Lingvistika: oʽzbek tili mutaxassisligi


Download 16.67 Kb.
bet4/4
Sana22.12.2022
Hajmi16.67 Kb.
#1042361
1   2   3   4
Bog'liq
bola tug\'ilishiga bog\'liq to\'y-marosimlar

Muchal toʽy – bola oʽn ikki yoshga toʽlganda oʽtkaziladigan toʽy. Bu har ikki xalqda ham bir xil koʽrinishda boʽlib oʽtadi. Qoraqalpoqlarda bu toʽy “muʽshe toy” deb nomlanadi. Bolasi 12 yoshga toʽlganda kimdir bosh-oyoq oqlik mato atab, masjidga olib borsa, yana kimlardir bolasining kiygan kiyimlaridan sharoiti ogʽir insonlarga berar ekan. Muchal yilini belgilash va hisoblash turkiy xalqlarning qadim zamonlardan beri kelayotgan urf-odatlari hisoblanadi.
Oʽzbek va qoraqalpoq xalqlarida mana shunday qadimdan kelayotgan urf-odatlar koʽp. Bu toʽy-marosmilardan boshqa goʽdakning birinchi qadam qoʽyishi, birinchi tishining chiqishi munosabati bilan bogʽliq marosimlar ham bajarilgan. Urf-odat va marosimlar maishiy turmush va oila hayoti bilan bogʽlangan ijtimoiy hodisadir. Urf-odat va marosimlar jamiyat taraqqiyotining ilk davrlaridanoq shakllanib, rivojlanib kelgan. Kishilar o‘z hayotlari davomida ko‘plab urf-odat va marosimlarda ishtirok etishga tortiladilar, bevosita uning qatnashchisiga aylanadilar. Наr qanday urf-odat va marosimlar muayyan etnosning boshqa etnoslardan farqlanib turishini ta’minlovchi muhim etnografik belgilardan biridir. Ayni vaqtda ushbu urf-odat va marosimlarda inoetnik jihatlar ham aks etib turadi. Negaki, har bir etnosga xos madaniyat mazkur etnosning boshqa etnoslar bilan uzoq davom etgan etnogenetik va tarixiy-madaniy aloqalari natijasining mahsulidir. Bunday jarayon ma’naviy madaniyatda ham, jumladan, urf-odat va marosimlarda ham namoyon bo‘ladi.2

Adabiyotlar:

  1. Ashirov A, Atadjanov SH. Etnologiya. T: “Iqtisod-Moliya”. – 2008

  2. Mirzaev N. Oʽzbek tili etnografizmlarining izohli lugʽati. Toshkent “Fan” 1991

  3. Kasimova R, Ziyodullaev A. Etnografizmlarning oʽzbekcha-inglizcha izohli lugʽati. Toshkent “Muharrir nashriyoti” 2018

  4. Nizanov M. Qaraqalpaqlar 1-kitap. Nokis “Bilim”. 2020



1 Ashirov A, Atadjanov SH. Etnologiya. T: “Iqtisod-Moliya”. – 2008. – 131-,132-b.



2 Ashirov A, Atadjanov SH. Etnologiya. T: “Iqtisod-Moliya”. – 2008. – 135-b.

Download 16.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling