Lingvist oxirgi shakl 1-son indd


E-pochta:  mxusan15@gmail.com Iqtibos uchun


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/123
Sana02.12.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1779748
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   123
Bog'liq
Lingvist OXIRGI SHAKL 1-son

E-pochta: 
mxusan15@gmail.com
Iqtibos uchun: Minavarov, X. “O‘zbek tilshunosligida sud terminologiyasi”. O‘zbeki-
ston: til va madaniyat. Lingvistika. 2023/1 (1): 147-152.
Uzbekistan: Language and Culture 2023/1 (1)
147


lar qo‘yilayotgan bugungi kunda inson huquqlari va erkinliklarini 
ta’minlash, qonun ustuvorligiga erishish, davlat boshqaruvini mod-
ernizatsiya qilish va sud-huquq islohotlari amalga oshirilayotgan 
bir paytda fuqarolarni huquqiy jihatdan tarbiyalash keng qamrovli 
muhum muommolardan biridir. 
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 
21 oktabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning 
huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchay-
tirish chora -tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4850-sonli farmoni, O‘zbeki-
ston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 avgustdagi “Sud-tergov 
faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolat-
larini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6041-
sonli farmoni [O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni 2020], 
shuningdek farmon va qarorlar kabi sud tizimini yanada isloh qilish 
va takomillashishida olib borayotgan sud tizimi terminlari bo‘yicha 
ilmiy izlanishlarimiz samarali ta’sir ko’rsatadi deb hisoblaymiz. 
Sud nutqi va leksikasi masalasi Q.Mo‘ydinov tomonidan tad-
qiqot ishi yaratildi [Mo‘ydinov 2019]. Tilning turli sohalardagi tat-
biqi, voqelanishining bevosita sud bilan bog‘liqligi xususida Sh.Iskan-
darova [Sh.Iskandarova 1993], S.Hasanov [Mirhamidov M.,Hasanov 
S 2004], Sh.Shahobiddinova [Shahobiddinova Sh.H 2016], X.Hay-
itov [Hayitov X. 2011] lar tomonidan tadqiqotlar yaratildi. Yuridik 
hujjatlarni lingvistik bilimlar asosida tahlil qilish, ularning til va 
uslubi xususida A.Madvalev, M.Aminov, N.Mahmudov, N.Mahkamov, 
Y.Odilov [A.Madvalev, M.Aminov, N.Mahmudov, N.Mahkamov, Y.Odi-
lov 2020], K.N.Qayumova [Qayumova K. 2019] tadqiqot olib bor-
dilar. Lingvistik ekspertologiyani rivojlantirish va uni amaliyotga 
tatbiq etish maqsadida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijasi 
o‘laroq O‘zbek tili yozma matnlarning lingvistik ekspertizasi, uning 
metodologik masalalari bo‘yicha K.X.Musulmonova [Musulmonova 
2022], ilmiy matndagi sodda darak gaplar mazmuniy o‘xshashlik da-
rajalarini aniqlashning lingvistik asoslari, xususan, matnning aniq-
lik, mavhumlik, o‘xshashlik darajalarini aniqlash xususida A.O.Mur-
tazayev [Murtazayev 2022], o‘zbek tilida shaxsiy yozishmalarning 
hududiy xoslanishi masalalari bo‘yicha D.A.To‘rayeva [To‘rayeva 
2022] lar tadqiqot olib bordilar. Ko‘rinadiki, o‘zbekistonlik olimlar 
tomonidan til va huquqning umumiy masalalari bo‘yicha bir qancha 
ishlar amalga oshirilgan. Lekin huquqning maxsus o‘ta tor sohalar-
ida til masalalarining qo‘llanishi, jumladan, o‘zbek-ingliz tillari sud 
tizimi terminlarining funksional-semantik yo‘nalishi bo‘yicha tad-
qiqot ishlari deyarli amalga oshirilmagan.
Xusan MINAVAROV
148


O‘zbekistonda yuridik til, yuridik terminologiya masalalari 
bo‘yicha huquqshunos olimlar F.Bakirov, A.Saidov va G.Sark-
isyanslarning xizmatlarini alohida qayd etib o‘tish maqsadga mu-
vofiq. F.Bakirov o‘zbek yuridik terminlari, ularning shakli va mazmu-
ni, tarixi va kelajagi to‘g’risida maqolalar yozib, «Yuridik terminlar 
lug’ati»
ni tuzgan bo‘lsa, A.Saidov va G.Sarkisyanslarning «Yuridik til 
va huquqshunos nutqi» nomli risolasi va boshqa ilmiy ishlari juda 
qimmmatlidir. Ularda milliy yuridik o‘zbek tilining ilmiy-nazariy 
modelini yaratish g’oyasi ilgari suriladi. Bu sohada Sh.N.Ko‘chi-
movning “O‘zbek tilshunosligida fanlararo integratsiya va uning 
davlat hamda jamiyat taraqqiyotiga ta’siri (til va huquq fanlari mi-
solida)”, G.Y.G’ulomova, O.F.Tursunova, X.Xayitovning “Qonun ijod-
korligida yuridik lingvistikaning o‘rni va ahamiyati” nomli tadqiqo-
ti, Sh.N.Berdiyarovning “Huquqiy tizimni yuridik texnika talablari 
asosida takomillashtirish yo‘nalishi ” mavzusida ilmiy ishi, R.I.Mir-
zayev kabi olimlar tomonidan ham tadqiqotlar amalga oshirilgan. 
Mamlakatimizda olib borilayotgan bunday ilmiy izlanishlarni jahon 
tilshunosligiga olib chiqish maqsadida Sh.Ko‘chimov tomonidan 
maxsus veb saytning yo‘lga qo‘yilganligi ham diqqatga sazovordir. Bu 
kabi tilshunos olimlarimiz tomonidan sud tizimi tilshunosligi sohasi-
da qilingan izlanishlar o‘zbek tilshunosligida salmoqli o‘rin egallaydi. 
Tilshunos olimlarimizning ilmiy izlanishlari o’laroq o‘zbek-ingliz sud 
tizimi terminlarining funksional-semantik yo‘nalishi bo‘yicha tad-
qiqot olib borish ikki millat tilshunosligi terminallogiyasini qiyosiy 
o‘rganishga zamin yaratadi. Bu esa mazkur mavzu bo‘yicha maxsus 
tadqiqotning amalga oshirilishi zarurligini ko‘rsatadi. Sud jarayoni 
o‘ziga xos bir munozara maydoni bo‘lib, unda umuminsoniy axloq 
me’yorlariga mos ravishda davlat va jamiyat, ayni paytda, ayblanuv-
chi va jabrlanuvchi manfaati himoya qilinadi, adolat va haqiqat tush-
unchalarining hukmron bo‘lishi talab etiladi. Bu jarayondagi barcha 
vositalar, shu jumladan, nutq ham ana shu adolat va haqiqatning tan-
tanasiga qaratilgandir.
Sud jarayonida voqelikning har bir holatida qo‘llaniladigan 
huquqshunoslik va jinoyat olamiga doir teminlarning qo‘llanilishi 
turli muommoli masalalarga yechim yoki tugun vazifasini bajarishi 
mumkin, bunday jarayonlarning oldini olish uchun esa sud-tergov 
jarayonida odillikni ta’minlashda sud tizimi terminlarining funksion-
al-semantik jihatdan o‘rganilishi muhim hisoblanadi. Sud jarayonida 
muomolada mavjud bo‘lgan terminlarining qo‘llanilishi o‘rni o‘zbek 
tilshunosligida funksional-semantik jihatdan qiyosiy jihatdan ingliz 
tilshunosligi sud tizimi terminolliyasi bilan bog‘lagan holda o‘rgan-
O‘zbek tilshunosligida sud terminologiyasi

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling