbatini siqib olingda, 1 kunda 2 marta bo‘g‘imlar yuzasiga surting. Teriga singib ketgunicha harakatlanmang. 7. Asab toliqqanida Charchaganda limonni qayta-qayta hidlash kayfiyatni ko‘taradi, yurakka taskin beradi. 8. Qon bosimini tushiradi Bir kosa qaynoq suvga 1 dona limonni to‘g‘rab, 1 osh qoshiq asal soling. 4-5 soat tindirib ichish qon bosimini tushiradi. 9. Klimaksda tinchlantiradi Bu pallada muntazam limon iste’mol qilish, klimaksning yengilroq kechishiga yordam beradi. 10. «SPF» o‘rnida foydalaning Kechqurun 1 litr suvga yarimta limonni solib yotsangiz, ertalabgacha tinib turadi. Bunday aralashmaga yuzini yuvgan ayollarga oftob nuri ta’sir qilmaydi. Download 21.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling