Lingvist oxirgi shakl 1-son indd
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Lingvist OXIRGI SHAKL 1-son
Эпштейн 1991, 19-33
]. V.G.Gak, B.Y.Norman, M.N.Epshteynning nazariy fikrlariga hamda pragmatik tamoyillarga tayangan holda, fikrimizcha, pragmema tushunchasini kengaytirish hamda sintaktik qurilmalar pragmatik mazmunini ifodalovchi implitsit sintagmalarga nisbatan ham qo‘llash maqsadga muvofiqdir. K.Susov tilshunoslikda pragmatik yo‘nalish shakllanishining ilk bosqichlarida K.Byulerning nazariy qarashlari muhim ahamiyatga ega ekanligiga alohida urg‘u beradi: «Avstriyalik psixolog K.Byuler asarlari, ayniqsa, uning «Til nazariyasi: Tilning reprezentativ funksiyasi» nomli fundamental tadqiqoti tilshunoslikda pragmatika atamasini qo‘llamagan va alohida soha sifatida ajratishga urinmagan holda, pragmatik g‘oyalarni shakllantirishda salmoqli rol o‘ynaydi. K.Byuler til haqidagi fan tamoyillarini empirik umumlashmalarga asoslangan aksiomalar majmui sifatida shakllantirdi. U ikki nutqiy Pragmatik lingvistikaning shakllanishi va matnning lingvopragmatik tadqiqi 71 va ikki lisoniy shakllar o‘rtasidagi farqni taklif qildi, til belgilarining asosiy vazifalarini tavsifladi, har xil turdagi, xususan, indikator maydoniga kiritilgan belgilar xususiyatlarini ko‘rib chiqdi. Uning asarlari ko‘p jihatdan til pragmatikasi talablariga javob beradi. Ehtimol, shular asosida, zamonaviy tilshunoslikda faol muhokama qilinayotgan gap va jumla, boshqa ma’noda – haqiqiy va virtual gap o‘rtasidagi farqni ifodalash mumkin» [ Сусов 2006 ]. K.Byulerning tilga faoliyat usuli sifatida yondashuvi o‘ziga xosdir. Bunda u to‘rt obyektni ajratadi: I II 1 H W 2 A G d) H – nutqiy faoliyat (sprechhandlung); e) W – lisoniy ifoda (sprachwerk); f) A – nutqiy akt (sprechakt); g) G – lisoniy tuzilma (sprachgebilde). Birinchi dixotomiyada bo‘linish asoslari quyidagicha tasnifla- nadi: I. Subyekt bilan bog‘liq hodisa sifatida. II. Subyekt bilan aloqasi bo‘lmagan hodisa sifatida. Ikkinchi dixotomiyada hodisalar quyidagicha farqlanadi: 1) quyi darajasi bo‘lgan nutqiy faoliyat va lisoniy vositalar; 2) yuqori darajasi hisoblangan nutqiy akt va lisoniy tuzilma- lar [ Трошина, https://cyberleninka.ru. ]. Nutqiy muloqot jarayonida belgilar va belgi shakllari muayyan rollarni bajaradi. Byulerning so‘zlariga ko‘ra, til ishlash jarayonida belgini jo‘natuvchi, belgini qabul qiluvchi hamda obyektlar va vaziyat- lar maydoni (holatlar)ni bog‘laydi. U uch tomonlama funksiya baja- radi. Ta’kidlash joizki, Ch.Pirs, U.Morris, R.Karnap, K.Byuler tad- qiqotlari semiotikaning rivojlanishi va pragmatikaning shakllanishi- da asos bo‘lsa-da, ammo hali muloqot jarayoni muammolari til belgi- lari faoliyati sifatida deyarli qo‘yilmagan edi. Til falsafasi jiddiy ravishda lingvistik semantikaning qiziqish doirasiga kirib keldi va shu bilan birga ko‘plab lingvistik muammo- lar, xususan, jonli so‘zlashuv nutqi, til ifodalarining cheksiz o‘zga- ruvchanligi, bilvosita ifodalash usullari, «jiddiy bo‘lmagan» nutqiy 72 Muhabbat MADAMINOVA faoliyat turlari (kinoya, hazil, yolg‘on, xushomad, til orqali manip- ulyatsiya qilish va boshqalar) bilan bog‘liq muammolarni hal qil- ishda muloqot jarayoniga faoliyat sifatidagi yondashuv g‘oyalarini olib keldi. Shu tariqa, ko‘plab fanlararo tushunchalar falsafa, man- tiq, tilshunoslik, sotsiolingvistika, etnolingvistika, sun’iy intellekt, kognitiv psixologiya, psixolingvistika, kognitiv semantika va boshqa soha vakillarining birgalikdagi munozaralarida aniq muhokama qi- lina boshladi. Bunday o‘zaro ta’sir natijasida, va birinchi navbatda, til falsafasi va tilshunoslik hamkorligida lingvistik ma’no hodisasiga harakat va mazmun sintezi yondashuvi sodir bo‘ldi. Bu sintez asosi- da pragmatika nisbatan mustaqil fan sifatida vujudga keldi [ Сусов 2006 ]. Ta’kidlash kerakki, kommunikativ vaziyat parametrlari ifo- da determinantlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri anglatmaydi, balki so‘zlovchi yoki tinglovchining nutqiy vaziyat haqidagi subyektiv umumlashma tasviri bilan belgilanadi. Xulosa qilib aytganda pragmatika – bu til tashuvchisi va til o‘rtasidagi munosabatni o‘rganadigan fan. Pragmatika ikki xil mua- mmoni tahlil qiladi: birinchidan, nutqiy akt va nutq «mahsulotlar- i»ning qiziqarli turlarini aniqlash; ikkinchidan, nutqiy kontekstda, muayyan jumlada qanday propozitsiya ifodalanishini aniqlashga ta’sir qiluvchi belgi va xususiyatlarni tavsiflashdir. Tilga antropotsen- trik yondashuv o‘zaro muloqot jarayonida inson omili bilan bog‘liq jihatlarni o‘rganish psixolingvistika, lingvokulturologiya, kognitiv tilshunoslik, pragmalingvistika kabi sohalarning takomillashuvini tezlashtirar ekan, mustaqil paradigma sifatida tobora mustahkam- lanib bormoqda. Matn yaratishdan maqsad fikrni uzviy ifodalash orqali shaxslararo munosabatni ta’minlashdir. Aynan muloqot ja- rayoni, ya’ni shaxslararo lisoniy munosabat mahsuli bo‘lgan di- skursning pragmalingvistik talqini masalasi turli nuqtayi nazardan tadqiq etishni taqozo etmoqda. Pragmatik munosabatlar zanjiri adresant-matn-adresat tizimi orqali yuzaga keladi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling