Lingvistik tadqiqi masalasi
Download 1,27 Mb. Pdf ko'rish
|
Navoiy ijodida go\'zallik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Выпуск журнала № – 14 Часть–3_ Февраль–2023 62 2181-3187 TILSHUNOSLIKDA GO’ZALLIK KONSEPTI VA NAVOIY IJODINING
- Annotatsiya
- Kalit so’zlar
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ http://www.newjournal.org/ Выпуск журнала № – 14 Часть–3_ Февраль–2023 62 2181-3187 TILSHUNOSLIKDA GO’ZALLIK KONSEPTI VA NAVOIY IJODINING LINGVISTIK TADQIQI MASALASI Saidrasulova Charos To’lqin qizi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Jurnalistika fakulteti lingvistika (o’zbek tili) yo’nalishi II- kurs magistri Saidrasulovacharos@gmail.com Annotatsiya: Ushbu maqolada Alisher Navoiy asarlarida “go’zallik” konseptiga oid tadqiqotlar tahlili haqida so’z boradi. Navoiy ijodini o’zbek hamda jahon tilshunoslari tomonidan o’rganilganligi masalasi ham yoritiladi. Navoiy asarlarida go’zallik konsept talqini ochib beriladi. Kalit so’zlar: Alisher Navoiy, lingvilulturalogiya, konsept, go’zallik, ilmiy qarashlar. KIRISH Jahon tilshunosligida Alisher Navoiy asarlari tilining fonetik, leksik, semantik, morfologik, sintaktik xususiyatlariga, shuningdek, mutafakkir ijod namunalari yuzasidan izohli, chastotali, konkordans, qomusiy va mavzuiy lug‘atlar yaratish kabi masalalarga alohida ahamiyat berilmoqda. Alisher Navoiy asarlarini adabiyotshunoslik va tilshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganishga, Navoiy va Sharq xamsanavislik an’analariga, Alisher Navoiy asarlari tuzilishi, syujeti, obrazlarning poetik xususiyatlari tahliliga, Alisher Navoiy davri muhiti hamda shoir hayoti, uning nazmiy, nasriy, tarixiy, asarlari adabiy-estetik, lingvistik xususiyatlariga qiziqish doimiy ravishda davom etib kelaѐtgani muhim omil hisoblanadi. Zamonaviy o‘zbek tili va adabiyotimizning sarchashmasi va yuksak cho‘qqisi bo‘lgan hazrat Alisher Navoiy ijodini har tomonlama o‘rganish, targ‘ib qilish milliy o‘zligimizni anglash, ma’naviyatimizni yuksaltirishga xizmat qiladi. “Ulug‘ ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan va bugungi kunda butun ma’rifatli dunyoni hayratga solib kelayotgan ilmiy meros faqat bir millat yoki xalqning emas, balki butun insoniyatning ma’naviy mulkidir” 1 . Adabiyotni tildan ayri bo‘lmaydi. Buyuk san’atkor asarlari tilini o‘rganish milliy tilimizning bugungi rivojlanish yo‘llarini va manbalarini to‘g‘ri belgilashga yordam beradi. Bugungi kun o‘zbek tilshunosligida endi rivojlanish yo‘liga kirayotgan yangi sohalaridan biri lingvokulturologiya va kognitiv tilshunoslikdir. Konsept ana shu ikki muhim tarmoqdan o‘sib chiqqan ilmiy atama bo‘lib, uning milliy-mental tabiatga 1 Mirziѐev Sh. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistonda Islom madaniyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror // Xalq so‘zi. 2017 yil 24 iyun. Download 1,27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling