Bozor ko‘rgan echki. Bozor o‘zbek xalqi hayotida katta ahamiyatga egaligi sir emas. Xalqimizda ko‘pni ko‘rgan, uddaburon, tajribali shaxslarga nisbatan shunday ibora qo‘llanadi. Echki bozor ko‘rsa, xo‘jayin, dallol, xaridor taniydi. Echki-qo‘y, mol-holning ahvolidan ogoh bo‘ladi. “Musofir” bo‘ladi. Bu yerda bozor ko‘rish turmush sabog‘ini olish degan ma’noda qo‘llanilgan. Nima uchun aynan bozor? Chunki, otang bozor, onang bozor deydi dono xalqimiz, bozor ko‘rgan, narx-navoni, yaxshi yomonni, oq-u qorani ajrata bilishda bozorning o‘rni katta. Bu ham xalqimizning bozorga yaqinligi yaqqol sezilib turadi.
Jonini jabborga bermoq. Bu ibora ilohiy ma’noda “Jonim tasadduq” iborasining muqobili sanaladi. Jonini timoq, jon koyitib, kuydirib, sidqidildan, vijdonan mehnat qilmoq, faoliyat ko‘rsatmoq, e’tiqod, qat`iyat bildirmoq, sig‘inish. Jonini jabborga berish – xudo, haq yo‘liga tikishi, bag‘ishlashidir. Bu iborada o‘zbek xalqining diniy e’tiqodi islom dini ruhi yaqqol sezilib turadi.
Ko‘zining paxtasi chiqdi. Kishining jaholati qo‘zib, g‘azabi kelganda, baqirib-chaqiradi, so‘kinadi, bilak kuchini ishga solish ham mumkin. Shunday paytda odamning ko‘zi ola-kula bo‘lib “paxtasi chiqadi”, ya‘ni katta ochilganidan oqi to‘la ko‘rinib, paxtani eslatadi. Bu yerda paxta lesemasining qo‘llanilishiga sabab ham xalqimizning bu ne’matga yaqinligi unga bo‘lgan e’tiboridir. Axir bejizga paxtani “oq oltin” deb atamaymiz-ku.
Qulog‘ini tishlab qo‘ymoq. Bu iborali xalqimizga xos milliy urf-odat o‘z aksini topgan, ya’ni beshikketdi odati. Hali beshikdagi qizchaga to‘rt-besh yashar bolani “yor” qilib, “holva”ning qulog‘ini tishlatish . Bu odat turkey o‘zbek xalqlarida qadimdan mavjud. “Qulog‘i tishlab” , deganda biror ish, masalala oldindan kelishib, hal qilib qo‘yilgan ma’nosi anglashiladi. Ishni pishitib qo‘ygan ma’noda.
Quloqqa azon aytmoq. Musilmonchilikda bola tug‘ilib, kichik chillasi chiqqach, bir mulla chaqirib, uning qulog‘iga azon aytiriladi. Azon aytilganda bolaning qulog‘i ochiladi. Bu iborada ham xalqimizga hos bo‘lgan diniy aqida o‘z ifodasini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |