Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo


Download 239.88 Kb.
bet1/7
Sana05.01.2022
Hajmi239.88 Kb.
#229357
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

TABIIY FANLAR FAKULTETI

BIOLOGIYA YO`NALISHI

103-gurux talabasi Alisherov A`zamjonning

BOTANIKA” fanidan

O`zbekiston florasida ANOR (PUNICA L.) turkumi”

mavzusida kurs ishi

 

 



 

 

Andijon-2020

Mundarija

KIRISH……………………………………………..………3

I.bob Umumiy ma`lumot………………………….5

II.bob Asosiy qism

III.bob Ishning maqsadi va vazifalari………...5

3.1 Anor o`simligini tarqalishi va tarkibi .

3.2 O`simlik tarkibida uchraydigan biologik faol moddalar.

3.3 Anor o`simligining dorivor qismlari va anor sharbatini

shifobaxsh xususiyatlari.

IV.bob Tajriba qism………………………………………….16

4.1 Anor o’simligi tarkibidagi boifaol moddalar uchun sifat reaksiyalar o`tkazish.

Xulosa…………………………………………………………17

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati……….......18

 

 



 

 
KIRISH


Anorning foydali xususiyat haqida afsonalar mavjud.Ko`pgina etnik guruhlar bu”jannat olma”deb ataladi va nafaqat bu meva bilan o`xshashligi borligi uchun emas ,balki organizmga tasiri haqiqatan ham sehrli deb atash mumkin.Qadimgi tsivilizatsiyalarning kunlaridan buyon anor yurak mushaklari,oshqazon, anemiya shuningdek virusli va bacterial kasalliklarning davolash uchun vosita bo`lib qoldi.Biroq nafaqat anor tohumlari sehrli va davolovchi xususiyatga ega. Ularing terisi ham odamga turli xil foydali narsalarni berishi mumkin.Hindistonda yashab o`tgan taniqli tabib Muhammad Xusayn ibn Muhammad al-Oqiliy o`zing “Mazanul-adviya”(“Davolar hazinasi”) kitobida anorning birqancha foydali xususiyatlari haqida sanab o`tadi.Chunonchi anorning ozuqali quvvat ko`p bo`lsada qon tomirlardagi tiqilmalarni ochadi peshob haydaydi.Issiq mijoslikodam ovqatlangandan keyin anor istemol qilsa ovqatning yengil singishiga yordam beradi oshqazondan ichak tomon yonalishining tezlashtiradi.Bu xolat ayniqsa oshqazon-ichak hastaligida,kabziyatiga chalingan insonlar uchun nihoyatda foydali.uning shifobaxshligi jihatdan anor sharbati uzum sharbatidan ustun turadi.uuning tarkibidagi antioksidant moddasi esa organizmning yoshartirib saraton kasaligidan saqlaydi.Xitoy xalq tabobatida anor gullaridan tayyorlangan damlama ichburug,tishlarning qimirlab tushib ketishi(parodontoz)nin oldini olishda ishlatiladi.Shuningdek, anor gullari quritilib kukuni turli jaroxat larda sepiladi.1807-yilda kalkuttalik shifokor Buxsan qadimdan Hindistonda anor daraxtning ildizi lentasimon gijjalarni nobut qilishda qo`llanilganligi ilmiy isbotdir.Shri-lanka aholisi anorning qizil gullaridan damlama tayyorlab undan ko`z hastaliglarini davolashda hamda uning oldini olishda hanuzgacha foydalanilib kelinadi.O`rta asr Yevropalik shifokorlar anor sharbatini asabni tinchlantiruvchi vosita sifatida qo`llab kelishgan.1639-yilda Stoxer ismli olim anor sharbatini asal bilan birga qaynatib burun hastaligilarini muvaffaqat bilan davolagan.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda farmatsevtika sohasida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, jahon bozorida raqobatdosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini va uning turlarini kengaytirishga qaratilgan tarkibiy o‘zgartirishlar amalga oshirildi. Natijada 146 ta mahalliy farmatsevtika korxonasi tomonidan 2000 xildan ortiq dori-darmon vositalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 2016-yil yakunlari bo‘yicha mamlakatimiz farmatsevtika bozorida mahalliy dori-darmon vositalarining ulushi 55 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, tarmoqda bugungi kunda olib borilgan tahlillar ichki bozorni mahalliy dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan yanada ko‘proq to‘ldirish uchun respublikamizning farmatsevtika sohasini rivojlantirish bo‘yicha yanada samarali chora-tadbirlar ko‘rish zarurligini ko‘rsatmoqda. Ta’kidlash joizki, dunyo farmatsevtika sanoatida 8500 turdagi dori-darmon vositalari ishlab chiqarilayotgan bo‘lsa, ularning 6300 tasi xalqimiz ehtiyojlari uchun import qilinadi. Yurtimizdagi dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan farmatsevtika korxonalarining xorijiy xomashyo hamda materiallar importiga yuqori darajada bog‘liqligi soha rivojiga asosiy to‘siq bo‘lib qolmoqda. Mahalliy xomashyo va dorivor o‘simliklar asosida dori-darmon vositalarini ishlab chiqarishni kengaytirish hisobiga farmatsevtika mahsulotlarining mahalliylashtirilishini chuqurlashtirish hamda kengaytirish, shuningdek, ularni tibbiyot amaliyotiga keng joriy etish dolzarb masala hisoblanadi. Hozirgi paytda xalqaro tibbiyot amaliyotida foydalanilayotgan 350 turdagi dorivor o‘simliklardan 71 tasi respublikamizda tashkil etilgan sanoat plantatsiyalarida yetishtiriladi. Bu esa talab va ehtiyoj katta bo‘lgan dori-darmon vositalarini mahalliy sharoitda uzluksiz ishlab chiqarish uchun yetarli emas, albatta.

 


Download 239.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling