Lingvistika: oʽzbek tili mutaxassisligi
Download 16.67 Kb.
|
bola tug\'ilishiga bog\'liq to\'y-marosimlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tusov kesish
- Sunnat toʽyi (xatna qilish)
Oʽgʽil toʽy – bu oʽzbek xalqida ham qoraqalpoq xalqida ham ikki-uch qizdan keyin oʽgʽil farzand dunyoga kelsa oʽtkaziladigan toʽy hisoblanadi. Qoraqalpoq xalqida bu toʽy “ul perzentli bolgʽan toy” deb ataladi. Bunda farzand dunyoga kelgach, farzandli boʽlgan oila quvonchini boʽlishish uchun xalqqa osh tarqatib, toʽy beradi. Bu toʽy avvalari faqatgina farzandga juda zor boʽlgan oilalar farzandli boʽlgan boʽlsa berilgan. Hozirgi kunda bu toʽyni juda koʽpchilik bermoqda.
Aydar to'y – Oʽgʽil farzandlarning (koʽpincha yolgʽiz oʽgʽil yoki birinchi o'g'il farzand) uzoq umr koʽrishi, sogʽ-salomat yurishini niyat qilib, boshining tepa qismidan ozgina soch qoldirib oʽstirish. Bu odat o'zbek xalqida "haydar qo'yish" deb atalgan. O'zbekistonning ko'pchilik joyida bu odat yo'qolib ketgan. Lekin qoraqalpoq xalqida bu marosim hozrigacha saqlanib qolingan. Kokil ayollarning sochining bir oʽrimi ma’nosini ham anglatadi. Qoraqalpoqlarda birinchi o'g'il farzand dunyoga kelganda uning "qorin sochi" olinib, tanganing ko'lami bilan teng qilib soch o'stiriladi. Bu sochni qo'yishdan avval chaqaloqning tog'asidan ruxsat so'raladi. Bola 5 yoki 7 yoshga kirgunga qadar o'sha soch o'stiriladi. Bolaning tog'asi uning uchun toy oladi va to'y kuni tantana bilan bolaga topshiradi. Hozirgi kunda toy o'rniga velosiped singari narsalar berish urfga kirgan. Tusov kesish – bu marosim qoraqalpoq va ozbek xalqlarida oʽtkaziladigan, qadimdan kelayotgan odat hisoblanadi. Bu marosimda bolaning ikki ayogʽini birlashtirib ip bilan bogʽlanadi va yaxshi, martabali, chaqqon insonga oʽsha ipni kestirishadi. Va farzandimiz ham shu insonday boʽlsin deb niyat qilinadi. Bu marosim koʽpincha bolalari tezroq yurib ketishi va yurganda ko'p qoqilib yiqilmasligi uchun oʽtkaziladi. Amudaryoda bu marosim katta yo'lda turib o'tkaziladi. Sunnat toʽyi (xatna qilish) – islom tomonidan muqaddas deb e’zozlangan qadimiy odat. Bu marosim oʽgʽil bolalar uchun 3, 5, 7 yoshga kirganda, kamdan-kam hollarda 9, 11, 12 yoshda oʽtkaziladi. Bu toʽy oʽzbek va qoraqalpoq xalqlarida deyarli bir xil koʽrinishda boʽlib oʽtadi. Sunnat toʽyining oʽtkazilishi jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadi. Qarindoshlar va qoʽshnilar koʽrpalarni tikishda, toʽy sovgʽalarini tayyorlashda yordam beradilar. Bularning hammasi koʽp bolali onalarga topshiriladi.Toʽydan avval mahallada yashovchi oqsoqollar, masjidning imomi va qarindoshlarning huzurida Qur’on oʽqiladi. Dasturxon yoziladi. Shundan keyin Qur’ondan suralar oʽqiladi va oqsoqollar oʽgʽil bolaga duo oʽqiydilar. Shundan soʽng katta toʽy boshlanadi. Toʽydan avval bolaga qoʽshnilar, oqsoqollar, qarindoshlarning oldida sovgʽalarni, zar tikilgan kiyimlarni kiydirishadi. Oʽtmishda toychoqni sovgʽa qilish odat boʽlgan. Hozirgi kunda ham bu odat saqlanib qolgan. Hamma oʽgʽil bolani tabriklab, unga pul va shirinliklar sepadi. Boy odamlar yaqin-uzoq tanishlarini chaqirib, ot choptirib, baqshi ayttirib, har xil oʽyinlar oʽtkazib, katta toʽy beradi. Boshqalar esa yaqin qarindoshlarini yigʽib, kichik toʽy beradi. Download 16.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling