Lingvist oxirgi shakl 1-son indd


Uzbekistan: Language and Culture 2023/1 (1) ISSN 2181-922X 64—74 Pragmatik lingvistikaning shakllanishi va


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/123
Sana02.12.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1779748
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   123
Bog'liq
Lingvist OXIRGI SHAKL 1-son

64
Uzbekistan: Language and Culture 2023/1 (1)
ISSN 2181-922X 6474
Pragmatik lingvistikaning shakllanishi va
matnning lingvopragmatik tadqiqi
Muhabbat Madaminova
1
Abstrakt
Ushbu maqolada
til nafaqat olam lisoniy tasvirini aks ettirish vo-
sitasi, balki o‘zining funksional, kommunikativ jihatlari bilan muhimligiga 
e’tibor qaratila boshlanganligi bilan xarakterliligi, shu tariqa, antropotsen-
trik tamoyillar negizida tilning inson hayotidagi o‘rni va til taraqqiyotida 
inson omili dixotomiyasi lingvistik pragmatikaning shakllanishiga zamin 
hozirlagani, agar ilgari tadqiqot predmeti so‘z va jumlalarning formal tabi-
atiga, immanent variantlariga ko‘proq e’tibor qaratilgan bo‘lsa, pragmatika 
so‘zlashuvning kommunikativ mazmunini tadqiqot obyektiga aylantirgan-
ligi 
tadqiq qilindi.
Kalit so‘zlar: 
pragmatika, sintaktika, semantika, pragmema,
 
inter-
pretator, belgi, designat

pragmasemantika.
Kirish
So‘nggi o‘n yilliklarda olib borilgan tadqiqotlarning umumiy 
tendensiyasi – til nafaqat olam lisoniy tasvirini aks ettirish vosita-
si, balki o‘zining funksional, kommunikativ jihatlari bilan muhiml-
igiga e’tibor qaratila boshlanganligi bilan xarakterlidir. Shu tariqa, 
antropotsentrik tamoyillar negizida tilning inson hayotidagi o‘rni va 
til taraqqiyotida inson omili dixotomiyasi lingvistik pragmatikaning 
shakllanishiga zamin yaratdi. Agar ilgari tadqiqot predmeti sifatida 
so‘z va jumlalarning formal tabiatiga, immanent variantlariga asosiy 
e’tibor qaratilgan bo‘lsa, pragmatika so‘zlashuvning kommunikativ 
mazmunini tadqiqot obyektiga aylantirdi.
«Pragmatika» atamasi (yunoncha «faoliyat», «harakat» 
ma’nosida) semiotika – belgilarning umumiy nazariyasi asoschilar-
idan biri bo‘lgan Ch.Morris tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan 
[
Мorris 1983, 601-602
]. Olim Charlz Pirs g‘oyalarini rivojlantirgan 
holda semiotikani uch qismga ajratdi: 
1
Madaminova Muhabbat Sotvoldiyevna – Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU 
O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi (PhD).

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling